Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

🔹 Joriy yilning 15-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Nilufar Yaqubova tomonidan Matnazar Abdulhakimning "Mangulik jamoli" asari boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.

➡️ Darsning oʻziga xos tomoni - ustozning Matnazar Abdulhakim ijodini Ogahiy hazratlari bilan bogʻlab tushuntirib berishi bo'ldi. Darsni yanada qiziqarli qilish maqsadida turli metodlardan foydalanildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

➡️ Joriy yilning 18-yanvar kuni UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d. S.Sariyev tomonidan 10-"B" sinf o‘quvchilariga "Mifologiya" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu darsda turkiy mifologiya, uning o‘zbek adabiyotiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Shu jumladan, zamonaviy o‘zbek adabiyotida miflarning aks etishi xususida o‘quvchilar bilan qizg‘in suhbat o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


🔹 Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Qodirova Gulixon tomonidan "Munis Xorazmiyning faoliyati va ijodi" mavzusi boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.

➡️ Mahorat darsida Munis hazratlari ijodi va hayoti haqida ma'lumotlar berildi. Darsni yanada qiziqarli qilish maqsadida turli metodlardan foydalanildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Hamkorlik
#Jarayon

⚡️Yoshlarni jismonan va ma'nan yetuk bo‘lib yetishishlari, iqtidorli o‘quvchilarni qo'llab-quvvatlash, sportni yanada ommalashtirish, xususan, sportning "Chavandozlik" turini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔸Ogahiy ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilib kelinayotgan sportning 🐎chavandozlik bo'yicha navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

🔹 Mashg'ulot avvalida Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Nurmatov Ruslan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini amaliy jarayonlarda oshirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Xushxabar
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik        

⚡️Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Urganch davlat universitetlari mas'ullari oʻrtasida o'zaro muloqotlar boʻlib oʻtdi. 


Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining  2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotlarda hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi.

Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" hamda "Roman-German filologiyasi" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#hamkorlik

Ogahiy ijod maktabi bitiruvchilari universitetda...

Joriy yilning 17-may kuni Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Zafarbek Yuldashev universitetimizda mavjud shart-sharoitlar, talaba-yoshlarning bilim egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o'quv xonalari, dars jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar berib, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirdi.

📌Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik aloqalari muntazam davom qilmoqda.

https://t.iss.one/UrDU_Filologiya_Matbuot_xizmati
#hamkorlik
#jarayon

🗓 Joriy yilning 20-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilariga Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi polkovnik A. Yarmatov tashrif buyurdi.

Davra suhbatida vatanparvarlik hamda "Vatan tayanchi" targʻibotini olib bordilar. Muloqot jarayonida turli savollar bilan o‘quvchilarning vatanimiz sarhadlari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube