#Yosh_rassomlar
#Tanlov
🎨 Ogahiy nomidagi ijod maktabi Tasviriy san'at fani o'qituvchisi Avezova Muqaddas tashabbusi bilan "TASVIRIY SAN'AT SO'ZSIZ SHE'R!!!" mavzusida tanlov o'tkazildi.
🔰 Maktabimizning barcha sinflaridan o'quvchilarimiz o'zlari chizgan rasmlar bilan o'z qobiliyatlarini namoyon qildilar.
🎈 G'oliblar maktab pedagoglari tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlanmoqda.
🌐Bizni kuzatishda davom eting
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#Dillarda_vatan_madhi
#Viloyat_bosqichi
🗓 20-aprel kuni Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Dillarda Vatan madhi" nomli tanlovning Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
🔰 Unda tanlovning Xiva shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi, yosh shoira Hilola Jumanazarova She'riyat" yo'nalishi bo'yicha o'zining dilbar ijod namunalari bilan munosib ishtirok etib, hakamlar va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi.
♻️ Hilolaxon qizimizga o'qish va Ijodida ulkan muvaffaqiyatlar hamda parvozlar tilaymiz.
🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram

#Bizning_ijod
#Yangi
ONA BO'LUR BITTA, ONA VATAN BIR!
Nechun ardoqlamay nomingni Vatan,
Nechun koʻzga surtmay tuproqlaring men?!
Umrimning eng soʻnggi nafasi qadar
Jon baxshida etgan onimdirsan sen.
Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir...
Har dam oq yuvib, oq taragan meni
Ikki obi-chashming - Amu bilan Sir!
Adabiyot atomdir, shunday kuchki lek,
Atomni titratdi adiblaring ham.
Bir bora visoling koʻrmoqni istab,
Boburing koʻzi nam, Nosir koʻzi nam.
Moziysiz kelajak boʻlmagay aslo,
Axir ildiz otmay yuksalmoq bekor.
Asrlar qaʼridan ortga boqsam gar,
Qadding kabi buyuk tarixing-da bor.
Man, deganning zoʻrlarini koʻrdi jahon,
Bir oʻyida ular bari mard yetgandir.
Tuprogʻingda kamol topgan jahongirlar,
Bu dunyoning qoq yarmini zabt etgandir.
Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir!
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchisi

#Xushxabar
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
⚡️Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Urganch davlat universitetlari mas'ullari oʻrtasida o'zaro muloqotlar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotlarda hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi.
Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.
Shu munosabat bilan, ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" hamda "Roman-German filologiyasi" kafedralarining filiallari tashkil etildi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

#Tashrif
🔰 Joriy yilning 19-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.Usmonova boshchiligidagi Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. O'tkazilgan o'zaro muloqotlarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
♻️ Shundan so'ng maktabimiz o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, unda TDSHU hamda undagi Koreyashunoslik fakulteti haqida batafsil taqdimot qilindi. Boshqa sharq tillari, xususan, yapon, xitoy, turk tillari fakultetlari haqida ham qo‘shimcha ma'lumotlar berildi.
🔶 Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi, delegatsiya a'zolari tomonidan Ogahiy ijod maktabiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Direktor S.Abdullayev delegatsiya a'zolariga tashrif uchun minnatdorchiligini bildirdi va maktab ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirdi.