Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Yangi_loyiha
#Motivatsion_uchrashuv
🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi-pedagog Maqsuda Bobojonova tomonidan yangi loyiha - "MOTIVATSION UCHRASHUV" yo'lga qo'yildi.
💫 Loyihaning asosiy maqsadi - ijod maktabimizda tahsil olib kelayotgan, yuqori natijalarni ko'rsatayotgan peshqadam o'quvchi bilan maktabdagi quyi sinf o'quvchilarini uchrashtirish, muvaffaqiyatlari sirlari bilan o'rtoqlashish, ruhlantirish, o'ziga ishonchni oshirishdan iborat.
🎈Motivatsion uchrashuv loyihasining ilk mehmoni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi, IELTS dan 8 daraja sohibasi, AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi g'olibasi sifatida 2024-2025- o'quv yilida AQSHdagi maktablardan birida o'qib keladigan Nurhayot Yangiboyeva bo'ldi va uning 7-"A" sinf o'quvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
✅ Uchrashuvni foydadan holi bo'lmaydi degan o'y bilan sizga ham ilindik.
🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram

#Bizning_ijod
#Yangi
Daraxtga bitilgan satrlar
Qora parda tagiga cho‘kkan osmon uzra zulmat o‘z tahdidini solib kelayotgan bir paytda, uning qo‘ynida paydo bo‘layotgan yaltiroqchalar va qizlarning go‘zalligi manbai bo‘lgan oy mag‘rur turib zulmatning kuchini kesardi. Bir maromda esayotgan shamol xuddi arilardek gullarning ichidagi dardlari bo‘lmish - gulchanglarni o‘g‘irlab ketardi. Bahor oqshomlarining yoqimli bir kechalarida Oygul chang ko‘chalari bo‘ylab, qishlog‘ining nekbin nafaslaridan bahra olib, qayergadir yo‘l oldi. U qisqa-qisqa qadamlari ila “Olqov” tepaligi tomon yo‘naldi. Uning qo‘lidagi mayda qilib to‘qilgan savatchaning yopqichi tebranib turardi. Go‘yo unda nimadir bordek. Qiz esa labida shirin tabassumi bilan tepalikka intildi. Va nihoyat o‘sha joyga yetdi. U yerda nafaqat shamol qattiq esib sochlarini silar, osmonda suzib yurgan pag‘a bulutlar ham unga sirli nigohlari bilan nazar solardi. Yon-atrofga o‘tkir nigohlari ila qararkan savatidan o‘zi malla, bo‘yni oppoq, yunglari juda mayin, ko‘zlari ko‘k mushukchani olib chiqdi va uni avaylabgini maysalar ustiga to‘shalgan uzun etagi ustiga qo‘ydi. So‘ng kalta, lekin nozik barmoqchalari bilan uning boshini, keyin esa oq bo‘ynini silab qo‘ydi. Go‘yo mushuk bu erkalashdan uyalgandek kuylak ostiga yashirindi. Shu ondan qiz o‘zining sirdoshi bo‘lgan tabiatga gapira boshladi. Uning ovozi tabiatning har tarafidan taralayotgan yoqimli tovushlarga hamohang bir sas edi. Bu hol chalinayotgan skripkadan taralayotgan kuyga nay honishi qo‘shilib butun orkestrni yaratganga o‘xshardi.
- Ey mallavoyim, bunchayam yoqimtoy bo‘lmasang-a? Menimcha sening qalbing go‘zal. Siyrating suratingda namoyon, -dedi u bu gaplarida qandaydir jumboqni yashirib. Ayniqsa, uning mallavoyga tashlagan nigohlari qaridan bir sir “Meni top” deb turardi. U gapida davom qildi:
- Eng muhimi xuddi shishaga o‘xshab charaqlab turgan sog‘lom ko‘zlaring bor. U sofdil odamlar qalbidek toza bo‘lib ko‘rinadi menga. Qalb va ko‘z, qalb va ko‘z…
Ha axir aytishadiku “Ko‘p narsalar ko‘zlardan anglashiladi” deb. Ammo ba’zi bir ma’nosiz ko‘zlar borki, ulardan ranjib qolasan.
Shu payt osmonoyning tillaqoshi bo‘lib turgan oyga ko‘rsatkich barmog‘ini begiz qilib ko‘rsatarkan:
- Ana u mohni ko‘ryapsanmi?, -deya mallavoyga yuzlandi. Mushukcha ham buni tushungandek panjasini oy tomon cho‘zdi.
- Sen baxtlisan, sababi ko‘k yuzida birgina oyni ko‘ryapsan. Men-chi, men bu ojiz ko‘zlarim bilan uchtasini ko‘ryapman. Bulardan ikkalasi sohta, biroq buni farqlash mushkul. Sen bo‘lsang sohtalarini ko‘rmaysan. Eh mening mushtipar ko‘zlarim.
Keyin oraga sukunat cho‘kdi, Birozdan so‘ng son-mingta yaltiroqchalarga qaradi:
- Osmonda yulduzlar ko‘p, yerda esa odamlar qizig‘-a ulardan qay biri bizga yaqinroq…
Shu payt mushukcha jahli chiqqanday “Miyov” deb qo‘ydi.
- Ha, ha mushuklar ham ko‘p, insonlardan-da yaxshi mushuklar. Bu tepalikning nomi “Olqov” ekan. "Olqishlamoq" ma’nosini bildiradi. Bu mening tepaligim ekan, chunki uni etaklarida yurgan paytlarim hikoyalarim va she’rlarimni juda yaxshi ko‘rardim, hech kim tinglamasa ham. Ukalarim yirtib qo‘ymasin deb yostig‘im tagida olib yotardim. Hozir-chi, hozir tobora ko‘p olqov olaman, biroq asarlarimni hech kim tushunmaydi. Ularga o‘xshagan sohtalardan qo‘rqaman… Mana hatto tepalik ham ko‘zimga uchta bo‘lib ko‘rinmoqda endi. Yana ikkiyuzlamachiliklar…
Bu gaplarni jon qulog‘i bilan tinglayotgan mallavoy savat ichidan nimadir olib tushdi. Uni tishlarida ushlab Oygulga olib kelib berdi.
- Ha, bumi? -dedi qiz ko‘zoynagini ko‘rarkan, -bu ham sohta! Nahot endi hayotga shu bilan boqsam?.. Yo‘q! Undan ko‘ra borini-boricha ko‘rganim yaxshi. U o‘zini maysalar ustiga tashladi. Tim qora sochlari oy shul’asida yaltillab turgani mushukning ko‘zida aks etardi. Shu payt e’tiborini daraxtga o‘yib yozilgan bir gap tortdi. Unda shunday ikki satr bor edi:
“Sohtalar yomg‘irdir, samimiylar shudring,
Yaratganni uzoq emas, qalbingizdan qidiring”
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabi 8 - "B" sinf o'quvchisi

****
Menga mehr bermang, ota,
Menga bardam iymon kerak.
"Hamma ketsin hayotimdan" deganimda
Urmang, ota,
So'kmang,ota.
Baxt so'ramang o'g'lingizdan,
Bu dunyoga bilmay keldim.
"Kel! Oz qoldi! Ergash!"demang.
Gumon bilan...
Shayton bilan borolmayman izingizdan.
Muhabbat bu- buyuk ne'mat,
Yashashlikka imkon demang!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
Sal ko'piroq gapirvordim,
Biroz dakki bering, ota...
Axir bu ish mushkul emas,
Ming yil shunday yashadik-ku!
Ota, sizning dakkingizdan,
Mushuk vovlar, qilar "ku-ku".
Yo'o'q! Aldamang! Qochmang! To'xtang!
Sarobmidi bu-baxt yoki?!
Osmondaki saraton ham
Javob berar,
Borman toki!
Qabohat yo hasrat bilan,
"Ona xalq!" deb yotganingda,
Shunda ham baxt edi qayg'u,
Minglab dardli jadidingni otganingda,
Hamma saqov, karaxt edi.
Deding: "Voooy vo'o'..."
"Bas qil!" Dema, endi seni
Jon bersang ham sevolmayman!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
✍Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi
@sh_jahongir
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

*
"Tamom",-dedi. Yo'q boshqa najot,
Bunga guvoh qo'g'irchoqlaring.
Senga uni eslatar izhor,
Va javobsiz qo'ng'iroqlaring.
Tong otadi. Qani telefon?!
Go'yo kelgan xayrli xabar.
Ikki jumla sen uchun aziz,
Yulduz qadar, koinot qadar.
Kun boshlandi, sodda va oddiy,
Yolg'iz dalda-bunda hikmat bor.
Uy ichida, bag'rimda muzlik,
Ko'chada-chi, biz kutgan bahor.
Yo'o'q, ketmaydi bunday iztirob,
Nahot, bizga baxt qurg'ur qahat.
Tushimdagi sirli maktubga,
"Alvido",-deb yozoldim faqat.

#Xushxabar
#Yangi_toʻplam
📚 O'QUVCHIMIZ SHE'RLARI "MA'NAVIYAT, MA'RIFAT, IJOD... " KITOBIDA CHOP ETILDI
📚 Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan "Mahmud az-Zamaxshariy" nashriyoti tomonidan" "Ma'naviyat, ma'rifat, ijod..." nomli yangi jamoa to‘plami nashr qilindi.
📄 Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli ijodkor o'quvchilarimizdan, 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Niginaning ham turkum she'rlari o‘rin olgan.
👏 O‘quvchimizni, ustozlarini va ota-onasini yangi to‘plam bilan qutlab, Niginaga yanada ulkan ijodiy zafarlar tilaymiz.