Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

5-ISHTIROKCHI
NASR


Kuzgi xotiralar
(hikoya)

Laylo oʻzining hovlisida oʻtirgandi. Atrofida sariq va qizil rangdagi barglar tushib qolgan daraxtlar bor. Shamol esib, barglarni havoga koʻtardi. Laylo qoʻlida oʻyinchoq qoʻgʻirchoqni ushlab, uni silkitib, buvisi bilan oʻynagan vaqtlarini esladi.
Laylo yozgi taʼtilni buvisining uyida oʻtkazganini esladi. Ular birgalikda daryo boʻyida oʻynagan, quyoshda choʻmilgan, buvisi unga shirin hikoyalar aytib bergan. Laylo buvisi bilan oʻtkazgan vaqtidan juda xursand edi, u buvisi bilan birga boʻlgan vaqtlarini doimo eslab yuradi.
Laylo yozgi xotiralarini eslashdan xursand boʻldi, lekin ayni paytda biroz gʻamginlikni his qildi. Laylo buvisi bilan oʻtgan damdan juda mamnun edi, lekin hozir u yolgʻiz. U buvisini juda sogʻinadi.
Laylo oʻzining kuzgi xotiralari va his-tuygʻulari haqida oʻyladi. U buvisi bilan oʻtkazgan vaqtlarini hech qachon unutmasligini tushunadi. U buvisini sogʻinadi, lekin buvisi uni doimo samodan turib kuzatishini biladi. Laylo buvisi bilan oʻtkazgan vaqtlarini qalbida saqlab, oʻzining hayotini buvisining xotiralari bilan davom ettiradi.

✍️: Diana Qoʻziyeva,
Ogahiy ijod maktabining 8-A sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

13-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Masharipova Oyshajon,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

14-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Mamatsolayeva Lolaxon,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

6-ISHTIROKCHI
NASR


Kuzning sirli tungi hidi
(hikoya)

Kuz tabiatning eng go'zal va eng sirli faslidir. U har bir nafasda o'zgaradi: yozning yorqin nurlari o'z o'rnini xushbo'y sovuq havoga, issiq kunlar esa uzun kechalarga qoldiradi. Daraxtlarning barglari o'zining oltin va qizil ranglari bilan bir vaqtning o'zida tabiatni ajoyib mo'jizaga aylantiradi. Barglarning to'kilishi, yerga joylashishi – bu go'yo vaqtning o'zini eslatadigan bir jarayon va har bir barg, har bir nishonlangan tun, bizni yangi boshlanishlarga tayyorlaydi.
Kuzda tabiatning eng go'zal va so'nggi lahzalari seziladi. Har bir qadamda bir narsaning tugashi va boshqa narsaning boshlanishi bor. Daraxtlar barglarini to'kib, o'zlarini yuvib tozalashadi, havo esa sovuq va toza bo'ladi. Kuzni kutib olish, yana yangi orzularni yaratish demakdir. U nafaqat tabiatdagi o'zgarish, balki ruhiyatimizdagi muhim o'zgarishlarni ham anglatadi. Qish kelishiga oz qolganini sezgan har bir inson ko'pincha o'zining ichki dunyosiga nazar tashlaydi. Kuzgi kechalar, uzoq va sukutli, odamni o'z-o'zini anglashga, qaytadan tiklanishga undaydi.
Ushbu fasl, ayniqsa, yangi boshlanishlar uchun qulay davr. Yozda qilingan orzularni kuzda pishirish, ularni amalga oshirish uchun to'g'ri vaqtni kutish boshlanadi. Kuz, shuningdek, ichki xazolarni to'kib tashlab, yangi orzularni o'ziga singdirishning vaqtidir. Har bir kuz, bizni yangi muammolar va imkoniyatlarga tayyorlaydi. Kuzda odamlar nafaqat tashqi dunyoni, balki ichki dunyosini ham yangilaydi.
Tabiat kuzda qayta tug'ilganidek, insonning ruhiy holati ham yangilanishi kerak. So'nggi gullar o'zining ajoyib ranglari bilan ta'zim qilishadi, ammo kutilgan sovuq ham kirib keladi. Kuz ba'zida qishda yashirin qolgan ilhomni keltiradi, o'zimizni yangidan tanib olishga, qadrlashga imkon beradi. Fikrlar, his-tuyg'ular ko'pincha kuzgi sovuqda yangilanishni boshlaydi, va shu jarayonda bizning ichki dunyomiz yangi hissiyotlar bilan boyiydi.
Biroq kuzning eng ajoyib tomoni shundaki, u bir vaqtning o'zida o'zgarishni va sabrni talab qiladi. Faqatgina tabiat, balki odamlarning hayotiga ham xos bo'lgan bu o'zgarishlar, ko'pincha vaqtni to'xtatish, fikrlarni jamlash va kelajakdagi maqsadlarga qadam qo'yishni anglatadi. Har bir kuzda, har bir bargda, har bir so'nggi kuzgi tunning siluetida bizning hayotimizdagi yangi boshlanishlar va yuksalishlar bor. Kuz xuddi yashirin bir sir kabi bizni o'zining sehrli va sokinligi bilan kutib oladi, ammo uning haqiqiy go'zalligi nafaqat tashqi manzarada, balki ruhiyatimizdagi o'zgarishlarda mujassamdir.
Shunday qilib, kuz nafaqat tabiatning o'zgarishi, balki insonning ichki dunyosidagi o'zgarishlarni anglatadi. U har bir bargning yerga tushishi, har bir yangi havo bilan yangi orzularni keltiradi. Kuz – bu, aslida, yangi boshlanishlarning, yangilanishning va o'z-o'zini anglashning fasli. Har bir kuz bizni yangi imkoniyatlar, yangi orzular va yangi umidlar bilan kutib oladi...

📝: Maxsudbekova Farogʻat,
8-"A"sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

15-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Mamatsolayeva Dilafruz,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

3-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI OILAVIY FOTO


📸 Zaribboyeva Jasmina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

16-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Bardiyeva Dilnura,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

7-ISHTIROKCHI
NASR


Tugallanmagan surat

Samo teskari to‘nini kiydi-yu, yana yerdan arazlagancha yuziga pag‘a bulutlardan tikilgan, qoramtir dastro‘molchasini tutib oldi. Bu mahal yerda ham mahzunlik oni, yana bir yilni qoralab, o‘lkaga kelgan noyabr tugay deb turgan palla. Qancha paytdan beri daraxtning shoxini quchoqlab turgan yaproqlar bugun asta qo‘llarini qo‘yib yuborib, birma-bir daraxtni tark qilishmoqda edi. Ular bugun qizg‘ish tus olarkan, ayni ko‘klam chog‘idagi navqiron barglik onlarini qumsashdi. Ammo-lekin endi u damlar qaytmaydi, yaproqlarning qismati esa xazonga aylanish…
Xazonlar, xuddi insonlarning xayollari kabi shaharning to‘rt tarafida kezib yuribdi. Zaharli sovug‘i tanni junjiktirib yuboradigan shamol yaproqlarni shiddat bilan uchirib ketadi. Har zamonda osmon ko‘zyosh to‘kib, yer bag‘rini ilma teshik qilib, o‘zidan ko‘lmak qoldirib ketadi. Lekin yomg‘irning ham o‘zgacha gashti bor. Uning sof tomchilari yerga yetib kelarkan, tuproqdan yoqimli ifor tarala boshlaydi. Bu hid odam qalbiga kirgach undagi tirik ko‘milgan, o‘zi ham sezmaydigan mavhum hislarni qayta uyg‘otib yuboradi. Biroq hamma insonlar ham bu tabiatning tuhfasidan unumli foydalanib, to‘yib nafas olib, zavqlanishni bilmaydi. Ayniqsa, bu shaharning odamlari shunday xilidan. Ular tongdan oldin ko‘z ochib, faqat ishga shoshishadi. Yo‘lda borisharkan, ko‘chadagi olov misol tus olgan daraxtlar, osmonning ko‘z yoshlari bilan yuvilgan majnuntol sochlari, yarqirab ketgan yo‘laklar ularni zarracha qiziqtirmaydi. Yomg‘irnigina sezishadi-yu, ustlariga soyabon tutib olishadi. Ular uchun har kun, oddiygina ish vaqti bo‘lib ko‘rinadi, xolos. Mana bugun ham shahar odamlari hayotdan bir qadam oldinlab ketishga harakat qilayotgandek, qayergadir shoshib ketishmoqda. Bu holga tepadan qarasang, tor va uzun ko‘chalarda faqat qop-qora soyabonlar harakatlanayotgandek tuyuladi. Kuz qancha jilvalanmasin, insonlar beparvogina o‘tib ketaverishadi.
Shom mahali. Falakning chetida hazonlardek qizg‘ish ufq paydo bo‘ldi. Shu payt Kumush ismli bir qiz shaharning chekka burchagidagi ko‘l bo‘yida joylashgan istirohat bog‘iga bordi. U yer hammani o‘ziga rom qilib qo‘yadigan makonlardan biri edi. Qiz ham bog‘ga yetib borarkan, daraxtlar uni o‘ziga sehrlab qo‘ygandek bo‘ldi. Bu payt bog‘da odamlar siyrak, faqat bir finjon qahvadan xo‘plab, qandaydir sariq muqovali kitobni berilib o‘qiyotgan ko‘zoynakli bir qiz, bu joyning go‘zalligini rasmga muhrlayotgan fotograf yigit va nimadandir qiynalib oppoq qog‘ozlarning yuzini bejayotgan rassom o‘tirar edi. Kumush o‘zi yoqtirgan daraxt oldiga borish uchun rassomning oldidan o‘tib ketishi kerak edi va uning oromini buzmaslik uchun sekin qadam tashlab borarkan, aynan ro‘parasiga kelgan payt qattiq shamol esib, uni qo‘lidagi hujjatlarni har tarafga uchirib ketti. Kumush baland pochnali tufligida yugurib, qog‘ozlarni yig‘arkan, bundan rassomning joni chiqib ketdi. Chunki ular rassomning bo‘yoqlari ustiga сhaplanib, hamma yoqni rasvo qilgan edi. Qiz kishiga qo‘rqib qarar ekan, shamol u tomon esib, to‘zg‘ib ketgan malla sochlari shahlo ko‘zlarini berkitdi. Nima deyishini bilmay, uyalib yerga qaradi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelarkan:
- U-u-uz-uzur, amaki, -deya oldi.
O‘rtaga cho‘kkan sukutdan keyin Kumush o‘zida jur’at topib, rassomning yuziga qaradi va o‘zi kutmagan holatga guvoh bo‘ldi. U rassomlarni badjahl, agar ishlariga halaqit qilsang, yomon ko‘rib, baqirib tashlaydigan odam deb bilar edi. Hozir esa aksincha, rassom kishi qizga iljayib turibdi. Buni ko‘rgan qiz, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, ketishga shaylanib turgan edi. Uning ketidan:
- Hoy qiz, a to‘xta, -degan yo‘g‘on ovoz eshitildi. Kumush yurak yutib ortiga o‘girildi va boshini gunohkorlarcha sekin ko‘tardi.
Rassom qizga sinchkovlik bilan qarab chiqarkan:
- Aynan o‘sha, -deya baqirib yubordi, -Xuddi, xuddi men o‘ylagandek!
Qizning cho‘chib ketganini sezgan kishi, bir yo‘talib qo‘yarkan, jiddiylashib gap boshladi:
- Endi gap bunday, -dedi buyuruq ohangida rassom, -shuncha bo‘yoqlarimni rasvo qilding, buni ustiga fikrimni ham bo‘lding. Evaziga, evaziga sening sur’atingni chizaman.
Qiz angrayib qoldi. “Axir rassomlar qimmatga rasm chizishar edi-ku, bu odam esa mening aybim uchun rasmimni chizmoqchimi?” o‘yladi Kumush.
- Nega o‘ylanib qolding, -so‘radi baland ovozda kishi, -nima rozi emasmisan?
- Yo‘q, unday emas. Nega endi rozi bo‘lmay? -dedi xiyol tirjayib qiz, -shunchaki, nima uchun rasmimni chizmoqchiligingiz qiziqtirayapti. Axir, odamlar buni qancha pul to‘lab chizdirishadi-ku.
- Ha, sen qo‘rqma! Men kuz fasliga bag‘ishlab, bir asar yaratmoqchi edim. Sur’atlarimda nimadir kamdek tuyulaverardi. Hozir sen kelding-u ortingdagi manzaradagi kamchilik ketgandek bo‘ldi.
- Rostan-a?! -xursand bo‘lib ketti qiz, -men roziman.
- Lekin, -dedi rassom xiyol oq soch oralagan boshini qashlab qo‘yarkan, -vaqtinga achinmaysanmi?
Beg‘ubor ko‘zlarini rassomga tikib turgan qiz, bosh chayqadi. Qiz o‘zida yo‘q baxtga to‘lib uyiga yo‘l oldi. Rassom unga "Ertadan suratingni chizishni boshlaymiz”deb aytgan edi. U hali hech qachon rasm chizdirib ko‘rmagan va hech kim unga bunday iltifot ko‘rsatmagan edi.
Kuzning yana bir kuni tugab, yangi tong otdi. Subhdanoq yana o‘sha noyabrning tarovati butun shaharga yoyilib ulgurgan edi. Shu samoga ham qoyil qolging keladi, kechasi bilan yig‘lab chiqqani yetmagandek, bugun yana yig‘lash taraddudini ko‘rmoqda. Osmon achchiq ko‘zyosh to‘kadi-yu, u yerga yoqimli yomg‘ir tomchisi bo‘lib yetib keladi. Kumush bu havodan to‘yib nafas olarkan, ishga ketdi. Quyosh yer tubiga og‘ay deb turgan bir mahalda qiz o‘sha bog‘ga bordi. Bugun u yerda odam gavjum edi. Sal vaqt o‘tmay u kechagi rassomni topib oldi. Rassom ham qiz bilan iliq so‘rashib uni katta, chiroyli bo‘lib sarg‘aygan daraxt oldidagi o‘rindiqqa taklif qildi. Avval qizning o‘tirishi uning g‘ashini keltirdi, keyin esa rassomning o‘zi unga o‘rgatib yuborgach ko‘ngildagidek chiqdi. Rassom asta sur’atni chiza boshladi. Avval qizning ortidagi kuz manzarasini erinmasdan, yaproqlarigacha naqsh berib chiza boshladi. Go‘yo kuz rasmda yanada go‘zalroq, jonliroq chiqqandek tuyuldi. Rassom endi ikki ta daraxtni qog‘ozga olgan ham ediki, xufton samosiga bildirmasdan tun kirib keldi.
- Eh, attang, -uh tortti kishi, - endi ertaga kelasan, bugun chiza olmadim.
Qizning kechagidek ishtiyoqi yo‘q sal kam to‘rt soat tikka o‘tiraverib juda charchagan edi, shuning uchun bugun yo‘ldagi qahvaxonada biroz hordiq chiqarib, so‘ng uyiga yurish qildi. Yo‘lda o‘yladi:
- Qiziq, -dedi yon-atrofidagi oltinga burkangan daraxtlar va yog‘ayotgan yomg‘irga qarab, -nega men bu yo‘llardan shuncha o‘tib, bu go‘zalliklarga hech e’tibor bermagan ekanman-a?!
U shunday deya o‘pkasini to‘ldirib nafas olarkan, ko‘zlarida quvonch o‘ynab, yo‘lida davom etdi. Ertasiga u yana bog‘ga, rassomning oldiga bordi va o‘z joyini egalladi. Birozdan so‘ng zerika boshladi. U avallari “O‘z suratingni kimgadir chizdirishing bu - juda zavqli ish” deb o‘ylardi. Endi esa eng zerikarli ish bu rasmingni chizdirish ekan degan xulosaga keldi. Rassom esa hech nima bo‘lmagandek, o‘z ishini bajarardi. Kumush qo‘li bilan jigarrang ko‘zlariga tushib turgan sochlarini to‘g‘irladi. Shunda:
- Qimirlama! -deb baqirdi rassom.
Kumush yana dastlabki holatiga qaytdi. So‘ng ertasiga shu paytda ham shunday hol ro‘y berdi. Ertalabdan beri og‘riyotgan tizzasini bir qo‘li bilan sekin uqalab qo‘ydi.
- Men senga qimirlama dedim, -deya qovoq uydi rassom, garchi qizni emas, hali-hanuz orqadagi kuz manzarasini qog‘ozga tushirayotgan bo‘lsa-da, -yo‘qsa, yana boshidan chizib boshlayman!
- Yo‘q, yo‘q, iltimos, bunday qilmang, -dedi qo‘rqib ketgan qiz, -mayli, qimirlamay o‘tiraman.
Kumushning kelgan paytidagi chexrasi quv o‘chib, unda qandaydir horg‘inlik, zerikish hissi paydo bo‘lgandi. Buni sezgan rassom:
- Isming nima? -dedi biroz mayinlik bilan
- Aaa, -necha kundan beri og‘ziga talqon solib olgan qo‘pol odamning birdan savol berib qolganini eshitgan qiz dovdirab javob berdi, -Ku-kumush!
- Ha, durust, -dedi rassom xiyol iljayib, -kumush deb qishga ta’rif berilardi, lekin sen kuzga yarashib turibsan. Qishda tug‘ilganing uchun shunday qo‘yishgan bo‘lsalar kerak-a?
Qiz bosh chayqadi.
- Unda, -mo‘yqalamini qulog‘ining orqasiga qo‘yib o‘yladi chol, -kumushdek pishiq, qimmatbaho bo‘lsin deb qo‘yishgandir.
Qiz yana bosh chayqadi.
- Eeee gapirishinga ruxsat, qani ayt-chi nima uchun?
- Huh, -deya peshonasidagi terni artdi qiz, -Buvimlar “O‘tkan kunlar” asaridagi Kumushga havas qilib, ismimni shunday qo‘ygan ekan.
Rassom uni bilmas ekan, shekilli, uzoq o‘ylanib turdi-da:
- Ha mayli, davom ettiraylik-chi? Rassom kirishib rasmni davom ettira ketti.
Qiz bu kishiga o‘zi o‘qigan ko‘plab kitoblarni aytib berar. Hatto yomg‘ir yog‘gan kunlari ham uyiga ketmay, qariya rassom bilan suhbatlashib o‘tirardi. Bahonada, o‘zi ham shu bir hafta ichida kuzdan bahra olib, boshqa olamga tushib qolgandek bo‘ldi. Shu paytgacha faqat ish deb yurganini o‘ylab, achinarli kechgan umriga o‘zi xafa bo‘lib ketti. Mana bugun kuzning oxirgi haftasi ham tugaydi, ertaga birinchi dekabr va uzoq kutilgan surat o‘z nihoyasiga yetadi. Kumush buni ko‘rishga oshiqib, bog‘ tomon shoshildi. Go‘yo yomg‘ir hozir uning qalbida yog‘ib, unga yoqimli hislar bag‘ishlayotganga o‘xshardi. Va nihoyat u hayotiga tubdan o‘zgarish kiritgan o‘sha bog‘ga yetib keldi va qariya rassom o‘tiradigan daraxt oldiga shoshildi. U yerga yetib borarkan, rassomning oldida…
- Bu nimasi, -tutaqib ketdi Kumush u o‘tiradigan o‘rindiqda boshqa bir ayolni ko‘rib.
U o‘rta yoshlardagi, yuzlari so‘lg‘in holga kelgan bir juvon edi. Rassom esa uning suratini chizayotgandi. Biroq Kumushning gaplarini eshitgach ham rassomning yuzi o‘zgarmadi.
- Amaki bu nima qilganingiz?
- Nima qilibman, -dedi rassom beparvolarcha, -rasm chizayapman. Ha, sen Kumushsan-a? Gap shundaki, men sening suratingni kuzda chizmoqchi edim. Bugun qish kirib keldi-ku, axir. Endi chizib nima qildim?
- Ammo, -dedi Kumush, -men suratimni ko‘rmoqchiman, “Bir kunlik joyi qoldi” degandingiz-ku.
- Sen meni tushunmading, shekilli. Men sen tufayli kuzni emas, kuz uchun sening suratingni chizmoqchi edim. Bizning sohada muhimi orqadagi fon, manzara. Umuman olganda, ko‘zingni kattaroq ochib qarasang hayot shunaqa, hamma narsa orqangda kim yoki nima turganiga bog‘liq. Sen bilan, sening mahorating, chiroying bilan esa hech kimning ishi yo‘q. Xullas, kuz o‘z o‘rnini qishga bo‘shatib berayotgan ekan, nega men yana sening rasmingni chizar ekanman. Yaxshisi, keyingi kuzgacha sabr qil, qizim!
Rassom shunday deya o‘rindiqdagi ayolning suratini chizishda davom etdi. Uning bu gaplari Kumushga qattiq ta’sir etdi. Bugun osmonning dardlari unga ham o‘tgan ko‘rinadi, yo‘l bo‘yi yig‘lab ketdi. Biroq hech kimsa unga qiyo ham boqmas, ahvolini so‘ramas edi, chunki uning ko‘zyoshlarini yomg‘ir tomchilaridan ajratish qiyin edi. Qiz behuda ketgan vaqtiga, rasmga ortiqcha umid bog‘laganiga yig‘lardi. U uyiga borib uxladi va ertasiga ertalab avvalgi “Betashvish”, faqat ishdan iborat bo‘lgan hayotiga qaytdi. Yo‘lida ham hech nimaga qaramay, qora soyabonini tutgancha ketti. Shu tariqa, uning umid bog‘lab kutayotgan surati tugallanmay qoldi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 9- "B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

17-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Jabborova Jayrona,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

18-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Masharipova Fotima,
Ogahiy ijod maktabining
7-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

4-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI OILAVIY FOTO

📸 Matyaqubova Xolida,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

19-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Xudaynazarova Nozima,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

20-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Shonazarova Anajon,
Ogahiy ijod maktabining
8-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

21-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Salayeva Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

22-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Murzayeva Maxfira,
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌