#Bizning_ijod
#yangi_mashq
Ushlanmagan anordir qalbim,
Kimdir tegsa yonib ketuvchi,
Mayin, ingroq ovozman, ovoz,
"Kel" deguvchi, "Ketma" deguvchi.
Ochilmagan anordir qalbim,
Pishmaguncha ochmagin zinhor.
Qalbim ichra bag'ri butun yo'q,
Qon bag'rli odamlar bisyor.
✍️Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
@sh_jahongir

Mehr
Baxtli boʻlishni yurakka tuydik,
Hayotning har bir damida kuydik,
Mol-dunyo deb yeldik, yugurdik,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.
Mehr berolmadik mehribonlarga,
Qadr topolmadik qadrdonlarga,
Endi yoʻl bermang hech armonlarga,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.
Ranjimangiz hech bir-biringizdan,
Yaxshilik qiling chin dilingizdan,
Endi voz keching alamingizdan,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.
Inson hayotga bir bora kelar,
Yomonlik qilganlar hisobin berar,
Qirq yilda emas, qirq kunda qaytar,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.
✍ Zaribboyeva Jasmina, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o‘quvchisi

Vatanni Najmiddin Kubrodek seving...
(Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf sheʼriga nazira)
|
Bir oʻlkaki tuprogʻida oltin gullaydi,
Koʻzyoshlari daryo boʻlib togʻlardan oqqan.
Bir oʻlkaki hasratlari telbadek daydi,
"Buyuklik" nishonin koʻksiga taqqan.
||
Osmon yiroq boʻlsa, tuproq unga jo,
Metin matonati joniga payvand.
"Bolam" deb yashaydi oʻlgunicha to,
"Bolam" deb yashashning oʻzi unga baxt.
Bunda bir Vatan bor, bunda bir hayot,
Dunyo yetolmaydi oʻylab oʻyiga.
Minglagan odamlar keladi hayhot,
Uch-toʻrtta oʻzbekning bergan toʻyiga.
Bir uyga jam boʻlsa zurriyotlari,
Toʻrtburchak ayvon ham kelmas unga tor.
Shunda olislardan kezib sarsari,
Bogʻida oʻynaydi maftunkor bahor.
Onadir! Tortqilab etaklarini,
Farzandi yuradi orqalaridan.
Momolari aytgan ertaklarini,
Tinglab uxlaaab qolar oʻshanda Vatan.
Yelkasiga opichlab ketmonlarini,
Dalasiga ketgan bobodehqonim.
Belga belbogʻ taqib yorugʻ dunyoda,
" Xalqim" deya shahid ketgan oʻgʻlonim.
Es-hushi oʻlsa ham oʻlmas vijdoni,
Oʻzida mangudir asl oʻzligi.
" Vatan" deb aytmasdan uzilmas joni,
Haqiqiy mehnatkash, buyuk oʻzbegi.
Tarixing olisdir, titraydi tanam.
Taqdirga chidolmay qiynalding zor-zor.
Hoʻngrab,yigʻlaaab qolar "onam" deb "onam",
Koʻkragiga urgan Islomlaring bor.
Hammasi soddadil, hammasi sodda,
Hammasi mehmondoʻst, bir qora koʻzdek.
Bir yelkada imonin koʻtarib yurib,
Birida ketmonin koʻtargan oʻzbek.
Sensan onam,mushfiq volidam,
Yolgʻon emas qalbdagi sevging.
Shuning uchun deyman qadamma-qadam,
"Vatanni Najmiddin Kubrodek seving..."
|||
Sen - shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan chinorim.
Qoʻynimdagi iftixorim,
Boʻynimdagi tumorim.
Oʻzing mening ulugʻlardan Ulugʻimsan, Vatanim!
✍ Rustamboyeva Nigina, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf oʻquvchisi

Shunchaki
(hikoya)
- Osmondagi yulduzlarni qara! Naqadar chiroyli...
Qishloqda supa ustida yulduzlarga termulgancha Aliga soʻzladi Umar.
- Ha, ularga qancha termulsang ham kam, yulduzlarga qarab hech toʻymaydi kishi...
- Ali. Shu oʻylab qolaman-da bularning, yulduzlarning soni nechta ekan-a?
- Bilmadim, balki milliondir yoki undan ham koʻp milliard.
- Ali, menda zoʻr fikr bor, kel, bugun ularni sanab chiqamiz.
- Qoʻysang-chi, Umar, ularning sonini bilib nima qilasan?!
- Endi bilgim kelyapti-da, - dedi Umar yotgan joyidan shart turib oʻtirib olib. Ali chuqur nafas oldi va Umarga qarab:
- Xoʻp, ularning sonini bilding, keyin-chi? Undan keyin senga nima foyda?
- Foyda, hm... - oʻylandi Umar, - foyda yoʻq shunchaki.
- Shunchaki? - dedi Ali qoshlarini chimirib tabassum qilgancha.
- Shunchaki boʻlsa, ularni sanamasdan shunchaki bu goʻzallikdan bahramand boʻlsang boʻlmaydimi? Xuddi kattalarga oʻxshaysan: keraksiz narsalarga vaqtingni sarflamoqchisan va bu bilan hayotingni qiyin va zerikarli qilib qoʻyasan!
- Qoʻysang-chi bu gaplaringni. Chiroyga termulib oʻtirish ham keraksiz narsa-ku.
- Balki shundaydir, lekin sen ularga termulib orzu-umid qilishing mumkin, nima boʻlganda ham bu koinot! Yoki boʻlmasa sen shunchaki ularga termulish orqali ruhingga xotirjamlik baxsh eta olasan. Bu dunyoda koʻngil xotirjamligidan-da yaxshiroq narsa bormi?!
Ali shunday deb yana joyiga yotdi, qoʻllarini boshining orqasiga qoʻygancha koʻzlarini qattiq yumdi. Bir soniyadan keyin yana ochdi va yulduzlarga termulgancha toza havodan bahra olib xotirjam yotaverdi. Unga Umar biroz tikilib turdi-da osmonga qaradi, soʻng ichida.
- Rostdan ham, hayot oddiy, biz uni doim qiyinlashtiramiz.
✍:Shaxnoza Saidova, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi

Bahor uchquni
(hikoya)
Bir yil, bir oy, bir kun yoki bir daqiqa. Buning ahamiyati yoʻq. Asosiysi inson bu vaqtni kim bilan oʻtkazganidir. Ba'zan oʻsha bir lahza ham asrlarga tatigudek boʻladi. Balki siz bilan vaqtini chog' o'tkazgan odam yoningizda emasdir yoki bu dunyoni tark etgandir. Lekin insonlarda hatto oʻzlari ham bilmaydigan yashirin tuyg'ulari bor va bu tuyg'u muhabbatdir. U hamisha inson bilan birga yuruvchi umid uchqunidir. Bu uchqun odamlarning yaxshi va yomon kunlarida doim hamroh boʻlib kelgan. Ayol shularni yozdi va xoʻrsinib qalamni stol ustiga qoʻydi. Uni bu uzoq ayriliq qiynab yuborgan edi. Umr yoʻldoshini aybsiz boʻlishiga qaramasdan yolgʻon tuhmat bilan qamoqqa joʻnatishganiga ham mana toʻrt yil boʻldi. Bu toʻrt yil uni yaxshigina bardoshli qildi. Matonatli, sabrli oʻzbek ayoli...
Ayolning boshi kechasi bilan uxlamay chiqqani uchun biroz ogʻridi (ammo bu ogʻriq ham unga nishday botardi). "Biroz dam olsam oʻzimni yaxshi his qilaman" - shu oʻy bilan u uxlash uchun yotdi va soniyalar ichida uxlab qoldi.
***
- Men keldim, koʻzlaringni och...
Ayol koʻzlarini ochar ekan, avval koʻzni qamashtiruvchi nur, keyin uning siymosi koʻrindi. U kuldi va: - Keldingizmi? -deya jilmaydi.
-Keldim. Nihoyat shu yerdaman, yoningdaman. Yana birgamiz, birgamiz, birga... Erining ovozi pasayib, ayolning koʻz oʻngidan yoʻqola boshladi. Atrofini qorongʻulik bosdi. Ayol birdan uygʻonib ketdi:
- Ular keladilar. Men bunga ishonaman.
Ayol shartta oʻrnidan turdi va mehmonxonaga bordi. Eri bilan tushgan suratini qoʻliga oldi va eriga qarab: - Bilaman, kelasiz. Men buni butun vujudim bilan his qilyapman. Toʻgʻri, bugun emas, ertaga ham emasdir, lekin qachondir, albatta, qaytasiz. Men buni his qilyapman. Butun vujudim bilan. Ayol bu gaplarni kulib quvonch bilan takrorladi. Soʻng duv-duv yosh toʻkdi. U turgan joyida egilgancha suratni bag'riga bosib yigʻlardi. Eri bilan birinchi marta uchrashuvi, toʻyi va u bilan oʻtgan qizgʻin suhbatlarni eslab yum-yum yigʻladi:
-Yaxshiyamki ular menga bergan xotiralar bor,- yigʻlayotib pichirlab shu soʻzlarni aytdi ayol...
U hali ham mehmonxonada bir suratga, bir derazadan koʻrinib turgan oʻrik gullariga qarab homush oʻtirardi. Kutilmaganda eshik taqilladi. Ayol oyoqlarini ogʻir bosgancha eshik tomon bordi va eshikni ochdi. Uning koʻzlari birdan quvonchdan porladi va beixtiyor:
- Saidahmad aka!- deya qichqirib yubordi uning koʻzlaridan quvonch koʻz yoshlari shashqator boʻlib oqa boshladi. Erini qattiq bagʻriga bosgancha faqat:" Keldingizmi? Nihoyat keldingizmi?" - deb yigʻlardi.
- Keldim, Saida, keldim, - deya ayolining siqilaverib oq tushgan sochlarini siladi.

#bizning_ijod
Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
BAHOR SONATASI
(Hikoya)
...Shu payt Samandarning yuziga yosh tomchiladi. Yurak urishini ko‘radigan aparat ovoz chiqara boshladi, unda tog‘ shaklidagi chiziqlar chiqdi. U tezda o‘rnidan turib qarasa, qizning ko‘zlari ochilgan, lablariga tabassum yugurgan edi...
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
https://telegra.ph/Bahor-sonatasi-04-15

Telegraph
Bahor sonatasi
Shaharning qora tutunlarga to‘la osmoni uzra parvoz qilib kelayotgan qaldirg‘och tez yordam mashinasi ustiga kelib qo‘ndi. Uning ichida esa havorang kasallar o‘rindig‘ida bir qiz og‘ir ahvolda yotardi. U yurak xastaligiga chalingandan buyon, kundan-kunga…
#Bizning_ijod
#Yangi
ONA BO'LUR BITTA, ONA VATAN BIR!
Nechun ardoqlamay nomingni Vatan,
Nechun koʻzga surtmay tuproqlaring men?!
Umrimning eng soʻnggi nafasi qadar
Jon baxshida etgan onimdirsan sen.
Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir...
Har dam oq yuvib, oq taragan meni
Ikki obi-chashming - Amu bilan Sir!
Adabiyot atomdir, shunday kuchki lek,
Atomni titratdi adiblaring ham.
Bir bora visoling koʻrmoqni istab,
Boburing koʻzi nam, Nosir koʻzi nam.
Moziysiz kelajak boʻlmagay aslo,
Axir ildiz otmay yuksalmoq bekor.
Asrlar qaʼridan ortga boqsam gar,
Qadding kabi buyuk tarixing-da bor.
Man, deganning zoʻrlarini koʻrdi jahon,
Bir oʻyida ular bari mard yetgandir.
Tuprogʻingda kamol topgan jahongirlar,
Bu dunyoning qoq yarmini zabt etgandir.
Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir!
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchisi
🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

IKKI DIL HARORATI
(Said Ahmad va Saida Zunnunova xotirasiga...)
Mehr nima? Ayting siz, do'stlar,
O'rni kelsa, bir juft shirin so'z.
Qahr nima? Bo'lib kam-ko'stlar,
Qayg'udan yosh to'ksa qorako'z.
Bu ko'zlarni kimlar qildi nam,
Javob izlab tarix qatidan.
Xabar topdim Said, Saida
Bir-biriga muhabbatidan.
Sevgi faslin ostonasida
Ayriliqqa bo'lishdi duchor.
Yangi kelin koshonasida
Ko'zdan yoshlar to'kdi shashqator.
Ishqdan masrur bo'lish o'rniga
Ajralishdi ikki tashna qalb.
Kuyovto'ra qamoq to'riga
Bo'ldi mahkum qora ishga jalb.
Belgilashdi adib qismatin:
"Dushmanlarni maxsus raqamla!"
Ne bo'lardi xalqqa xizmatin
Ado etsa o'tli qalam-la?!
SAIDA SAFO

Daraxtga bitilgan satrlar
Qora parda tagiga cho‘kkan osmon uzra zulmat o‘z tahdidini solib kelayotgan bir paytda, uning qo‘ynida paydo bo‘layotgan yaltiroqchalar va qizlarning go‘zalligi manbai bo‘lgan oy mag‘rur turib zulmatning kuchini kesardi. Bir maromda esayotgan shamol xuddi arilardek gullarning ichidagi dardlari bo‘lmish - gulchanglarni o‘g‘irlab ketardi. Bahor oqshomlarining yoqimli bir kechalarida Oygul chang ko‘chalari bo‘ylab, qishlog‘ining nekbin nafaslaridan bahra olib, qayergadir yo‘l oldi. U qisqa-qisqa qadamlari ila “Olqov” tepaligi tomon yo‘naldi. Uning qo‘lidagi mayda qilib to‘qilgan savatchaning yopqichi tebranib turardi. Go‘yo unda nimadir bordek. Qiz esa labida shirin tabassumi bilan tepalikka intildi. Va nihoyat o‘sha joyga yetdi. U yerda nafaqat shamol qattiq esib sochlarini silar, osmonda suzib yurgan pag‘a bulutlar ham unga sirli nigohlari bilan nazar solardi. Yon-atrofga o‘tkir nigohlari ila qararkan savatidan o‘zi malla, bo‘yni oppoq, yunglari juda mayin, ko‘zlari ko‘k mushukchani olib chiqdi va uni avaylabgini maysalar ustiga to‘shalgan uzun etagi ustiga qo‘ydi. So‘ng kalta, lekin nozik barmoqchalari bilan uning boshini, keyin esa oq bo‘ynini silab qo‘ydi. Go‘yo mushuk bu erkalashdan uyalgandek kuylak ostiga yashirindi. Shu ondan qiz o‘zining sirdoshi bo‘lgan tabiatga gapira boshladi. Uning ovozi tabiatning har tarafidan taralayotgan yoqimli tovushlarga hamohang bir sas edi. Bu hol chalinayotgan skripkadan taralayotgan kuyga nay honishi qo‘shilib butun orkestrni yaratganga o‘xshardi.
- Ey mallavoyim, bunchayam yoqimtoy bo‘lmasang-a? Menimcha sening qalbing go‘zal. Siyrating suratingda namoyon, -dedi u bu gaplarida qandaydir jumboqni yashirib. Ayniqsa, uning mallavoyga tashlagan nigohlari qaridan bir sir “Meni top” deb turardi. U gapida davom qildi:
- Eng muhimi xuddi shishaga o‘xshab charaqlab turgan sog‘lom ko‘zlaring bor. U sofdil odamlar qalbidek toza bo‘lib ko‘rinadi menga. Qalb va ko‘z, qalb va ko‘z…
Ha axir aytishadiku “Ko‘p narsalar ko‘zlardan anglashiladi” deb. Ammo ba’zi bir ma’nosiz ko‘zlar borki, ulardan ranjib qolasan.
Shu payt osmonoyning tillaqoshi bo‘lib turgan oyga ko‘rsatkich barmog‘ini begiz qilib ko‘rsatarkan:
- Ana u mohni ko‘ryapsanmi?, -deya mallavoyga yuzlandi. Mushukcha ham buni tushungandek panjasini oy tomon cho‘zdi.
- Sen baxtlisan, sababi ko‘k yuzida birgina oyni ko‘ryapsan. Men-chi, men bu ojiz ko‘zlarim bilan uchtasini ko‘ryapman. Bulardan ikkalasi sohta, biroq buni farqlash mushkul. Sen bo‘lsang sohtalarini ko‘rmaysan. Eh mening mushtipar ko‘zlarim.
Keyin oraga sukunat cho‘kdi, Birozdan so‘ng son-mingta yaltiroqchalarga qaradi:
- Osmonda yulduzlar ko‘p, yerda esa odamlar qizig‘-a ulardan qay biri bizga yaqinroq…
Shu payt mushukcha jahli chiqqanday “Miyov” deb qo‘ydi.
- Ha, ha mushuklar ham ko‘p, insonlardan-da yaxshi mushuklar. Bu tepalikning nomi “Olqov” ekan. "Olqishlamoq" ma’nosini bildiradi. Bu mening tepaligim ekan, chunki uni etaklarida yurgan paytlarim hikoyalarim va she’rlarimni juda yaxshi ko‘rardim, hech kim tinglamasa ham. Ukalarim yirtib qo‘ymasin deb yostig‘im tagida olib yotardim. Hozir-chi, hozir tobora ko‘p olqov olaman, biroq asarlarimni hech kim tushunmaydi. Ularga o‘xshagan sohtalardan qo‘rqaman… Mana hatto tepalik ham ko‘zimga uchta bo‘lib ko‘rinmoqda endi. Yana ikkiyuzlamachiliklar…
Bu gaplarni jon qulog‘i bilan tinglayotgan mallavoy savat ichidan nimadir olib tushdi. Uni tishlarida ushlab Oygulga olib kelib berdi.
- Ha, bumi? -dedi qiz ko‘zoynagini ko‘rarkan, -bu ham sohta! Nahot endi hayotga shu bilan boqsam?.. Yo‘q! Undan ko‘ra borini-boricha ko‘rganim yaxshi. U o‘zini maysalar ustiga tashladi. Tim qora sochlari oy shul’asida yaltillab turgani mushukning ko‘zida aks etardi. Shu payt e’tiborini daraxtga o‘yib yozilgan bir gap tortdi. Unda shunday ikki satr bor edi:
“Sohtalar yomg‘irdir, samimiylar shudring,
Yaratganni uzoq emas, qalbingizdan qidiring”
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabi 8 - "B" sinf o'quvchisi

****
Menga mehr bermang, ota,
Menga bardam iymon kerak.
"Hamma ketsin hayotimdan" deganimda
Urmang, ota,
So'kmang,ota.
Baxt so'ramang o'g'lingizdan,
Bu dunyoga bilmay keldim.
"Kel! Oz qoldi! Ergash!"demang.
Gumon bilan...
Shayton bilan borolmayman izingizdan.
Muhabbat bu- buyuk ne'mat,
Yashashlikka imkon demang!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
Sal ko'piroq gapirvordim,
Biroz dakki bering, ota...
Axir bu ish mushkul emas,
Ming yil shunday yashadik-ku!
Ota, sizning dakkingizdan,
Mushuk vovlar, qilar "ku-ku".
Yo'o'q! Aldamang! Qochmang! To'xtang!
Sarobmidi bu-baxt yoki?!
Osmondaki saraton ham
Javob berar,
Borman toki!
Qabohat yo hasrat bilan,
"Ona xalq!" deb yotganingda,
Shunda ham baxt edi qayg'u,
Minglab dardli jadidingni otganingda,
Hamma saqov, karaxt edi.
Deding: "Voooy vo'o'..."
"Bas qil!" Dema, endi seni
Jon bersang ham sevolmayman!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
✍Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi
@sh_jahongir
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

*
"Tamom",-dedi. Yo'q boshqa najot,
Bunga guvoh qo'g'irchoqlaring.
Senga uni eslatar izhor,
Va javobsiz qo'ng'iroqlaring.
Tong otadi. Qani telefon?!
Go'yo kelgan xayrli xabar.
Ikki jumla sen uchun aziz,
Yulduz qadar, koinot qadar.
Kun boshlandi, sodda va oddiy,
Yolg'iz dalda-bunda hikmat bor.
Uy ichida, bag'rimda muzlik,
Ko'chada-chi, biz kutgan bahor.
Yo'o'q, ketmaydi bunday iztirob,
Nahot, bizga baxt qurg'ur qahat.
Tushimdagi sirli maktubga,
"Alvido",-deb yozoldim faqat.

ERK QO'SHIG'I
Taqdir yozmagaydir farzand dog'ini,
Hech banda boshiga, hatto yog'iyni,
His qilsa kimda-kim bilgay ohini,
Kayxusrav yetkazgan zulm-zo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Mensimay raqibin qo'ygan chohini,
El deb qurbon qildi ko'z qarog'ini,
Balandroq ko'tarib jang yarog'ini,
Tan olmay To'maris tanglik, xo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Doro yov bu yurtga qilganda qahr,
Shiroq jasorati moziyga muhr,
Tinchlik deb ishlatdi hiyla-yu makr,
Qay jazoga mahkum etgan sho'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Chingizxon lutf qilib berganda imkon,
Chiqib ketmoqlikka yurtidan omon,
Taklifin rad etib eli uchun jon-
Berolgan Kubrodan o'rgan sherlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tomiringda oqar Jalolning qoni,
Tan berdi fotihi-mo'g'illar xoni,
Vatan desang ko'zga ko'rinmas joni,
Panaga qochmadi, bilmas g'o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Ajdodlardan meros bizga bu Vatan,
Erk deya ne zotlar ketdi bekafan,
Qodiriyga soxta hujjatlar rasman
To'plashdi tan olmay, tanlab o'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tong yulduzing ko'kda bemavrid balqdi,
Qora kunlar qancha ko'zda yosh qalqdi,
Erksevar Cho'lponing kuyladi xalqni,
Buzilgan o'lkada mavjud kirlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Yurt qayg'usin dilga tuyganda Fitrat,
Duch keldi bu yo'lda unga ko'p zahmat,
Ruhin shod etaylik qilib ziyorat,
So'nggi makonini handaq, go'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Qayinlar yaprog'i emas bu hazon,
Bu–Usmon qalbida zang bosgan armon,
Dohiyni alqagan , ey mash'um zamon,
Xatosi bilmadi senga jo'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Millat ravnaqi-chun qilgan ishtirok,
Ziyoliga hukm: Qilinsin halok!
Onalar faryodda, yoqalari chok,
Qonli yoshlar "hadya etdi" ko'rlikni,
Qadriga yetaylik bunday hurlikni!
Tarixda eng mudhish,eng jirkanch onlar
Begunoh to'kildi qirmizi qonlar,
Bemavrid uzildi minglagan jonlar,
Shular evaziga kelgan NURLIKNI,
Qadriga yetaylik bunday HURLIKNI!
SAIDA SAFO:
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Halima Xudoyberdiyevaning "Onam, onama..." she'riga nazira
Dunyo ishlariga bo'ldim ovvora,
Joning omon bo'lsin bolam dedingiz.
Xasta bo'lsangiz ham onam bechora,
Bizga ko'p, o'zingiz oz-moz yedingiz.
O'zimni o'ylabman hammadanam ko'p,
Yuribman o'zimning tashvishlarim-la.
Onajonim, sizni eslamadim xo'p,
Yuzim yomg'ir bo'lar ko'zyoshlarim-la.
O'zgalarga yugurib, shahar- kentdaman,
Yo'limdan qaytarib kesatmadingiz.
Bu dunyoda mehmonman, manam ketaman,–
Deb nechun bir bora eslatmadingiz?!
Onam, onama...
✍ Anora Maqsudova,
Ogahiy ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi

Sehrli pianinochi
(Jumanazar Yo‘ldoshning "Sir" hikoyasidan ta’sirlanib bitilgan mashqim) Farg‘onaga sayohat davomida
Qog‘ozga so‘zli rasm chizayotgan oppoq qora qalam va nihoyat so‘nggi nuqtasini qo‘ydi. Uni juda chiroyli qo‘llar bir maromda harakatlantirar edi. U qo‘llar xuddi toza suv kabi tiniq ko‘rinardi. Ammo u yozayotgan narsa oddiy yozuv emas, qanaqadir musiqaning notalariga o‘xshardi. U notalar shunchalik mukammal yozilganki, hech bir naqqosh yog‘ochga u kabi xatosiz naqsh o‘yib yasolmaydi. Bir muddat to‘xtab qalamni joyiga qo‘ygan o‘sha sirli kimsa notalari yozib tugatilgan sariq rangli kitobni yopdi. So‘ng asta o‘rnidan turib katta taxta stol ustida turgan o‘sha kitobni bag‘riga bosdi. Shu payt yoqimli shamol esib kimsaning xuddi sof qora bo‘yoq bilan bo‘yalganga o‘xshab turgan sochlarini uchirdi. So‘ng egnidagi qordan-da oppoq kuylagini ham uchirdi. Oppoq kuylak juda chiroyli va yumshoq edi. U kishi shamoldan juda erkin nafas oldi. Shamol uning ipakdek mayin sochlarini silab, erkalab keta boshladi. Shamol yigitning oldida shunchalar yoqimli esadiki, buni sezgan har kishining xayoliga shamoldan bahra olish keladi.
Osmonga o‘zining sirli nigohlari bilan qararkan, labida iliq tabassum paydo bo‘ldi. Moviy osmon va turli shakldagi bulutlar yigitning sochlariga o‘xshagan qop-qora ko‘zlarida aks eta boshladi. Osmondagi bor jismlarning bari o‘sha yigitga kulib qarar, xuddi uni sevib qolgandek, chiroyiga mahliyo bo‘lgandek eng yorqin ko‘zlari bilan boqardi.
Yigitning go‘zalligidan hammasining xushi uchib tartibsiz harakat qila boshlashdi. Avval yomg‘ir yog‘ib, keyin chaqmoq chaqdi; ham quyosh, ham oy ko‘kyuziga chiqdi; quyosh bo‘la turib, bulutsiz qor yog‘di...
Yigit esa bundan xulosa chiqarib, shu go‘zal orazini pushti ro‘mol tagiga oldi. U yuzini asta berkitarkan, falak anjomlari: bulut, quyosh, oy, tun, kun o‘z o‘rniga joylashdi. Bu voqeadan keyin osmon sathiga kunni quva-quva salobat bilan mohi tobonini olib tun kirib keldi.
Tunning bag‘ridagi oymomo u yigit haqidagi ta’rifni eshitib juda xafa bo‘ldi, ko‘p yig‘ladi, chunki hamma unga: "U yigit sendan ming chandon go‘zal ekan" deganlari uchun ko‘z yosh to‘kdi. Ko‘zlariga ro‘molcha tutish mohning esidan chiqibdi, shekilli, ko‘z yoshlari son-mingta yulduzlarga aylanibdi.
Yigit qayergadir yo‘l oldi. U qadamini juda chiroyli, bir maromda bosardi. Hatto unga hasad qilgan oy ham uni ko‘rib oshiq bo‘lgach, o‘zining yorug‘ og‘ushini yigitning yo‘liga tushirdi. Buni payqagan yigitning yuzidagi quvonch yana-da ortdi. U ko‘z qorachig‘idagi yorqin ishq, mehr, muruvvat, shafqatga to‘la oppoq nurini barchaga birdek qaratib qo‘ydi. Nigohi qaridagi bir tuyg‘u hammasiga teng tikildi. Shu bir qarashdan barcha narsalar yanayam yorug‘lashganday bo‘ldi. Ertalabdan buyon yigitning atrofida girdikapalak bo‘layotgan shamol ham sekinlashib, uni quchgandek o‘zini yigit bag‘riga otdi.
Ertasiga ertalab ham o‘sha yigit yuziga parda tortiqliq holda qo‘liga qandaydir katta quti va kecha yozib tugatgan kitobini olib yo‘lga chiqdi. U soddadilligi bilan barchaga yoqib qolgan, shu sababli, yo‘lidagi hayvonlar unga tegmas, "Meni silab o‘t" degandek mo‘ltillagan ko‘zlari bilan qarar edilar. Hatto yo‘lidagi qator poyezd reyslariga o‘xshagan chumolilar karvoni ham yigit kelganda qochib joy berardi. Yigit ularning har biriga shunday nazar solardiki, bu nigohlar juda ko‘ngilga yaqin, iliq edi. U nihoyat manziliga yetdi. Yigit shunchalar uzoq yo‘l bosdi, biroq tezda yetib bordi. Shu joydagi xodacha ustiga qutidan qora va oq klavishli bir nima va uning ustiga sariq, notalar yozilgan kitobni olib qo‘ydi. Uni ko‘rgan oliy mavjudotlarning bari atrofini qurshab oldi. Ular bitta qur yasashdi. Ayniqsa, yigit o‘sha asbobidagi qora, oq klavishchalarga barmoqlarini bosib, yoqimli kuylarni tarata boshladi.
Uning kuyiga barcha rom bo‘lar, hech uning oldidan ketgisi kelmas, kun-u tun o‘sha sirli yigitning qoshida bo‘lishardi. Yigit klavishli cholg‘usiga "Taqdirlar" deb nom bergan bo‘lsa-da, odamlar uni "Pianino" deb atashiga

17-may – O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun.
***
Haq hislar hayqirar haqqa hamnafas,
Haqiqat hayotga haqli himoya.
Hayotda hamisha hamdam, hamsuhbat
Haq-u haqiqatga haqli hikoya.
Haroratli hislar, haqqoniy hislar,
Hamisha hayotga hamohang hikmat.
Hayotga hamohang hapqirar hanuz,
Hayhot, Halimadan hayotiy himmat.
✍ Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi
🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
@hilola_zohidovna

Ogahiy ijod maktabi
Photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#bizning_ijod
#qatagʼonlarni_xotirlab
ISTIQLOL FIDOYILARIGA...
Turnalar, ko'kka bo'y cho'zgan turnalar,
Yana kimning menday qalbi tirnalar?
Siz kabi yuksakka talpingan chog'da
Makonlari bo'ldi to'rsim turmalar.
Balki bu qismatni sezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Har kimning o'z dardi, o'z hasrati bor,
Hech banda chekmagay behuda ozor,
Yelkaga yuk olib yurtga daxldor
Nohaq tuhmatlarga bo'lmasdan iqror,
Loyqa suvlaridan sizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Xayolida ne o'y, ne tilak edi,
Bir zotki olovqalb, sheryurak edi,
Ma'rifat darg'asi, zo'r tirgak edi,
Anglasak hammadan eng kerak edi,
Dilga haq rasmini chizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ketdilar qalblarga o'tlarni qalab,
Bu kungi baxtimiz Xudodan tilab,
Biz uchun o'zlari ketdilar nurab,
Qoldirmoqqa xalqqa nurafshon maktab
Savodsizlik tomirin ezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ishingiz jasorat, ulug'vor kuchdir,
To tirik ekanman dil she'rga o'chdir,
She'riyat, sen menga dunyoni quchdir,
Siz sabab yelkamda sharafli burchdir,
Go'zal dur donalar tizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Qatli om sababin kimlardan so'ray,
Sizga "loyiq" hukmni ne ko'z-la ko'ray,
Boshlarimni qaysi devorga uray,
Yotgan tuprog'ingiz ko'zimga suray,
Bilsam o'ziga go'r qazib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
✍ SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira