Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
15-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga

Jaloliddin Manguberdi

Yurtim aslo zavol koʻrma, mustahkamdir devoring,
Dilimizdan aslo ketmas sening ulugʻ shioring.
Koʻhna diyor Xorazm bu, sen avaylab, asragan,
Ul jasur
Jaloliddin – tirik buyuk timsoling.

Quzgʻinlarga tutib koʻksing, elingni chin asrading,
Yovga boʻyin egmading sen, daryolarga sakrading.
Dushmanlarning ko’zlariga olov bo’lib sachrading,
Ul mag’rur
Jaloliddin – tirik buyuk timsoling.

Koʻzlarni quvontirib qad rostladi haykali,
Ishontirib aytaman kelganda so’zning gali:
Minglab Jaloliddinlar yetishgay yurtda hali,
Ul botir
Jaloliddin– tirik buyuk timsoling.


Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9 -"B" sinf oʻquvchisi Marjona Ozodbekova.


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
16-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga

Mangu Manguberdilik
(“
Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ta'sirlanib)

Janggohlarda qoldi eng so‘nggi nafas,
Tulporlar shamoldek uchadi gir-gir.
Yurtdoshim, bu oddiy sinoat emas,
Bu vatan matlabi, haq yo‘li erur.

Chingiziylar keldi Xorazm tomon,
Moziyga qaytsam gar, tiriladi un.
Jaloliddin tortdi yovga na'rasin,
Pok tuproqni bulg'ar majusiy mal'un.

Har bir kaft tuprog'in aziz bildi u,
Yoridan, farzanddan kechdi el uchun.
Qancha suvlar kechib, dovonlar oshib,
Dushmanga ko’rsatdi nafratin, kuchin.

Jasoratin ko’rib, mardligin ko’rib,
Hatto dushman Chingiz qotdi hayratdan.
"O'g'illarim sendek bo'lsa edi”, - deb,
Yuragini tildi so’ngsiz hasaddan.

Ey do‘stim, zaminga fido bo'lsin jon,
Baxt deya porlasin shu ona diyor.
Nogahon yog'iylar rahna solgan kez,
Minglab
Jaloliddin tug'ilmog'i bor.

Yurtdoshim, Vatan deb ursin yuraging,
O'zbek zaminiga fido etgulik.
Ko‘kdagi umidbaxsh Quyosh singari
Bizga mangu erur Manguberdilik!

Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
17-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga

Yana yozmoqdaman
Tunlar bedor she'r,
Ko'zim qarog'ida
Lovullar gulxan,
Meni chorlamoqda, ona zamin - yer,
Takror senga kelsam...
Gurganj shamollari tildi bag'rimni,
So'zlarga ilashdi boqiy bir umr.
Quloq sol,
Jim eshit,
Va yana tingla,
Men bugun tik tutdim egik qaddimni.
Ot surdi, yo'l kechib dovonlar osha,
Yog'iylar chang soldi
Xalqning boshiga,
Oh, Gurganj, dod solib, hayqirgim kelar,
Ohista tog'- toshning borib qoshiga.
Oshiqdim,
Entikdim zamonlar osha,
Ilmoqda tilingan bir jonim manim,
Manguga aylangan manguligingni
Hech qachon unutmas bu yodim manim.
Sind daryosin kechib,
O'tgan erk qushi,
Qanot qoq,
Parvoz et yuksak samoga,
Qora bulutlarning qattol so'zlari
Afv so'rab aylansin oxir nidoga.
Burnida xoli bor turkiy o'g'loni,
Tonggi shabadaga aylanib keldim.
Tinchlikning ortida Vatan qo'rg'oni,
Ko'ksimdagi jonim men senga berdim.
Boqdim zulmatlarga qaytmayman deya...
Kechaga ulangan go'zal tong bordir.
O'zbekning alp kelbat Jaloliydayin
Uchqur burgutiga Alloh ham yordir.
Yana qadim beshik
Tebranur yana,
Necha buyuklarni berib dunyoga,
Men bo'lsam tunlari qog'oz qoralab,
Qo'llarim ochaman ulug' duoga!
Takror senga kelsam...
Eh,Gurganj


Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Shahrizoda Otayeva.


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Ustozlar_ijodi

18-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga


Kurd togʻiga lola boʻlib toʻkilgan qon,
Tiz choʻksa-da qilichiga Hind-u Afgʻon,
Yurt xokiga zor-intizor boʻlgan sulton,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.

Naqorat:
Sind tubida gavhar boʻlgan sanamim bor,
Xoinlarga nafratim bor, alamim bor.
Jaloliddin yurtga qaytdi, qaytdi takror,
Qiz-oʻgʻloni jonin tikkan Vatanim bor,

Bu yurt oʻgʻli orin jondan baland tutgay,
Mardki, hatto dushmanlari tahsin aytgay,
Ming yilda ham ota tuprogʻiga qaytgay,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.

Sultonlari mangulikka tojdor boʻlib,
Osmonimiz asragaymiz bedor boʻlib,
Erkni suygan bobolarim ruhi uygʻoq,
Jaloliddin yurtga qaytdi shunqor boʻlib.


Ogahiy ijod maktabi ona-tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Barno Yusupova

Ogahiy ijod maktabi ustozlarining eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Ustozlar_ijodi

19-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga


Sulton Alovuddin qonidan qoni,
Go‘zal Oychechakning jasur o‘g‘loni,
Xorazm elining sharafi, shoni,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda,

Yog’iyga bermadi yurti, yorini,
Bermadi dushmanga nomus, orini,
El-yurt unutmagay ul tojdorini,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.

Jaloliddin qaytdi minib tulporin,
Aytmoq uchun elga erkning qarorin.
Baxshilar kuyladi dilda alyorin,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.

Tug’ilajak qancha Manguberdilar,
Nechasi Vatanga jonin berdilar.
Haykali poyiga gullar terdilar,
Manguberdi mangu yashar elimda,
Manguberdi mangu yashar dilimda.


Ogahiy ijod maktabi ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shoira G'ulomova

Ogahiy ijod maktabi ustozlarining eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
20-ishtirokchi

#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga

Jaloliddin Manguberdi


Hamisha bedordir navqiron o'tmish,
Shahidlari tig'da titrar jonsarak.
Manguga berilgan, o, mangu kechmish,
Men ham bezovtaman, jonimdir halak.

Asrlar siriga guvoh tog'lardan
Yurakni tilguvchi nido keladi.
Yog'iylar ilgida qolmas Vatanim,
Sherlar na’ra tortib sado beradi.

Amu suvlariga oshufta yurak,
Shamshirning damida qalqisa jonlar.
Yurtini yovlardan asragay doim
Jaloliddin kabi mardi maydonlar.

Oh, muqaddas kechmish, tabarruk tarix,
Samoga chirmashgan qadim ildizlar.
Ajdodlar armoni topgay nihoya,
Yana to’lib-toshgay daryo, dengizlar.

Derlar yo'qotmoqlik osondir, ammo
Topmoqlik mushkuldir chin daholarni.
Shukurki, farovon kunlarga yetdik,
Ollohim yubordi rahnamolarni.

Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi_jasorat_va_shijoat_timsoli_tanloviga

...
Xorazm...
Tuproqqa to'kilgan
qadamlar....
Sabolar esganda olisdan
Eslatar suronli yillarni....
To'xtanglar, tinglanglar odamlar...
Ey Gurganch... Ey Gurganch,
Guvohsan sirlarga,
Sodiqlik, xiyonat ko'rgansan.
Bilaman, xohlamay janglarni
Qilichlar sopini ochgansan...
O'tmishdan yog'ilar nidolar:
''Ey sulton, qalbga g'am qistirma.
O'zingga ehtiyot bo'lgin-a
Nisoda kutadi pistirma...''
O'ttiz uch bahorning guvohi,
Har bahor chechagin berdimi?
Mo'g'ullar umrini yedi-ku,
Jaloliddin Manguberdini...
Vujudi olovga aylangan,
Vatanchun yuragi ming kesim...
Haqiqiy mardlarning gapidir,
''Boshingni yesa-da, mard yesin...''*
Samani ot emas, kuch-qudrat,
Yolini mo'jiza taraydi.
Qanoti Boychibor egizi,
To'riqlar havas-la qaraydi.
O'n bir yil....
Qon yutib, jon berib
o'tilgan umr.
Cho'llarda, suvlarda
kechilgan hayot...
Eslatmish Vatanga muhabbatini
Shundaykan, bitilgay
nomiga bayot.
Ey o'g'lon,
o'zing dovon oshding
sobit qadam-la,
Endi noming oshgay asrlar!
Haqiqiy farzandin
unutmaydi xalq,
Unutilib ketmas asllar!

* Shahriyor Shavkat so'zi

Ogahiy ijod maktabining 9-"А" sinf oʻquvchisi Matqurbonova Nargiza


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Jaloliddin_Manguberdi
#Davra_suhbati

🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

➡️ Davra suhbatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,Turon yozuvchilar uyushmasi a'zosi Yangibozorlik shoir Xudaybergan Shomurodov Jaloliddin Manguberdi hayotiga bag‘ishlangan kitobining yaratilish tarixi haqida to‘xtalib o‘tdi.

🔻 Suhbat davomida maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova Xorazmshohlar sulolasining buyuk siymosi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.

🔹 Davra suhbati o‘zgacha va qiziqarli tarzda o‘tdi. Mehmonimiz Xudaybergan Shomurodov o‘zining mualliflik kitoblarini maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Jaloliddin_Manguberdi
#Davra_suhbati

🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusidagi davra suhbatidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Jaloliddin_Manguberdi
#Davra_suhbati

🔰 Joriy yilning 22-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da “Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida davra suhbatidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|