BAXT HAQIDA BALLADA
Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq.
Oʻrdada nogahon kelgan roʻbaroʻ.
Qish kuni. Paltoga olgan oʻranib,
Besas bir hayratda qotganman: – Voy-boʻ!..
Yoʻlkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.
Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida gʻirchillar edi,
Tanini ezsa ham oʻtkir poshnasi.
Yuzi tegrasida roʻmoli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol boʻlgan edi manʼ –
Uni koʻrib bu ish boshlangan edi.
Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq.
Hatto koʻzlarimiz uchrashgan bir zum.
Oʻrtada boʻlmagan salomu alik,
Faqat lablariga qoʻngan tabassum.
Shu tarz oʻtib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
Oʻgrilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
Shundan buyon menga bu dunyo bir pul!
Nomard gʻalvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech sheʼr bilan mashgʻul –
Baxtni uchratganman! Nima gʻamim bor!
Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – gʻiybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –
Baxtga duch kelganim barcha biladi.
Mardligim bilishar (doʻstu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt boʻlishini istamaganman.
@ Usmon Azim
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram|

***
Otalar boladan ranjisa ozroq,
Gohida shundayin soʻzni deydilar:
“Bolam, keksalarni qadrla koʻproq,
Bogʻlab qoʻygan emas bizni”, deydilar.
Keksa dilingizga tushmasin titroq,
Otalar, chayqalib turibdi olam.
Siz ham bolalarni qadrlang koʻproq,
Bogʻlab qoʻygan emas bolalarni ham.
@ Abdulla ORIPOV
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram|
Otalar boladan ranjisa ozroq,
Gohida shundayin soʻzni deydilar:
“Bolam, keksalarni qadrla koʻproq,
Bogʻlab qoʻygan emas bizni”, deydilar.
Keksa dilingizga tushmasin titroq,
Otalar, chayqalib turibdi olam.
Siz ham bolalarni qadrlang koʻproq,
Bogʻlab qoʻygan emas bolalarni ham.
@ Abdulla ORIPOV
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram|
VATAN
Ming bor oʻldik, ming bor tirildik,
Rahm etmadi vaqt ohimizga.
Takror – takror koʻmilaverdik,
Oʻzimizning tuprogʻimizga.
Vatan saqlar jimligimizdir,
Vatan aytadigan soʻzimiz.
Baxt – vatandir, kulfat – vatandir,
Demak, Vatan – bizning oʻzimiz.
Hayqirganim qoʻshiq – vatanim,
Dilga armon kuyim vatandir.
Ochqab kelsam, qaznoqdagi non,
Oʻlan toʻshak uyim vatandir.
Koʻzlaringning qorasi – vatan,
Qoshlaringning orasi – vatan.
Mushkullarim boʻlmay qolsa hal,
Chorasizlik chorasi vatan.
Koʻzlarimga qalqqan qatra yosh,
Tortayotgan nolam vatanim.
Yot ellarda qolganim bolam,
Oʻn sakkiz ming olam vatanim.
Vatanimsan, sevgilim, jonim,
Yuragimdir yuraging – toshing.
Hayoting har kuni vatanim,
Va ayniqsa, oʻn sakkiz yoshing.
Joʻn bir gʻubor, oddiy tuprogʻim,
Har zarra, har maʼdanim vatan.
Kerak emas oʻzga vatanlar,
Chunki mening vatanim vatan.
Labimdagi kulgu shundandir,
Shundan koʻzlarimga yosh qalqqan.
Lahza tinmas, uravergay charx
Bu muborak ilohiy xalqa.
@ Matnazar ABDULHAKIM
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
Ming bor oʻldik, ming bor tirildik,
Rahm etmadi vaqt ohimizga.
Takror – takror koʻmilaverdik,
Oʻzimizning tuprogʻimizga.
Vatan saqlar jimligimizdir,
Vatan aytadigan soʻzimiz.
Baxt – vatandir, kulfat – vatandir,
Demak, Vatan – bizning oʻzimiz.
Hayqirganim qoʻshiq – vatanim,
Dilga armon kuyim vatandir.
Ochqab kelsam, qaznoqdagi non,
Oʻlan toʻshak uyim vatandir.
Koʻzlaringning qorasi – vatan,
Qoshlaringning orasi – vatan.
Mushkullarim boʻlmay qolsa hal,
Chorasizlik chorasi vatan.
Koʻzlarimga qalqqan qatra yosh,
Tortayotgan nolam vatanim.
Yot ellarda qolganim bolam,
Oʻn sakkiz ming olam vatanim.
Vatanimsan, sevgilim, jonim,
Yuragimdir yuraging – toshing.
Hayoting har kuni vatanim,
Va ayniqsa, oʻn sakkiz yoshing.
Joʻn bir gʻubor, oddiy tuprogʻim,
Har zarra, har maʼdanim vatan.
Kerak emas oʻzga vatanlar,
Chunki mening vatanim vatan.
Labimdagi kulgu shundandir,
Shundan koʻzlarimga yosh qalqqan.
Lahza tinmas, uravergay charx
Bu muborak ilohiy xalqa.
@ Matnazar ABDULHAKIM
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
#xushxabar
Yosh yozuvchi, Ogahiy nomidagi Ijod maktabi "Navnihol" to'garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning vyetnam tilida "Truyen Ngan" ("Uy") hikoyasi vyetnam adabiy saytida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
https://www.nhavanvacuocsong.net/truyen-ngan-jumanazar-yuldash-uzbekistan/

Tạp chí Nhà Văn & Cuộc sống - Hội Nhà văn Việt nam
Truyện ngắn Jumanazar Yuldash (Uzbekistan) - Tạp chí Nhà Văn & Cuộc sống - Hội Nhà văn Việt nam
Vài nét về tác giả: Jumanazar Yuldash sinh năm 1997 tại Khiva, Kharezm, Uzbekistan. Anh tốt nghiệp khoa Văn học và Ngôn ngữ Uzbek của Đại học Quốc gia Urgench. Các tác phẩm của anh được đăng trên các trang báo quốc gia. Anh đã tham gia hội thảo Zaamin (2018).…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
#Ijtimoiy_rolik
⚡️Xalq xizmatchisi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Xalq xizmatchisi" nomli ijtimoiy rolikni taqdim etadi.
Rolikda og‘ir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, og‘riqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.
Bugun davlat xizmatida qahramonimizga o‘xshagan kadrlar juda ko‘p. Har biringizni qadrlaymiz.Toki bugun davlat xizmatchisi bo‘lish qanchalik sharafli yo‘l ekanligini anglagan ekansiz, O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil boradi.
Yoshlarimizga, davlat xizmatchilarimiz va keng jamoatchilikka tomosha qilish tavsiya etiladi.
🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram

✈️ Sun’iy intellekt imtihon oladi
25-yanvar kuni Ibrat Academy marafoni uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi. Talabgorlar 31-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Imtihon 2 bosqichda:
1. “Ibrat Academy” ilovasi orqali til ko‘nikmalari 15 kun mobaynida AI (sun’iy intellekt) tomonidan inson omili aralashuvisiz onlayn tekshirib boriladi.
2. AI saralagan 100 nafar ishtirokchi maxsus oflayn mock IELTS imtihonidan o‘tadi.
2-bosqichda yuqori natija ko‘rsatgan 7 nafar ishtirokchi Londonga 7 kunlik ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Mock IELTSdan 7 va undan yuqori ball olganlar 1 mln so‘m miqdorida mukofot olishadi.
🏆 Hoziroq ilovani yuklab olib, g‘olib bo‘lishga ilk qadamni tashlang!
➡️ Havola — iOS
➡️ Havola — Android
Ushbu havola orqali marafon haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.

Reklama
#Xushxabar
#Xalqaro_gazeta
🇹🇷 Turkiyaning "Fethiya" gazetasi tomonidan iste'dodli va iqtidorli ijodkorlar alohida e'tiborga olinib, ularning ijodiy ishlari ushbu sonda chop etildi.
🏢 Ular ichida Ogahiy nomidagi ijod maktabining ustoz va o‘quvchilari ham o‘rin olgan.
📄 maktabning "Navnihol" to‘garak rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning "Xizmatkor" hikoyasi;
📄 maktabning 9-"A" sinf o‘quvchisi Karimova Sarvaraning "Quyosh, so‘nma iltimos" nomli she'ri;
📄 maktabning 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygulning "Yomg‘ir ostidagi vals" hikoyasi chop qilindi.
👏 Iste'dodli ustoz va o‘quvchilarimizga ijodiy barkamollik tilaymiz.
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram

#Audio_asarlar_yaratish
#Toʻgarak_jarayoni
📆 Yanvar oyining 29-sanasida Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.
🔸«Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi faoliyat yuritmoqda. To‘garak rahbari Quriyozov Murodbek "Audio kitob yaratish" mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarga tushunchalar berib o‘tdi.
🔻To‘garak a'zolari o‘rgangan bilimlari asosida amaliy jarayonlarni olib bordilar.