Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori A. Ubbiyev va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. Saidov tomonidan 2024-yil 22-yanvar sanasida tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra

📆 Joriy yilning 8-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shoira Qalandarova tomonidan "She'riy asarda shaklning o'ziga xosligi" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

➡️ O‘quvchilarga mahorat darsi davomida she'rdagi shakl va mazmun masalasi, so'z qadri, badiiy so‘z qo‘llash mahorati bo‘yicha misollar asosida tushunchalar berildi. O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari mavzu doirasida tahlil qilindi.

❇️ Shu bilan birgalikda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Toʻgarak_jarayoni

🔸Joriy yilning 8-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʻtkazish maqsadida tarbiyachi-pedagog Ch.Zaripova tomonidan "Mato" toʻgaragi oʻtkazildi.

➡️ Amaliy toʻgarak jarayonida "Qoʻgʻirchoq teatr sahnasi" yasashni oʻrgandilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Alisher_Navoiy_583

📆 9-fevral –Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!


MEHR KO‘P KO‘RGUZDUM, AMMO...


Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
                                    ✍️ A. Navoiy


➡️ Ushbu g‘azal Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari tomonidan o‘qilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Alisher_Navoiy
#Zahiriddin_Bobur

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar oʻquvchilari oʻrtasida buyuk shoir, atoqli davlat va jamoat arboblari  Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yiligi munosabati bilan "Tarix qaʼridagi ikki yulduz" mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilingandi.

🔰Joriy yilning 8-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida ushbu tanlovning  1-(maktab) bosqichi oʻtkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

4-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI IJROCHI

🎬 Ibadullayeva Gulsanam,
Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab 9-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

Eng yaxshi bag‘ishlov she'r
5-ISHTIROKCHI



Niyatim ustozga izdosh boʻlmoqlik

Qirq sakkizinchi yil sahar chogʻida,
Tugʻildi chaqaloq oy ardogʻida.
Koʻrkam kamol topdi umid bogʻida,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Xorazm elining buyuk farzandi,
Adabiy muhitning soʻnmas dilbandi.
Yoʻq edi yuragin zarracha gardi,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

İlohdan berildi qoʻliga qalam,
Kashf etdi ijodda yangi bir olam.
«Darsdan soʻng» asari koʻzdagi jolam,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Bitta asar uchun qoʻyildi haykal,
Nega? Nega axir, "yetti daftar kam".
Hayot bunchalar ham shafqatsiz hakam,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Har bitta satrida pinhon ming maʼno,
Har bitta asari noyob, durdona.
Hassos shoir edi, hamda farzona,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Ayting Xorazmni qazmoq ne darkor,
"Daryolar, dunyolar" sathida bisyor.
Bonu ham bitmoqda ularga ashʼor,
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Bobojon ruhingiz ruhimga koʻchgan,
Sizning kaftingizdan yurak suv ichgan.
Hislarim dod solib qabringiz quchgan.
Shoir ham tarjimon Matnazar bobom.

Odamboyeva Xurshidabonu,
Urganch tuman 23-sonli maktab 10-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

5-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI IJROCHI

🎬 Baxtiyarova Dilnura, Urganch tumani 14-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi