Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.1K photos
2.5K videos
312 files
7.84K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓9-may - Xotira va qadrlash kuni 

Ogahiyni eslab

🔰Ogahiy nihollari o’sayotgan maskanda uning nomi tilga olinmagan kunning o’zi yo’q. Lekin xotira va qadrlash kuni arafasida Ogahiy ruhiga hurmat va ehtirom har qachongidan ko’ra yana boshqacharoq tus oladi.

7-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari hamda bitiruvchi 11-sinf o'quvchilarimiz Ogahiy va Munis hazratlarining qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar va shoirlar qabrini ziyorat etdilar. Ularning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Shuningdek, maqbara oldi va atroflari supurilib, tozalik ishlari amalga oshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓9-may - Xotira va qadrlash kuni 

Ogahiyni eslab

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari hamda bitiruvchi 11-sinf o'quvchilarimiz Ogahiy va Munis hazratlarining qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar va shoirlar qabrini ziyorat etdilar. Ularning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Jarayondan fotolavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Diqqat_eʻlon
#Ochiq_eshiklar_kuni

🙋‍♂Hurmatli ota-onalar hamda kreativ o‘quvchilar!

Sizlarni 2024-yil may oyining har shanba kunida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadigan 🏢 "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz.


❗️Maktabga 6-, 8-, 9-sinfni tamomlayotgan ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix-huquq fanlariga qobiliyatli o‘quvchilar saralab olinadi.

"Ochiq eshiklar kuni"da siz maktab faoliyati bilan tanishishingiz;

maktabda yaratilgan shart-sharoitlarni kuzatishingiz,

O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

➡️ Viloyatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi 6-, 8-, 9-sinf bitiruvchi o‘quvchilarni, aziz ota-onalarni kutib qolamiz.

📍Keling,  ko‘ring va kelajakni biz bilan quring.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Ogahiy nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Òqishga_marhamat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun jamoamiz pedagoglari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari qizg'in davom etmoqda.

📌Navbatdagi manzillar viloyatimizning Xiva tumani va Xiva shahridagi ayrim umumta'lim maktablari bo'lib, Ijod maktabimiz o'qituvchilari Muhabbat Jumaniyazova, Shohista Jumaniyazova, Aksana Xajaniyazova va Intizor Allabergenovalar tomonidan amalga oshirildi.


🔹 Targ'ibot tadbirlarida:
🏆 Yutuqlar
Imkoniyat va imtiyozlar
👩‍🏫 Dars jarayonlari
🤾‍♂️ To'garak mashg'ulotlari
📗 Kutubxona
🍽 Oshxona
🛏 Yotoqxona sharoitlari haqida ma'lumotlar berildi.


📌 Ma'lumot uchun:
Ogahiy nomidagi ijod maktabiga yangi o'quv yilida 7-sinflarga va 9-10-sinflarning bo'shagan o'rinlariga yangi o'quvchilar qabuli rejalashtirilmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|