Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Noyabr oyining 25-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar zali"da "Bir haftada bir kitob" loyihasining navbatdagi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

📖 Bellashuvda 8-9-sinf o‘quvchilari "Alpomish" va "Ravshan" dostoni doirasida savol-javob asosida ishtirok etishdi.

📚 "Alpomish" dostoni bo‘yicha 9-A va 9-B sinf o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
"Ravshan" dostoni bo‘yicha 8-A va 8-B sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi.

🔻"Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asarlari – "Kuntug‘mish" va "Rustamxon" dostonlari etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Fevral oyining 10-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi bellashuv shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 560 yilligiga bag'ishlandi.

📖 Bellashuvda 9-"A"sinfining "Ziyo" jamoasi va 9-"B" sinfining "Boburiylar" jamoalari o'rtasida P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani bo‘yicha 5 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Tanishtiruv", "Asar sharhi", "Asar qahramonlari", "Tezkor savol-javob","Erkin shart" bo‘yicha bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsda 9-"B" sinfing "Boburiylar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🔻"Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asarlari – "Alpomish" va "Rustamxon" dostonlari etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Sentabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "
Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

📖 Bellashuvda 7-8 sinf jamoalari o'rtasida O‘.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo‘yicha 4 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Tanishtiruv", "Asardan olgan taassurotlarim", "Iste'dodingni namoyon qil", "Tezkor savol-javob" shartlari bo‘yicha bellashdilar.

➡️ Murosasiz kechgan bellashuv hammaga birdek manzur bo‘ldi.

🔻"
Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asari – "Alpomish" dostoni etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasi 7-8-9 sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

2-SHART

ASAR QAHRAMONLARI
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

3-SHART
TEZKOR SAVOL-JAVOB
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Oktabr oyining 13-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "
Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova boshqarib bordi.

📖 Bellashuvda 7-8-9 sinf o‘quvchilari jamoalari
"Alpomish" dostoni ,"Xalq og‘zaki ijodi" durdonalari , Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asari bo‘yicha 3 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Asar sharhi", "Asar qahramonlari", "Tezkor savol-javob" bo‘yicha bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsda jamoalar o‘z bilimlarini namoyon qila oldilar. Bellashuv yakunida maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev kitobxon o‘quvchilarga omad tilab, keyingi bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda barchaga omad tiladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

📍Yanvar oyining 24-sanasida Ogahiy ijod maktabining  tarbiyachi-pedagoglari tomonidan "Bir haftada bir kitob" loyihasi o'tkazildi.

📖 Bu hafta uchun taniqli adibimiz Shuhratning "Oltin zanglamas" va Sa'dulla Quronovning "Galaktikada 1 kun" asarlar tahlil qilindi.


➡️ O‘quvchilar shu asarlar doirasida o'z fikrlarini do'stlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.
Loyihaning bu galgi soni 7-8-9-sinflar hamda 10-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

📚7-"B" sinf D.Defoning "Robinzon Kruzo", 7-"A" sinf H.Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" asarlari, 8-"A" sinf A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon", 8-"B" sinf "Ravshan" xalq dostonidan, 9-"A" sinf Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" , 9-"B" sinf T.Malikning "Alvido, bolalik", 10--"A" sinf S.Ahmadning "Qorakoʻz Majnun" asarlaridan quyidagi shartlar bo‘yicha:
1. "Asar haqida taqdimot"
2. "Men sevgan ideal qahramon"
3. "Tezkor savol-javob"
o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar hay'atining natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – 7-"B" hamda 8-"B sinf (10 ball har ikkala sinf);
2-o‘rin – 10-"A" sinf (8 ball);
3-o‘rin – 9-"A" hamda 9-"B" sinf (7 ball) egalladilar.


Tadbir yakunida maktab direktori S.Abdullayev o'quvchilar ishtirokini yuqori baholadi va g'olib sinf o'quvchilariga esdalik sovg'alari, shuningdek, yosh shoir Jontemir ijodiga bag'ishlangan tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchilarga shoirning o'z dastxatini yozib yuborgan kitoblari tantanali topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.

Jarayondan fotolavhalar 👆

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram