#Qisqa_hikoyalar
Ernest Xeminguey bilan har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan...» («For sale: baby shoes, never used»).
* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O'Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»
* * *
Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi...»
***
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».
***
Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)
Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi.
Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi...
Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish tuyalardi.
"Xudoyim, senga shukrlar bo‘lsin, — o‘yladi u, — hayot qanday go‘zal-a!"
***
Alan Y. Mayer. Omadsizlik (hikoya)
Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
— Mister Fudjima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirasimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazo‘r so‘radim:
— Qaerdaman?
— Nagasakida, — javob berdi u.
***
Jeyn Orvis. Oyna (hikoya)
Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti — parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa — o‘sha.
Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi... U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti — yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.
***
Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#qisqa
#tõrtliklarim
****
"Ko'ngil kezdi devonavor",
Oh o'rniga, dod sayladi.
Kuzga oshiq edi bahor,
Lekin uni yoz tanladi.
****
Kuzman desam bahorim qani?
Gullamasdan beraymi meva?
Ko'nglinggizni o'rganolmadim,
Tushunmadim, bu qanday sheva?
****
Yakkalikmi taqdiri, bilmam,
Darbadarlik yozilgan yohud.
Jufti bilan qoldi kenglikda,
Yolg'izlik va u...
****
Chiqdi–maydon,
Ko'rdi–olomon.
Baqiradi–da'vat, hurlik, shon:
"Ilm–sarson, ma'rifat–sarson!"
****
Shunchalar noaniq, shunchalar o'tli,
Sevgi mavhumlikka ko'milganmikin?
Tumanli yo'l aro, o'tli yo'l aro,
Sof ishqing oldida bosh eg, Onegin.
✍Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi
@sh_jahongir

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishi
#Qisqa_metrajli_film
📹 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchilari tomonidan "San'at" fanidan tayyorlangan loyiha ishi
👨🦰👩🦰 "Ota-onani tanlash huquqi" tarbiyaviy ahamiyatga ega rolik.
📝Ssenariy muallifi:
➖ Nurmamatova Oygul
👭Rollarda:
➖ Ro‘zmamatova Dinora
➖ Bekturdiyeva Charos
➖ Nurullayeva Laylo
➖ Erniyazov Javohir
➖ Sa'dullayeva Sevinchoy
➖ Pirjanov Jo‘shqin
➖ Nazarov Farhod