Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_215

Xorazm-zakolar tugʻilgan maskan,
Qiyot-Ogahiyning muqaddas yurti.
Moziydan soʻz ochgan qutlugʻ kitobday,
Yashnab turar hamon Ogahiy tuti.

"Riyozud davla"- ul oʻtmish suvrati,
"Taʼviz ul-oshiqin"-koʻngilga tumor.
"Shohidi iqbol"ning varaqlaridan,
Dilingga nur kirgay, tarqagay gʻubor.

"Zubdat ul-tavorix" soʻylaydi magʻrur,
Qadim Xorazmning shon, shuhratidan.
"Gulshani davlat"kim, berar xushxabar
Bu xalqning matonat, kuch-qudratidan...

Tokchalarda qolgan ul kitoblarda,
Boqib turar bedor shoirning koʻzi.
Olamga taralgan chin xitoblarda,
Mangu jarang sochar shoirning soʻzi.

Devonu bitiklar bong chalar, eshit,
Ogahiy koʻngilga solmoqda tugʻyon.
Elni asramoqlik bizlarga shaʼndir,
Bolam uxlab qolma, uygʻongil, uygʻon!

Tafakkur uygʻonmas uygʻonmasa ruh,
Tomirga kirmasa "el"  degan titroq.
Vatanning togʻlari sado bermasa,
Magʻrur bayroqlarni koʻrmasa tuproq.

"Sevdim" degan bilan sevilmas Vatan,
Ishqida yonmasang-oshiqlik bekor.
Bayroq-elkangdagi qutlugʻ yopinchiq,
Vatan-yuragingda nomus ila or!

Magʻrur boqib turar Ogahiy tuti,
Koʻhna minoraday oʻtmish qaʼridan.
Keksaygan jismida hayot ufurar,
Erkin Samandarning muhabbatidan*.

Vatanni tanimoq-oliy saodat,
Vatanni bilmoqlik-eng buyuk oʻzlik.
Xorazmga mangu oshiq boʻlgaydir
Ogahiyni bilsa har xorazmlik,
Ogahiyni bilsa agar har oʻzbek!


Sayyora Samandar,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

*Otamning deyarli qurib qolayozgan Ogahiyning tutini parvarishlab, atrofini obod qilib, Ogahiy uy-muzeyining tashkil etilishi tashabbuskori va tashkilotchisi boʻlganliklariga ishora.
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#Ogahiy_215

Ogahiy gʻazaliga muxammas

Qachon tushmishki bu gulnor aro oʻt,
Kamandi zulfidin zunnor aro oʻt,
Sochib Miynuga zar ashjor* aro oʻt,
Solib may tobidin ruxsor aro oʻt,
Tushar sayr aylasa gulzor aro oʻt.

Firoq oʻqiga tushmay zori sarkash,
Ham oʻldurmay turib hajrida yuz gʻash,
Jahon boshigʻa yetmay obu otash,
Fido jonim qilurman, ul parivash
Arap kelsa solib agʻyor aro oʻt.

Malakkim pardayi mushkini sursa,
Ochib husnin quyosh oldida tursa,
Nigohi shuʼlasin koʻzguga bursa,
Jamoli jilvasin dayr ichra koʻrsa,
Kelur zohid, solur dastor* aro oʻt.

Koʻzin koʻrgach koʻzim kuysa ne tongkim,
Yuzin derda yuzim kuysa ne tongkim,
Hushim tinsa, esim kuysa ne tongkim,
Eshitkanlar soʻzim, kuysa, ne tongkim,
Koʻnguldin tushti bu guftor aro oʻt.

Chamanda boʻying istar yuz qul, ey gul,
Alarning koʻksida choʻgʻu kul, ey gul,
Sharorin ochsa lahza koʻngul, ey gul,
Figʻonimdin dam ursa bulbul, ey gul.
Tushar taʼsiridin minqor* aro oʻt.

Qayon sunsam boshim, jonimgʻa tordur,
Alam ruhim yoshirgʻon bir qanordur,
Bororim choh, yiqilgʻonim mozordur,
Yonib kul boʻlsa, tong ermaski, bordur
Figʻondin bu tani afgor aro oʻt.

Bu ohing, Shoira, har yongʻa yozma,
Koʻzingdek anjumi raxshongʻa yozma,
Dilingdek daftari soʻzongʻa yozma,
Hazar qil, Ogahiy, devongʻa yozma,
Ki maxlut* oʻldi bu ashʼor aro oʻt.

Ashjor-daraxtlar
Dastor-chala oʻralgan salla
Maxlut- aralash
Minqor-qushning (bulbul nazarda tutilgan) tumshugʻi


: Shoira Shams, shoira O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_215
#Ochiq_dars

🗓 Joriy yilning 16- dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida buyuk shoir, atoqli tarixshunos olim Muhammad Rizo Ogahiy tavalludi munosabati bilan ochiq dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

🔸Ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchi Hafiza Karimova tomonidan tashkil etilgan ushbu ochiq dars ijodkorning eng mashhur gʻazallaridan biri- "Ustina" radifli gʻazali tahliliga baʼishlandi. "Olti bosqichli tahlil", " Lugʻat soʻzlarni moslashtiring" kabi metodlardan foydalanib oʻtilgan dars juda qiziqarli boʻldi.

➡️ Darsni Ogahiy ijod maktabi v.v. direktori Nodirbek Abdullayev va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Inobat Saidovalar kuzatishdi. Mashhur gʼazal tahliliga bagʻishlangan dars oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|