Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
#14_yanvar
#jarayon

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev so‘zga chiqib o‘quvchi yigitlarni bayram bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tayyorlangan rolik va tarqatma materiallarni o‘quvchilar bilan tanishtirdi.

📸Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

✴️ Tanlov avvalida maktab direktori v.v.b N.Abdullayev o‘zining tabrik so‘zlari bilan barcha ustoz-pedagoglarni va o‘quvchi yigitlarni tabriklab o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng, o'quvchi qizlar 6 ta shart bo'yicha o‘zaro bellashdilar.
1⃣ Tanishtiruv
2⃣ Tezkor savol-javob
3⃣ Buni toping?
4⃣ Quvnoq mevalar
5⃣ Buni izohlang!
6⃣ Aqlli ruchka


👮‍♂ Bayramona shukuhda o‘tgan ko‘rik-tanlov iqtidorli yigitlarning yangi qirralarini kashf qilishga zamin yaratib berdi.

❇️ Hakamlar hay'ati tomonidan umumiy shartlar bo‘yicha o‘quvchilar baholanilib, turli nominatsiyada g‘olib deb topildilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#14_yanvar
#Bayramona_tadbir

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nimidagi ijod maktabida 14- yanvar -" Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabatni bilan "Balli yigitlar" ko'rik-tanlov
jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|