Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

5-ISHTIROKCHI
NAZM


KUZ.🍁🍂
Kuz keldi-yu mayin shabada,🌬
Esdi shamol, yer to'la xazon.🍁
Tungi osmon yulduzga to'la,🌌
Qizg‘in mehnat tugamas hamon.🧑‍🌾👩‍🌾

Yerga tushgan har bir yaproqda,🍂
Goʻyo umrim qisqarib borar.
Xazonlar koʻpayib tuproqda,🥀
Bir boshqacha hayot boshlanar.💡🌗

Dala-dashtning shiddat ila,⚡️
Tayyorgarlik avjini oldi.👩‍🌾
Tinim bilmay terildi g‘alla,🌾
Dehqon bobom rosayam toldi.👨‍🌾

Fasllarning eng yoqimlisi,🌻
Kuz derdilar ishonmasdim men.🌞
Qovun, xurmo,shirmoy non isi,🍊🥖
Kuz taftini endi tuydim men🍁🍂🍁

: Xudayberganova Zarinabonu,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B"sinf oʻquvchisi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

6-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

📸: Maqsudova Mashhura,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

7-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

📸: Baxtiyorova Zilola,
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Kitobxonlar sektor bosqichiga tayyormisiz?

📚 Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabr kuni “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi test shaklida o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqich natijalariga ko‘ra 28 203 nafar ishtirokchi sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💬Sektor bosqichi joriy yilning 16-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog’iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;

➡️ Jizzax viloyati;
➡️ Qashqadaryo viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;

➡️ Namangan viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;

➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;

➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

📚 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havolada.

#yoshkitobxon2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5073647e-899e-9809-827a-1bdad050420d_media_.pdf
2.4 MB
#toʼldirish

Ushbu jadvalda tanlovning mahalla bosqichida g‘olib bo‘lgan qatnashuvchilar uchun sektor bosqichining tuman (shahar) kesimida joylashuv lokatsiyasi va mas'ullar raqamlari berilgan.
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

2-ISHTIROKCHI
NASR

Kuz (hikoya)

Kuzning go'zal bir kuni edi. Daraxtlar barglarini to'kilgan, bir paytda Asliddinni onasi chaqirdi. “Barglarni to‘playmizmi, o‘g‘lim?” - dedi u. Asliddin bu taklifga darhol rozi bo‘ldi. U o‘zi bilan birga doʻsti Ravshanni ham olib keldi. Ikkovlari hovlini aylanib, yerga tushgan barglarni yig‘a boshlashdi. Har bir bargni olib, ularni bir joyga to‘plash qiyin bo‘lsa-da, ularning o‘yinlari juda qiziqarli edi. Barglar ustida sakrab, havoda uchayotgan qizg‘ish barglar bilan raqsga tushgandek edi.
Asliddin va Ravshan barglarni to‘playotib, bir-birlari bilan hazil-huzil qilib, vaqtni qanday oʻtganini bilmay qolgan edilar. Ular barglarni yig‘ib, katta uyum yasashdi va ichiga sakrashdi. Barglar havoga tarqalib, ularning xursandchiligi bo‘shab, yanada ko‘proq kulgu qo‘shardi.
Havoda kuzning sovuq hidi sezilardi, lekin bolalar bu xazonli ko‘chada o‘ynashga, xursand bo‘lishga to‘sqinlik qilmasdi. Qushlar bir-biriga qo‘shilib chiroyli ovozlar chiqarishardi. Asliddin ko‘zlarini yopib, havoda o‘zini erkin his etdi. Kuzning bu kuni ularning yodida uzun vaqt qoladigan go'zal bir xotira sifatida saqlanib qoldi.

:Bardiyeva Dilnura, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

6-ISHTIROKCHI
NAZM


Kuzda

Kuzgi hosildorlikni
Olishadi dehqonlar.
Qishga g‘amlab qo‘yishar,
Odamlar-u hayvonlar.

Kuz kelganda daraxtning
Ranglari o‘zgaradi,
Ob-havo ham o‘zgarib,
Yomg‘ir serob yog‘adi.

: Raximova Sharifa,
Ogahiy ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

8-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI


🌠 Nurmamatov Baxtiyor,
Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

3-ISHTIROKCHI
NASR

Kuzning moʻjizaviy mehmoni
(hikoya
)

Tabiat oltin libos kiydi. Kuz oʻzi bilan birgalikda oltin tusni, zaʼfaron barglarni olib keldi. Yashil rangga burkangan borliq sargʻaya boshladi. Togʻlardan oqib kelayotgan zilol suvlar asta-sekinlik ila muzlay boshladi. Tabiat qoʻynidagi qirmizi gullarning barchasi kelgusi bahorgacha uyquga ketdi. Ammo negadir bitta gulning sira uyqusi kelmayotgandek. Sovuq shamol, barglarning shitirloq ovozi unga uyqu emas, aksincha zavq bagʻishlayotgandek tuyulardi. Uning ildizi, barglari sovuqdan azob chekayotgandir? Gulga asta dedim:
- Ey gul, sen bunchalar oʻzingni qiynamasang. Nozik nihol boʻlsang, oʻz qavming bilan shirin uyquga ketmaysanmi? Yoki nimadir kutyapsanmi?
U ohistalik ila xoʻrsindi-yu, asta tilga kirdi:
- Men boshqalarga oʻxshashni xohlamayman. Boshqalar kabi bir oqimda suzishni, itoatkor boʻlishni istamayman. Hamma kuz faslining tinmay shitirlayotgan barglaridan, sovuq shamolning boʻriga oʻxshab uvullashidan, momaqaldiroqning gumburlashidan qoʻrqsa, men ularni his qilishni, ular ham biz kabi tabiatning ajralmas boʻlagi ekanligini bildirishga oshiqaman. Aslida, ularning ham oʻzgacha tarovati, sehri bor. Faqat hamma buni his qilolmaydi. Toʻgʻri, barglarim sargʻayib, tanam dir-dir qaltirayapdi, ammo bular kuz fasliga, hayotga boʻlgan muhabbatimni yanada oshirmoqda. Bu yilgi kuz faslining moʻjizaviy mehmoni boʻlmoqchiman. Tabiatning turfa xil hodisalari bizni xavotirga solishi mumkin, ammo har biri oʻzgacha kuchga egadir.
Uning gaplarini tinglarkanman, "Nega bugun havo sovuq", - deb noliganim uchun oʻzimdan uyalib ketdim.
Angladimki, har bir faslning oʻzgacha shukuhi, tarovati bor. Hayotning turfa xil hodisalari tabiatni yuzaga keltiradi. Tabiat fasllarning jozibadorligi ila goʻzaldir.

📝: Baxtiyorova Zilola, Ogahiy ijod maktabining 9-A sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

9-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁:Bekchanova Sevinch
Ogahiy ijod maktabining
7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

10-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Ismailova Imsinoy,
Ogahiy ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

11-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Odilbekova Marjona
Ogahiy ijod maktabining
9-"B" sinf óquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

4-ISHTIROKCHI
NASR


Xosiyatsiz kuz
(Hikoya)
Bugun ob-havo ancha salqin, osmon aza ko'ylak kiygan bulutlar bilan to'la, birozdan so'ng yomg'ir yog'adi, shekilli. Ozoda har doimgidek xafa, o‘ychan. Allanimalarnidir o'ylab kelmoqda, u har doim chiqadigan metroga yana chiqdi, u o'tiradigan o'rindiq uni kutayotgandek bo‘sh edi. U metro derazasidan atrofni kuzatar, atrof sap-sariq, olovrang yaproqlar bilan to'la, Ozoda doim bir uyga e'tibor qaratdi, u uyda bir kichkina qizcha bor, qizcha Ozoda o'tiradigan metro o'tadigan paytda, uyning kichik bog‘chasida mushuklari bilan o'ynab yuradi. Ozoda buni ko'rib quvonib turadi-da, cho'ntagidagi suratni olganidan so‘ng o'sha xafa, o‘ychan ko'rinishida bo'lib qoladi. Ozodaga qiziqib qoldim, u haqida hamkasbidan ma'lumot oldim. U kuz fasli kelganida ko'chaga chiqishni yomon ko‘rardi, chunki bu faslda u yomon xotiralarini eslar ekan. Ozodaning Charos ismli chiroyli, qo'ng'iroq sochli, charos ko'zli bir qizi bo'lgan ekan, bir kuni Ozoda qizini bog‘chadan olib kelayotganida, Ozodaning telefoniga qo'ng'iroq kelibdi, u qo'ng'iroqga chalg'ib qizini e'tiboridan chetda qoldiribdi. Qo'ng'iroq tugagach, Ozoda qizini erkalamoqchi bo'lganida, qizi hech qayerda yo‘q ekan. Qizini hamma yerni qarabdi, ammo u hech qayerda yo‘q emish, qizchani Ozodaning oilasi mashinada qidirayotganlarida quyib yomg'ir yog‘ibdi, ular avtohalokatga uchrashibdi. Ozodadan tashqari hamma oila a'zolari bu dunyodan ko'z yumishibdi. U yolg'iz qolibdi, kuz fasli u uchun "xosiyatsiz" kelibdi. Ozoda kuz faslini "Xosiyatsiz" deb aytar ekan. Metroda kuzatadigan qizcha esa uning Charosini xuddi o‘zi, shuning uchun uni doim kuzatar va qizini suratini qo‘liga olib, yig‘lamoqchiday bo'larkan. U qizini kelishiga ishonib, derazadan yo'liga intizor bo'lib qarab o'tirar ekan... Bu kuz shuning sababli Ozoda uchun xosiyatsiz faslga aylandi.

📝: Sapayazova Asaloy, Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

12-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

🍁: Maxsudbekova Farog‘at,
Ogahiy ijod maktabining
8-"A" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌