Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#5_kun

Osmonga tutashgan dengizdir ko'nglim
Undagi hislarim moviydan moviy.
Dunyodan zarracha xavotirim yo'q,
Chunki qalbimdagi ishqdir ilohiy.

Dengiz ham qalbimdek sarhadsiz asli,
Lekin u ko'madi hasratin chuqur.
Men esa samoga aytaman har dam
Dardim aytib Unga olaman huzur...

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#5_kun

🌠: Rajabova Bibinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Sotilgan xotira.


"Saharmardondan hovlini yangi yopilgan issiq non isi tutib ketdi. Hammani dimog'ini qitiqlab, tezroq dasturxonga kelishga undardi.
- Onasi, kelaqolinglar endi. Bolalar uyg'onishdimi?!
- Mana keldim, dadasi. Ha , uyg'onishgan. Aka-singil do'konga chiqib ketishgan. Gulnora opadan yangi tayyorlangan saryog' olib kelamiz deb. Halizamon kelib qoladilar.
Hovlini qiy-chuvlarga to'ldirgancha , aka-singil kirib kelishdi:
- Assalomu aleykum, dada. Yaxshi dam oldingizmi?
- Valeykum assalom , yaxshi rahmat. O'zingiz-chi?
- Biz ham yaxshimiz. Ona, mana qaymoq. Gulnora opa qo'shimcha saryog' ham berib yubordilar. Pulini ham olganlari yo'q.
- Voy, Gulnora opam, tushmagur-ey. Nima keragi bor edi shuni. Kecha ukol qilib qo'y deb chiqqandilar. Azgincha pul berdi, bolalarga u-bu narsa olasan deb. Olmagandim. Shuning uchun berib yuborgan bo'lsa kerak-da.
- Ha, mayli onasi. Nima bo'ganda ham. O'tiringlar. Nonushta qilamiz. Qizim , qani qo'lingdagilarni olib kel-chi.
Ahil oila dasturxon ustida shirin suhbat qurib, shirin nonushta qilishdi.
- Dada, bugun siz bilan birga dalaga borsak bo'ladimi? Ishlaringizga qarashib yuboramiz.
- Ha , to'g'ri,-gapga aralashdi onasi choy qura turib.
- Bugun bormayman-u dalaga. Ertaga yoki indin boramiz , nasib qilsa. Bugun hammamiz uyda bo'lib, birga vaqt o'tkazamiz. Buvinglar shahardan keladilar bugun.
- E-e, rostan dadasi. Ertaroq nega ogohlantirmadiz. Yaxshiroq tayyorgarlik ko'rardik.
- Hamma narsang tayyor-u. Tayyorgarlik shartmas. Onam adashmasam ukam bilan yo o'zi keladi. Peshin kelib qolarlar.
- Ha, unda yaxshi ekan. Biroz ishlarimizni tugatib olardik. Qani dadasi, duo qiling. Hammamiz o'z ishimizni qilsak.
Otasi duo qilgach, hamma asta-sekin o'z yumushlarni qila boshladi.
- Osh qilamizmi? Nima pisharimiz dadasi?
-Sen uy ishlaringga qarayver. O'zim o'g'iltoy bilan shirin qilib osh tayyorlaymiz.
- Bu yog'i juda zo'r bo'libdi-da. Unda masalliqlar olib chiqay. Oshni harakatini qilaylik.
- Boraqol. O'g'lim sen shu hovlidagi velosipedmi , to'plaringmi olib yig'ishtirgin. Chekka-chekkaga olib borib, taxlab qo'ygin.
- Ho'p, dada. Oldin siz to'pni oshiring-chi. Madi sen darvozaga bor. Futbol o'ynaylik bir. Qani oshiring dada.
- Futbol o'ynagisilari kelib qoldimi?
Mana unda .
Nozim aka yoshligiga qaytganday , do'stlari bilan futbol o'ynagani kabi farzandlari bilan ham mazza qilib o'ynardi.
- Dada, qani oling. Sizga oshirdim. Hisob nechchi endi. Kim g'alaba qilyapti. Albatta, men. Qani olchi.
- Madi , darvozaga qara. Qara. Hisob ikkiga bir. Biz oldindamiz.
- Ha, hozircha endi. Qani oshir-chi, sen endi.
- Mana...
- Karim... nima qilib qo'yding. Onangni rayhonlari...
- Voy , o'lmasam. Nima hol bu. Meni rayhonlarim. Siz nima qilyapsiz, kap-katta odam. Yoshlarni yo'ldan urib.
- Ona, biz qilmadik. Dadam boshladilar. ( Dadasiga qarab miyig'ida kulib qo'ydi Karim.)
- Onasi, oshni masalliqlari tayyormi? Qani Karim yur, oshga qarab yuboraylik, jonimiz sog' paytda.
- Hm. Boraqoling. Sen nima qilyapsan Madi.
- Menam dadamga qarashmoqchiman.
- Hm. Dadasini erkalari. Qarashinglar. Qarashinglar.
Oila ahil va inoqlikda mehmon kutishga tayyorlanishyapti. Hovlidan rayhon bilan birgalikda baxt ifori ufurardi.
Shu payt eshik taqillab kimdir kelib qoldi. Madina eshikka qaradi.
- Dada, kimdir sizni so'rayapti,- dedi yig'lamsirab.
Qizini ahvolini ko'rib, otasi hayron bo'lib qoldi.
- Nima bo'ldi? Tinchlikmi?
Darrov eshikka qaradi:
- Sizga kim kerak.
- Uyni qachon bo'shatmoqchisizlar.
- Tushunmadim.
- Nimani tushunmaysan,- deya uyga bostirib kirdi notanish odam. Undan keyin yana ikki-uch odam unga ergashib keldi.
- Bu uy endi bizniki. Biz uning haqiqiy egasimiz. Uyni qancha tez bo'shatsangiz, o'zingiz uchun shuncha yaxshi.
- Hazillashyapsizmi? Qanaqsiga sizniki bo'ladi axir?
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#5_kun

Koʻzlarimga surtay tuproqlaringni,
Koringga yarasam baxtni tuyaman.
Xushboʻy guling tugul, yantoqlaringni
Ming jinon bogʻidan ortiq suyaman.

Qaylarda Makka-yu, qayda Madina?!
Mening-chun Koʻhna Sharq Makkasisan sen!
Togʻlaringni oʻpib sajda qilaman,
Qalbim Baytullohi - Kaʼbasisan sen!

Osiyo bogʻida boʻy anbarimsan,
Onamsanki, har dam tafting sezaman.
"Sen mening yagona paygʻambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash,
Qulday sevaman!" *

*Muhammad Yusuf misrasi.


: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Uzrnoma
(Sevimli dugonam Shaxnoza Saidovaga bag'ishlanadi...)


Men bir qizni izlayapman.
U qiz shundayki, do'stlari bilan doim birga bo'lishni xohlaydi.
U shundayki, kitob o'qishni yoqtiradi.
U shundayki, rus tilini chin dildan o'rganadi.
U shundayki, tez do'stlaridan xafa bo'ladi...
chunki do'stlari ko'pincha uning ko'nglini tez sindirishadi...
U shundayki, hech qachon o'zini aybdor his etmaydi.
(Chunki u rostdan ham aybdor emas.)
U shundayki, arzimagan sabab tufayli yig'laydi.
U shundayki, yaqinlari azoblanayotganda jim qarab turolmaydi...
U shundayki, meni bir kun emas, albatta, bir kun kanalidan ham, hayotidan ham o'chirib tashlaydi...
Chunki o'sha qiz mendan qattiq xafa
balki, umuman kechirolmas...
O'sha qiz menga doim: "Men haqimda ham hikoya yozsang-chi" deb aytardi.
Men-ku bunday hikoyani yozarman, lekin... u buni qabul qilarmikan?..
U meni kechirarmikan?..
ha, bu so'zlarim sizga, boshqalarga g'alati tuyilar.
Ammo men endi chin do'stimni topganda uni yo'qotishni xohlamayman...
Negaki, bu dunyoda haqiqiy do'stlik juda kam.
Va bu achinarli holat...
O'sha qiz tufayli men chiroyli tabassum qilishni, hayotda ba'zan ahmoqgarchiliklar qilishni, do'st topishni, insonlarning asl yuzlarini ko'rishni va o'zim uchun yashash kerakligini o'rgandim.
Va bu uchun undan minnatdorman.
Men o'zimni oqlamayman.
Oqlay olmayman.
Uning bir odati bor: kimdirdan xafa bo'lsa, o'sha inson bilan iloji boricha aloqa qilmaydi.
Va bu hamma uchun bir xil kechadi.
Lekin men bunday "jazo" ga o'rganolmayman.
U bilan juda ko'p jinniliklar qilganmiz. Meni sinfda quvlagani esidamikin?.. Men xafa yursam, majburlab kuldirishlari-chi?.. U bilan gaplashgan suhbatlarimiz esidamikin?.. Maktabdagi ilk kunimiz-chi?..

Ha, eslasak, arzirli voqealar bo'ldi o'sha 1 yil ichida...

Men hech kimga bunchalik ko'p ta'rif bermaganman, berolmaganman. Chunki hech kim men bilan unikiday munosabatda bo'lmagan, bo'lolmaydi ham...

Bilaman, ahmoqman. Endi shuni to'g'irlamoqchiman.

Menga shu qiz kerak. Topib bera olasanmi?..

Seni izlab yurgan bir ahmoq qiz...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#5_kun
#Nasr

Savol


Deyarli har yetti soniyadan bir kimsaning joni uziladi va Allohdan olgan omonati - ruhini ajalning qo'liga topshiradi. Issiq tanasiga esa ohiratning sovug'i yetib qora tuproqqa qo'yiladi. Keyin tuproq bilan bir bo'lib unga qorishib ketadi. Xuddi ana shunday odamlardan biri bugun olamga tun o'z yog'dularini solgan bir paytda jon berdi. O'lim uning ruhini tanasidan olish maqsadida yerga tusharkan, ana shu bilan birga o'zini ancha paytdan beri qiynab yurgan savolga javob topmoqchi bo'ldi. Mayitning go'sht tanasidan bo'lak hech nimasi qolmagan edi. O'z qo'llariga uning ruhini olib cho'ntagiga solarkan o'lim ortiga qaytmasdan oldin, bir tirik odamning oldiga borib - hayotdan so'radi:
- Hayot, -dedi u uyalibgina qararkan, -bilasanmi meni qanchadan buyon bir savol qiynaydi?! Agar ijozat bersang shuni sendan so'rasam.
Uni jimgina tinglayotgan hayot esa bosh siltab "So'rayver" deb rozilik bildiradi.
- Bilasanki, men yer yuzida qanday jonzot bo'lsa Yaratganning amri bilan ularning jonini olaman. U rozi yoki norozi bo'lsa ham bu meni qo'limda emas. Lekin men shu ishimdan juda uyalaman, oxirgi paytlarda odamlarning jonini qo'limga olgim ham kelmay qolgan, -dedi ko'z yoshlari yuzini yuvarkan o'lim.
Shunda hayot hayron bo'lib, qiziqib so'radi:
- Nega bunday deyapsan?, -dedi yelka qisib tushunmayotganini bildirarkan.
- Ular mendan qochaverishadi. Afsus hozirgi jonzotlarning bari meni yomon ko'radi, alamli ko'zlari bilan qaraydi menga. Ammo ular seni juda-juda yaxshi ko'rishadi. Oldilariga kelganimda senga shunchalar yopishib olishadiki, jonini olishga ham achinaman. Ular seni sevib, bor mehrini berishgan, seni maqtab gapirishadi - hayot go'zal, hayot yaxshi, hayotni bor kuchim ila sevaman...
Ularni gapidan hech sendan ayirgim kelmaydi. Nega ular seni shunchalik sevadi-yu meni haddan ziyod yomon ko'rishadi.
Jilmayib qo'ydi va:
- Eh, nimayam deyay do'stim, -dedi uh tortarkan hayot, -men eng shirin yolg'onman, sen esa eng achchiq haqiqatsan. Men huddi cho'l-u sahrolarda uchraydigan sarobman, uyquda ko'riladigan shirin-shirin tushman va odamlar sinaladigan bir o'tkinchi narsaman xolos. Talaba imtihonni sevmaydi, chunki yiqilsa o'qishdan haydaladi-da. Lekin men ham imtihonman, menda faqat aksincha, mendan o'tmasa ham haydaladi, faqat o'qishdan emas Jannatdan...
Ular esa buni tushunishmaydi. Mendek bir sarobga juda ishonishadi, umrboqiy deb o'ylashadi. Menda eng yaxshi inson ham oltmish uch yil umr ko'rgan bo'lsa(Muhammad s.a.v), qanday qilib umrboqiy bo'lay. O'lim hech bir qo'rqmay ularni olib ketaver, bu ishing uyatli emas. Ular seni sevishi va mendek shirin ne'matni berganiga shukur qilishi kerak - xoh u kam bo'lsin, xoh u ko'p.
O'lim shu tariqa o'z savoliga javob topdi va bu ishini g'urur ila davom ettirdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nazm

Baxtlar

Olis xayollarga yetaklab ketar,
Qayg'usin yashirib maqsadga yetar.
Xazonrez barglarga dardini sotar,
Kiprigimdan  ketmagan gardlar.

Niyatlar ichida yashaydi tanho,
Dastidan koshonam gullagan sahro.
Men juda charchadim, charchamas dunyo,
Ko'zlarimda yashagan dardlar.

Derazam ortida boqib turibdi,
Oqshomlari Zuhro bilan yuribdi.
Tushlarida meni shodon ko'ribdi,
Men yoniga bormagan baxtlar.
      
✍️: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Rassomchilik


🌠: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nasr

UMID

Zuhra Mahbubani ozgina bo'lsa ham chalgʻitish uchun "bu yerlarni tozalash, obod qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi" degan edi. "Agarda men yura olganimda edi" qilardim deb battar xoʻrsindi...

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/UMID-01-14

Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nazm

Hayqiriq
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim toʻlgʻonaman hayqirigʻimdan.

Bilmaysan kech kuzda nechun yigʻlar koʻk,
Nechun hayhot bilan gumburlar osmon.
Mana men aytaman chunki shu onda,
Men seni uchratdim, unutding oson.

Hatto yoʻlbars mendek hayqirolmaydi,
Mening ovozim ham kuchli naʼradan.
Bu sogʻinch, bu nafrat qalbimdan oʻchmas,
Hayqirganimda ham togʻlar bagʻridan.

Ichimda yuragim yigʻlaydi xasta,
"Nechun chidayapsan, darding toʻk hayhot.
Qichqir, yigʻla, hayqir ichinga yutma,
Axir shuning bilan iborat hayot".

Yigʻlasam osmon ham qiladi nola,
Bulutlar chidolmay toʻkadi koʻzyosh.
Olis-olislardan hayqirar kimdir,
Xuddi mening kabi qilolmay bardosh.

Agar dengiz oʻngida hayqirsam e-voh,
Ular ham menga joʻr boʻlar asta.
Men qolib yonimda menga joʻr boʻlgan,
Dengiz ham dardini toʻkdi bir pasta.

Dardim toʻkolmayapman qanday azob-bu,
Yigʻlasam koʻzyoshim daryo boʻlgudek.
Shamol qoʻzgʻalsa ham yordami zarra,
Sabr qilsam agar yuz yil kutgudek.

Koʻkda chaqmoq chaqsa yigʻlaydi inson,
Dod-voylay soladi qichqirar qattiq.
Ular qoʻrqinch bilan dardini toʻksa,
Men toʻkolmayapman qilsam hayqiriq.

Hozir koʻz oʻngimda oʻtiribsan sen,
Oʻsha qalbim bilan oʻynashgan inson.
Bir kuni sen mendek koʻyga tushmasang,
Odam emasdurman kulmagin, ishon.

Ammo, shunday kunlar keladi bir kun,
Boʻgʻzimdan otilar qattiq hayqiriq.
Oʻsha tamgʻangdan ham xalos boʻlaman,
Menga oshno boʻlar butun bir borliq.

Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim choʻchib ketaman hayqirigʻimdan.

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌