Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Rassomchilik


🌠: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nasr

UMID

Zuhra Mahbubani ozgina bo'lsa ham chalgʻitish uchun "bu yerlarni tozalash, obod qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi" degan edi. "Agarda men yura olganimda edi" qilardim deb battar xoʻrsindi...

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/UMID-01-14

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Bizning_ijod

Ona va alla

Dunyo yaralibdiki, inson bolasi doimo kuy-qo‘shiqqa tashna, chunki qo‘shiq ona allasidan yuraklarga ko‘chadi.
Farzand dunyoga kelishi bilanoq, avvalo, onasini ko‘radi va onasining jozibador allasini eshitadi. Alla ohanglari onaning butun vujudidan chiqib, farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri orqali uning murg‘ak olamiga kirib boradi.
Ona. Men onani “oftob” deb atadim. Yo‘q, bu aslo noto‘g‘ri emas. Chunki ona oftob misoli farzandlarining umr yo‘llariga nur taratadi, tuganmas muhabbati ila g‘ala-g‘ovurga to‘la olamda baxt ulashadi.
Onani bejizga tunlari osmon fonusi, qorong‘i kechalar shamchirog‘i yanglig‘ oymomoga qiyoslamadim. Negaki, ona dilbandlarining sinov-u mashaqqatlarga yuzma-yuz kelgan paytida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatguvchisidir. Farzandini mehr belanchagiga solib, to tonggacha allalovchi xilqatdir.
Alla – sehrli kuy. Alla onaning orzu-havaslariga to‘la qalbidan sizib chiqayotgan, daryoday jo‘shqin kuydir. Bilmadim, lekin bu ona allasida tonggi sabo sofligi, marvarid kabi shudringlar og‘ushidagi g‘uncha go‘zalligi, dengizning ohista mavjlanishi, tabiat tumori bo‘lmish quyoshning haroratli nurlari va osmonlarcha mehr-muhabbat bor. Ona farzandini ana shunday sehrli allalar, poyonsiz orzular bilan ulg‘aytiradi. Onaning qalbida farzandining kamoli, uning kelajagiga ishonch tuyg‘usi jo‘sh uradi. Farzandining barkamol inson, vatanga sodiq farzand, insoniyatning buyuk davomchisi bo‘lishini istaydi.
Har bir farzand onasining bedor o‘tkazgan tunlari, aytgan allalari uchun bu insonning duosini olishi, rozi qilishi darkor. Chunki ona hammadan ulug‘ va mo‘tabar zot.

Abdusharipova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf oʻquvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_oyligi

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchilariga Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari T.Kadamov tomonidan "Bizning mudofaamiz" mavzusida mashg'ulot tashkil qilindi.

🔸O'quvchilar ko‘rgazma orqali chegara qo‘shinlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldilar. Bu esa harbiylarimiz - yurt posbonlariga nisbatan hurmat-ehtiromni yanada oshirdi.


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr

Ilinj
(hikoya)


Qahraton qish. Havo ancha sovuq, keng dalalarga tushgan oppoq qirovlar bugun Faridaning boshiga tushganday bo'ladi. Mashina ichida dalalarni kuzatib kelar ekan har zamonda dadasi Ahmad akaga ko'z tashlab qo'yardi. Kasalxonadan uyiga yetay deb ham qoldiki, lekin Ahmad aka qiziga biron bir soʻz demadi. Farida dadasiga gapirmasa-da, uning tushkun va gʻamgin  holatini sezib yurardi. Shu tarzda Faridaga yo'l uzoq tuyuldimi yo yaqinmi sezmay qoldi. Ahmad aka Faridani mashinadan ko'tarib uyga olib kirdi. Yarim tun, Farida birdan uygʻonib ketdi. Sezdiki, narigi xonadan onasining yig'lagan ovoziga uygʻonibdi. "Qizim endi o'ladimi, men bunga qanday chidayman?  Qizim gulday hayoti endi qanday kechadi" degan gaplarni eshitdi. Endigina 18 yoshni qarshilagan Faridaga bu  gaplar hayotini batamom to'xtatib qo'yganday tuyildi. Endi u uchun boshlangan umidsiz kunlar o'taverardi. Bora-bora uning qoʻllari ham ishlamay qoldi. Toʻshakga mixlanib qolgan Farida ana bir yildirki, ko'chaga ham chiqmaydi, hech kim bilan gaplashmaydi. Faqatgina oxirgi paytlarda, hovlisi orqasida urushda qatnashib kelganlar bir bo'lib tinchligimiz nishonasi deb barpo qilishgan kattagina bogʻga chiqib xazon barglarni o'zining hayotiga o'xshatardi. Bog'ni yaratgan insonlarning koʻpchiligi mayib-majruh bo'lishiga qaramay, hech biri mehnat qilishdan toʻxtashmaydi.
Shu tariqa kunlar o'tar, har bir kun Farida uchun zulmat edi. Derazadan o'qishga ketayotgan dugonalarini kuzatib shunaqangi qayg'uga botdiki, hatto  yashagisi ham kelmay qoldi. Nima qilarini bilmay yana bogʻ tomon ketdi. Bahor kirib kelishi bilan yam-yashil daraxtlar, shunaqangi chiroyli gullagan ediki, Farida bu manzarani ko'rib kechasi negadir toʻyib-toʻyib  yig'ladi. Keyin sekin yonidagi kundaligini oldida boshidan kechirganlarini, bog'ni tasvirlab yozdi. Endi Farida hech narsani oʻylamay, faqatgina rangsiz o'tgan kunlarini qogʻozga tushirardi. Uning bu yozganlaridan shunday chiroyli bir asar yaraldiki, go'yo bu dunyoni tark etayotgan insonning  yashash qanchalik go'zal ekanligini tasvirlagandek.
Bir kuni uning uyiga Farida o'qiydigan institutdagi talabalar va dugonalari kelishdi. Ular Faridaning bunday ahvolga tushib qolganiga achinishib, uning necha haftadan beri tozalanmay, chang bosib ketgan xonasini yig'ishtirishga yordam berganday bo`lishib, ketishdi. Oradan bir oycha vaqt o'tib uning  uyini jurnalistlar bosib ketdi va Faridani so'zga tuta boshlashdi.
-Aytingchi, siz "Ilinj" nomli kitobingizni qanday yozgansiz?
- Siz buni qayerdan bilasiz? - dedi Farida qoʻllari ishlamasligidan  noqulay ahvolga tushib.
- Voy, bu nima deganingiz, xabaringiz yoʻqmi? Sizning kitobingizni institut talabalari nashr qildirish uchun berishibdi. Hozir sizning kitobingizni oʻqimagan inson qolmadi. Hatto tarjimonlarimiz ham kitobni tarjima qilish taraddudiga tushib qolishgan. Siz buni aslida kimga bagʻishlab yozgansiz?
- Oʻzimga va yana oʻzimga  - dedi Farida va jurnalistning qoʻlidagi kitobnga koʻzi tushdi. U kitobning muqovasiga " Farida Odilova", "Ilinj" deb katta harflar bilan yozilgandi.
  Farida bu kitobni jurnalist qoʻlidan olishga intilib, uni OʻZ QOʻLLARI BILAN olganini oʻzi ham bilmay qoldi.
Bu moʻjiza edi....

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Xushxabar
#Xalqaro_jurnal

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Xaitboyeva Tamaraning Xalqaro ilmiy jurnalda ""Iztirob" va "Sarob" romanlarida shaxs fojiasi" nomli maqolasi chop qilindi.

👏 Tarbiyachi-pedagogimizga ijodiy barkamollik tilaymiz.


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|