Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Yoshlar ovozi
#tezkor

⚡️Abituryentlar uchun test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

📌Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

▪️Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
▪️Matematika x 10 ta;
▪️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

📌Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

▪️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
▪️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy
2024/2025-o‘quv yili qabulida 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilib, maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (R)
#xushxabar


Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilida "A beggar" ("Tilanchi") hikoyasi Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.


https://sindhcourier.com/a-beggar-a-short-story-from-uzbekistan/

@Jumanazar_Yuldash
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_BIZDA_YANGILIK
#TARIX_ARENASI_LOYIHASI

🔊E’LON

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI

🕰Ushbu intellektual o‘yin 2 bosqichda: saralash va final bosqichlaridan iborat bo'lib, har bir bosqichda 3 ta shart asosida ishtirokchilar bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Har bir sinf kesimida 4 nafar ishtirokchi qatnashib, 2 ta ishtirokchi finalga yo‘l oladi.

💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

📌"TARIX ARENASI" intellektual o‘yinining 1-soni 2024-yil 1-fevral kuni maktabimiz 8-"A" sinf xonasida bo'lib o'tadi va tasvirga yozib olinadi.

👇"TARIX ARENASI" intellektual o‘yinining shartlari bilan quyidagi faylda to‘liq tanishib olishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Toʻgarak_faoliyati
#Jarayon

📆 Joriy yilning 30-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida faoliyat ko'rsatayotgan "Drama" to‘garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Jarayonda to'garak rahbari Atoboyev Elyor tomonidan "Jaloliddin Manguberdi" nomli tarixiy asari sahnalashtirilmoqda.


➡️ O‘quvchilar tomonidan yaqin orada ushbu tarixiy asar namoyish etiladi.

📸 Jarayondan lavhalar.



👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar


Yosh yozuvchi, Ogahiy nomidagi Ijod maktabi "Navnihol" ijodiy to'garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning "Qirdagi qizg‘aldoqlar" hikoyasi "Ezgulik" elektron respublika adabiy-badiiy gazetasida e'lon qilindi.

@Jumanazar_Yuldash

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tanlov

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 7⃣6⃣ yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi 2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish reja va maqsadimizdir.

📩 Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni
+998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 1-fevraldan 15-fevral sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

🔘 Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

‼️ Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram