Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO  tashkiloti bilan hamkorlikda  o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi.

⚡️ Unda shuningdek, UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari hamda pedagoglar ishtirok etdi.

4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.

🎈Yana bir e'tiborli jihati shundaki, ushbu xalqaro treninglarda Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazova ham faol ishtirok etmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Bartin universiteti professor va doktorlari Orhan Uzun hamda Ahmet Yirmibesh ishtirokida
mahorat darsi oʻtkazildi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida va ijod maktabi turk tili oʻqituvchisi Ogun Yavuzda tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi, bugungi yosh avlod ana shunday buyuk ajdodlarga munosib voris sifatida ilm-fan choʻqqilarini egallashlari lozimligi taʼkidlandi.

Mahorat darsida turkiyalik olimlar oʻz sohalari boʻyicha yangiliklar, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, Turkiya oliy taʻlim tizimi, xorijiy talabalar uchun dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqotda mehmonlar oʻquvchilarimizning turk tili boʻyicha bilimlariga yuqori baho berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining Letovo
xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur memorandum doirasida:

– Agentlik tizimidagi maktablar hamda Letovo maktabi oʻrtasida oʻquvchilarga chuqur nazariy bilim, koʻnikma va malakalar berish hamda ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish;

– taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish;

– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻzaro almashish va oʻquv amaliyotini boyitish maqsadida qoʻshma oʻzaro amaliyotlar, konferensiyalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrgangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo
xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari mutaxassislari, bitiruvchi oʻquvchilarning xalqaro taʼlim grantlari, jahonning nufuzli oliygohlari, ularga hujjat topshirish tartibi, imtihon shartlari borasida bilimlarini oshirish maqsadida turli formatdagi muloqotlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Ayni yoʻnalishdagi navbatdagi muloqot Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida ZOOM platformasi orqali tashkil etilib, unda Agentlik masʼul xodimlari, tizimdagi maktablar maslahatchilari, bitiruvchi-oʻquvchilar ishtirok etdi.

Onlayn muloqotda Shimoliy Malayziya (Utara) universiteti professori Habibulla Axadqulov Malayziyada taʼlim turlari, bosqichlari, oliy taʼlim muassasalari, ularga hujjat topshirish va kirish imtihonlari tartibi, xorijlik talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, xalqaro taʼlim grantlari va dasturlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Maʼlumot oʻrnida, H.Axadqulov 2016-yildan buyon Utara universitetida faoliyat olib bormoqda. Uning 70 dan oshiq ilmiy ishlari mavjud boʻlib, ulardan 50 ga yaqini yuqori reytingli xalqaro jurnallarda chop etilgan. Olim o‘zi ilmiy tajribasini Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Braziliya kabi davlatlarning yetakchi universitetlarida oshirgan. O’ndan ortiq xalqaro grantlar sohibi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM