Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "
Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra:

📆 Joriy yilning 13-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, ogahiyshunos olim Abdulla O‘razboyev tomonidan “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

➡️ O‘quvchilarga mahorat darsi davomida ijodning mohiyati, ijodkor shaxsiyati, mahorat masalalari haqida so‘z yuritildi.

❇️ Shu bilan birgalikda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "
Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra:

📆 Joriy yilning 2-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdulla Ulug'ovning Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan mahorat darsida onlayn shaklda ishtirok etdilar.

➡️ “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida bo'lib o'tgan mahorat darsi davomida Abdulla Qodiriy shaxsiyati, asarlaridagi mahorat masalalari haqida so‘z yuritildi.

❇️ Shu bilan birgalikda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 15.05.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

📘 "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida olib borilgan mahorat darsida 9-sinf hamda Xorazm viloyatining Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ijodkor o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, adabiyot va san’atning voqea bo'lish va yashash shakli, yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy mulokot vositasi. Keng ma’noda badiiy asar san’atning u yoki bu turi (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr) mansub bo`lgan, insonning go`zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadigan asarlar haqida suhbatlashildi.

👉Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓 Joriy yilning 16-may sanasida Ogahiy ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan olib borilgan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusidagi navbatdagi mahorat darsi jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#mahorat_darsi
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA
MAHORAT DARSI

Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Bartin universiteti professor va doktorlari Orhan Uzun hamda Ahmet Yirmibesh ishtirokida
mahorat darsi oʻtkazildi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida va ijod maktabi turk tili oʻqituvchisi Ogun Yavuzda tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi, bugungi yosh avlod ana shunday buyuk ajdodlarga munosib voris sifatida ilm-fan choʻqqilarini egallashlari lozimligi taʼkidlandi.

Mahorat darsida turkiyalik olimlar oʻz sohalari boʻyicha yangiliklar, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, Turkiya oliy taʻlim tizimi, xorijiy talabalar uchun dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqotda mehmonlar oʻquvchilarimizning turk tili boʻyicha bilimlariga yuqori baho berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal