Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.

Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.

Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

👨‍💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 19-noyabrda boshlanadi, final esa 23-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi.

🤖 Robototexnika musobaqasi - 23-24 - noyabr kunlari sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, ​​robo sumo, robo poyga va foydali ixtirolar bo'yicha Respublika musobaqalari kutmoqda.

🔵 Microsoft Community Conf 2024 Uzbekistan – 30-noyabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo'lishingiz kafolatlanadi! Tadbir Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tadi.

📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun
: online.raqamliavlod.uz.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Bitiruvchilar_kengashi

⚡️ BITIRUVCHILAR KENGASHI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing 2024/2025-oʻquv yiliga oid faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati ishtirok etgan yigʻilishda Kengash strategiyasidagi ustuvor masalalar, xususan, Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyin egallangan kasbiy tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM