Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#tarbiyachilar_faoliyatidan

🗓 Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan "Ogahiy ijodida odob-axloq" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.


➡️ Tarbiyaviy soat davomida oʻquvchilar Ogahiy bobomizning asarlari haqida bahs-munozaraga qildilar, fikr almashdilar. Avvalo, Ogahiy shaxsiyati, uning asarlarida bayon qilingan odob-axloq masalalari bo‘yicha qarashlari aytib oʻtildi.

📝 Tarbiyaviy soat yakuni gʻazalxonlikka ulanib, o‘quvchilar bobomiz ijodidan o‘qib berdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj

Taxayyul tuhfasi

Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab.
Ana, biron mahram kelmoqda yurib,
Qopqa zanjirlari ketar sharaqlab…

Ichkarilayman-u, lolman- hayratda:
”Nahot, moziydaman“, - Hazrat oshyoni…
Fayzli bir xonadon, ham hashamatda,
Shuarolar jam bo‘lgan bog‘li ayvoni…

Davra o‘rtasida basavlat bir zot,
Chehrasida ziyo, lutfi xushzabon,
Ko‘klamga do‘nganday xushnuddir Qiyot,
She’r ahlin olqishlar: koinot, osmon…

So‘zlar Navoiyga mengzalgan siymo,
Qalbimda jo‘sh urar hissi ilohiy…
Tahsinlar yog‘ilar; ”Bale“,”Sallamno“,
Ash’or zavqin yo‘llar – Hazrat Ogahiy!

”Firdavs ul –iqbol“ning shavqimikin bu?
”Ravzat us- safo“ning qudrati yoxud?
”Taviz ul-oshiqin“ ishq bayti – mangu,
Feruzni aylagan – baxtiyor, ma’sud.

Mushoira galin oldi muridlar,
Ustod tavozu-la, chetga o‘tdilar.
Nogoh men tomonga boqib –muzaffar,
Ajab, hayratimga shodlik eltdilar:

”She’r-u shuur sehriga oshiq el ichra,
Kezaman, hamisha xushnud va masrur.
Avlodimga meros har bayt, har misra-
”Fayz-u nishot-u aysh“ aylagay zuhur.

Biling, muqaddasdur bu ko‘hna zamin,
Sizga duo,yurtga tilimda tahsin:
”Ilohi, har kuning Navro‘z bo‘lsin,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsin.“

Taxayyul tuhfasi shod etdi behad:
Ogahiy dillarda yashar toabad.
Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab…

: Zuhra Atajonova,
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#Ogahiy_215

Ogahiy gʻazaliga muxammas


Qachon tushmishki bu gulnor aro oʻt,
Kamandi zulfidin zunnor aro oʻt,
Sochib Miynuga zar ashjor* aro oʻt,
Solib may tobidin ruxsor aro oʻt,
Tushar sayr aylasa gulzor aro oʻt.

Firoq oʻqiga tushmay zori sarkash,
Ham oʻldurmay turib hajrida yuz gʻash,
Jahon boshigʻa yetmay obu otash,
Fido jonim qilurman, ul parivash
Arap kelsa solib agʻyor aro oʻt.

Malakkim pardayi mushkini sursa,
Ochib husnin quyosh oldida tursa,
Nigohi shuʼlasin koʻzguga bursa,
Jamoli jilvasin dayr ichra koʻrsa,
Kelur zohid, solur dastor* aro oʻt.

Koʻzin koʻrgach koʻzim kuysa ne tongkim,
Yuzin derda yuzim kuysa ne tongkim,
Hushim tinsa, esim kuysa ne tongkim,
Eshitkanlar soʻzim, kuysa, ne tongkim,
Koʻnguldin tushti bu guftor aro oʻt.

Chamanda boʻying istar yuz qul, ey gul,
Alarning koʻksida choʻgʻu kul, ey gul,
Sharorin ochsa lahza koʻngul, ey gul,
Figʻonimdin dam ursa bulbul, ey gul.
Tushar taʼsiridin minqor* aro oʻt.

Qayon sunsam boshim, jonimgʻa tordur,
Alam ruhim yoshirgʻon bir qanordur,
Bororim choh, yiqilgʻonim mozordur,
Yonib kul boʻlsa, tong ermaski, bordur
Figʻondin bu tani afgor aro oʻt.

Bu ohing, Shoira, har yongʻa yozma,
Koʻzingdek anjumi raxshongʻa yozma,
Dilingdek daftari soʻzongʻa yozma,
Hazar qil, Ogahiy, devongʻa yozma,
Ki maxlut* oʻldi bu ashʼor aro oʻt.

Ashjor-daraxtlar
Dastor-chala oʻralgan salla
Maxlut- aralash
Minqor-qushning (bulbul nazarda tutilgan) tumshugʻi


: Shoira Shams, shoira O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj
#Shovot_IMI

📜 Muhammad Rizo Ogahiy        "Ustina" g‘azali

  🎤  Zuhra Atajonova
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


📣Barchangizni ushbu chellenjda ishtirok etish uchun faollikka chorlaymiz!


🌐 Telegram | Facebook