Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#4_kun

Onamga

( Halima Xudayberdiyeva ijod maktabi o‘quvchisi Sitora Naimjonova she'riga nazira)


"Ona, ko'z yoshlarim bolalab ketdi
Qishloqda qaqragan nigohing qo'msab.
Yuragim dashtida sog'inch o'tlagan, barra o't, barra.
Qo'llaringni qavartirgan, qoraytirgan
tandirdagi olov kabi mehring tusab,
So'lib borar shaharlashgan qizing, qara!"

G'am insonni zumda ulg'aytirarkan,
O'zidanda dardi katta,
Ahdi katta qizing bu
kun
Seni o'ksimasin deya yig'lar chetda.
Yaqin ko'rganlarim yoqam tutsalar ham
Bo'htonlar-la qalbim chil-chil etsalar ham
Har gal tinmay ta'na toshin otsalar ham
Lek o'rnidan tura olar qizing qayta.

Ona, faqat sen o'ksima.
Asli bir dardingni o'n qilgan men,
Go'zal yuzlaringga erta ajin tushirgan men,
Necha marta qalbing xira qilgandirmen
Bari uchun umrim bersam, yetmas, ona
Mehring uchun,
Xavotiring uchun,
Azoblaring uchun,
Umring uchun,
Yetmas, ona...

Sen o'ksima faqat
Hali baxtga ko'ngling o'rab,
Seni baxtli qiladirmen!

"Ona ko'z yoshlarim bolalab ketdi..."


: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#4_kun

🌠: Rajabova Bibinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#4_kun

Bilamanki, bu dunyoda abadlik yoʻq.
Oʻtkinchidir olamlar ham,
Odamlar ham...
Oʻtkinchidir azob bergan bor dardlar-u,
Yuraklarga olov yoqqan achchiq alam.

Kimda muqim oʻrnasharkan baxt degani?
Kipriklari nam bilmagan odam bormi?
Haq yoʻlidan qayrilmasdan yursa hamki,
Gʻiybat sira oʻlchamagan qadam bormi?

Asli hamma gunohkor-u, ojiz banda,
Avvali-yu oxirining gʻamin yemas.
Bu oʻtkinchi dunyolarga dil bermoqlik,
Iymoni pok musulmonning ishi emas!


: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Alvon lolalar.

Kun xayr bilan nurlandi. Quyosh allaqchon olam bozoriga o'z zeb-ziynatlarini yozib ulgurgandi. Qishloq ahli allaqachon o'z tashvishlariga g'arq bo'lishgandi.
Nuriya aya nonushta tayyorlagach, qizini olib chiqish uchun xonasi tomon yo'l oldi. Mumtoza har doimgidek deraza oldida. Qo'lida kitob. Derazadan atrofni bexol kuzatardi. Xayolga berilib , onasini kelganini ham sezmay qolibdi:
- Qizim, yaxshi dam oldingmi?
Javob bo'lmadi.
- Ahvoling qanday, kechagidan yaxshimisan? Uxlay oldingmi kechasi?!
Javob o'rniga sukunat yangaradi. Mushtipar ona bu holni qizini injig'ligiga yo'yib, chuqur xo'rsindi-yu, gapini davon ettirdi:
- Mazali nonushta tayyorladim. Qani ketdik, birgalikda nonushta qilamiz. Mumtoza bir nuqtaga tikilgancha, haliyam o'ylar girdobidan chiqolmayotgandi. Nuriya aya asta qizini yetaklagancha ayvonga olib chiqdi.
Ayvon. Ixchamgina hovli. Hashamdor bo'lmagan stol. Kamtarona dasturxon va baxt neligini bilmagan baxti to'kislar. Nonushta chog'ida ham Mumtozadan sado chiqmadi. Haliyam bir nuqtaga tikilgancha nimalarnidir hayol surardi.
- Qizim, Asror kelsa , u bilan birga shaharga tushib , shifokorga ko'rinib kelasanmi?
- Ona... qo'ysangizchi. Men yaxshiman.
Nuriya aya qiziga qarab bir oh tortib qo'ydi va gapini davom ettirdi:
- Ho'p, qizim. Ahvoling yaxshiligini ko'ryapman. Shunday bo'lsa ham bir ko'rinib kelgin. Undan tashqari havo ham almashtirib kelasan.
Shu payt eshikdan Asror kirib keldi. Ular har doimgidek iliq salomlashishdi.
- Kichkina, sen yaxshimisan?
Mumtoza haliyam sukut saqlardi. Sukunat dengizi to'lqinlariga qarshilik qilmasdan , oqim bilan birga suzardi.
Asror Mumtozaning bu ishini har doimgi injig'ligiga yo'ydi. Parvo qilmadi.
- Nuriya aya, qarang sizga nima olib keldim.
Qo'lidagi bir quchoq alvon lolalarni ko'rsatdi.
- Siz uchun ataylab terib keldim, aya,- ko'z qiri bilan Mumtozaga nazar soldi. Mumtoza yuzida ham nim tabassum paydo bo'lgandi. Sezdirmaslik uchun yana o'yga tolgandi.
Asror qo'lidagi lolalarni stol ustidagi guldin solib, kecha olib kelgan lolalarini esa ayvon labiga qo'ydi.
Nuriya aya Asrorni ham nonushtaga taklif qildi. Uchalasi kamtarona dasturxon ustida shirin suhbat qurishdi. Mumtoza bu yerda faqat tinglovchi bo'ldi, xolos. Nuriya aya qizi bilan bo'layotgan suhbatga Asrorni ham qo'shgandi:
- Nuriya aya, istasangiz siz ham biz bilan yuring. Shaharni aylanib kelasiz.
- Yo'g'-a, bolam. Uyda ishlarim bor biroz. Mana Mumtoza bilan...
- Men yaxshiman, juda yaxshiman. Eshityapsizlarmi ?
Yaxshiman,- onasini gapini bo'lib shartta gap boshladi.
Chuqur nafas olub, gapini davom ettirdi.
- Ona, ahvolim yaxshi. Xavotir olmang. Hammasi joyida,- bo'g'ziga nimadir kelib tiqildi va gapirolmay qoldi...
Xonasiga ketib qolish qo'lidan kelmagach, orqasiga o'girilib o'tirdi. Nuriya ayaning ko'zida yosh aylana boshladi. Uni ko'rsatmaslik bahonasida stolni yig'ishtirib oshxonaga kirib ketdi.
Mumtoza bir muddat hamma narsani unutdi. Hamma narsani. Dardi, tashvishlari, og'riqlari, jarohatlari, hatto, o'zini ham. Bo'g'ziga hayqiriqlar kelib tiqila boshladi. Yuzida esa alamli sukut. Sukunat uni allalay boshlagandi. Ko'z buloqlari lablarini sug'ora boshlagandi.
- Asror. Lolazorga borgim kelyapti.
Ortiq bir og'iz so'z ham aytmadi. Asror ham uni yetaklagancha lolazor tomon yo'l oldi. Nuriya aya oshxona oynasidan yoshli ko'zlari bilan ularni kuzatib turardi. Asror unga bir qarashi bilan hamma gapni tushuntirib ketdi.
Yo'l davomida hech kim bir og'iz gapirmadi. Qishloqda sukunat hukmronlik qilardi. Ora-sirada qushlarning sayrashi bu sukunat sarhadlarini buzib o'tardi, xolos.
Lolazor. Ko'ngilzor. Esdan og'dirar darajadagi go'zallik. Joziba. Dardlaringni unuttiradigan darajadagi sokinlik. Hamma yoq xuddi shafaq misol. Hatto, yoshlarning dili ham.
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Bahorga
("Kuzga maktub" hikoyaga javoban...)


So'zimni nimadan boshlashni bilmayman. Men ko'p kutdim, sening maktubingni... O'zim ham ko'p bora harakat qildim senga xat yozishga. Lekin... lekin tiklanmaydigan munosabatlarni eslab yana yuragingni pora qilib qo'yishdan qo'rqdim. Axir, senga faqat tabassum yarashadi.
Ishonasanmi, yo'qmi, men ham sen bilan birga bo'lishni juda-juda xohlagandim. Men majbur bo'ldim. Tabiatning bunda aybi yo'q. To'g'ri, u qarshi edi, ammo men o'zim rozi bo'ldim... Ha, bu so'zlarim senga og'ir botishi mumkin. Buni o'z xohishim bilan qilganim yo'q. Aslo unday deb o'ylama!
Agar sen va men, yoz va qish birga bo'lsak, butun tabiat muvozanatsiz qolardi. Chunki qish va yoz birga bo'lsa, ular bir-birini juda qattiq jarohatlashi mumkin edi. Ular bir-birini yo'q qilib yuborardi. Hammasiga men aybdorman. Kechira olsang, kechir.
Men shunchaki ikki faslning taqdiri uchun shunday qildim. Undan tashqari, odamlar ham yer yuzida qolmagan bo'larmidi. Ikki taqdirning baxti evaziga butun dunyoni badbaxt qilmoqlik ne kerak?
Balki, meni yomon dersan bu so'zlarimni eshitib. Mayli, sen nima desang shu. Axir, senga yo'q deya olarmidim.
Bu ayriliq menga ta'sir qilmadi, deysanmi? Ayriliq, ayriliq... Bu shunday og'riqliki... BU xuddi odamlarning tish og'rig'idek gap, ammo bunda tish og'rimaydi.
Ba'zan o'ylab qolaman: men senga loyiqmanmi? Shuncha ko'z yoshlaringga sababchi bol'ldim-ku.
Eh Bahorim, sen aslo xafa bo'lma. Biz hech qachon ko'risholmasak-da, qalban birgamiz.
Senga azob chekish yarashmaydi. Odamlar seni muhabbat fasli deya e'tirof etishadi. Men baxtsiz bo'lgandirman, lekin o'sha odamlarning ham taqdiri menikiday bo'lmasligi uchun sen tabassum ila yashashing kerak. Hechqisi yo'q, bora-bora mensizlikka ko'nkib ketasan... (Va men xayolingni butkul tark etaman...)
Senga o'xshab men ham umid qilishdan to'xtamayman. Butun umr bo'lsa, butun umr...
Yer yuzini tark etsang ham sen mening qalbimda mangu yashaysan!
Baxtsiz bo'lishingga sabab bo'lgan KUZ...

:Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#4_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm

BIR KUN

Bu kun ayro bo'ldi yo'llarimiz ham,
Yolg'onga qo'shilib ketdi dunyolar.
Nogoh ko'zlarimda yonmoqda olov,
Suyanch deb atasam bo'ldi ro'yolar.

Nahotki, tubanlik bo'lsa hukmron,
Oppoq orzularim bo'lsalar so'qir.
Yaqinim deganim tuhmatga qo'ysa,
Yana yuragimni quzg'unlar cho'qir.

Mayliga bag'rimni nimtalab tashlang,
Xali olamimda turibdi orim.
Meni saqlaguvchi Yaratgan egam,
Rabboniy hislarim qalbimda borim.

Hali bahorlarim keladi takror,
Mahzunlik libosin yecharman bir kun.
Kulgichlar qo'nadi yanoqlarimga,
Bir kun vujudim ham bo'ladi butun.

O'shanda men baxtli kunlarga oshiq,
Tabassum inadi qaroqlarimga.
Tarannum aytaman muhabbatimni,
Oxular qaytadi tog'liklarimga.

Uchaman samoda oqqush misoli,
Murodi bo'ladi ertaklarimda.
Baxtga yetaklaydi uchar gilamlar,
Oppoq gullar bo'lar ertaklarimda.

✍️:Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#7_ta_iqtidor
#4_kun
#Nasr

Baxt muzeyi

Hammadan ham go'zal moh tun qo'yniga asta chiqib kelar ekan, dunyo yuziga uning mayin nurlari taraldi. Uni ortidan esa birin-ketinlik bilan mitti yaltiroq toshlar ko'rina boshlandi. Ular go'yoki bir katta orkestrga o'xshar edilar, chunki oy boshlovchi bo'lsa, huddiki yulduzlar kuylovchi bo'lib, go'zal qo'shiqlarni ijro qilishardi. Yana shunday kechaning birisi bitta shaharlik yigit osmonga qarab faryod chekmoqda edi. U ko'p qavatli uyning ikkinchi qavatida yashardi. Har kuni derazasining oldiga kelib olib, oyga termular va goho o'zining taqdiridan juda nolinar, gaplarini eshitgan odamlar esa unga achinar edilar. Hozir ham u huddi shunday xonasining derazasidan turib gapirayapti:
- Ey osmon, hatto seni ham menga rahming kelmaydi-ya?..
...Nega men shunchalar baxtsizman? Har kunim bu gaplarimga isbot bo'la oladi. Masalan, bugun bir dunyo vazifa berilgan. O'zi o'qish yomon, umrimning eng go'zal damlarini qayerdagi imtihonlarga tayyorgarlikda qiyinchilik bilan o'tkazayapman. Yeydigan narsalarimni ham na tayini bor va na mazasi. Do'stlarim ham juda ko'p, onam yuborgan narsalarni men bilan teng yeydilar. Talaba deyishadi, lekin bechorani o'ziman, qo'limda oddiy telefon, oyog'imda almisoqdan qolgan tufli va eng yomoni kiyadigan ko'ylaklarim - atigi oltitagina oq kuylagim bor. Boshqalarda aksincha, ular baxtli insonlar. Baxtsizlik mening peshonamga bitilgan ekan...
Shunday deya dard-alam chekardi. Uning bu holi ko'pchilikka ayon, shundayligi sabab darslarini ham vaqtida bajarib kelolmasdi, tunda kafeda ishlar, kunduzi o'qishdaligi uchun ko'pincha past baho olardi. Ana shu oqib o'tayotgan kunlarning birida u bir oqsoqolning oldiga borib barcha hasratlarini to'kib sochdi, keyin esa undan yordam so'radi. Oqsoqol ham astagina jilmayib qo'ydi-da:
- Talaba bolam, -dedi u o'sha yigitga yuzlanarkan, -ko'rdim ko'p jabr chekibsan, senga bitta maslahat beraman - sen "Qirq soy"" qishlog'iga borib ko'r, chunki ular yaqinda "Baxt muzeyi" nomli shinamgina, kichkina qilib bitta muzey qurishibdi. O'sha qishloqqa borib odamlari bilan tanish, ammo u muzeyni o'zing qidirib top, odamlardan so'rasang baxtga erisholmaysan.
Talaba yigit boboning gapiga ko'nib, "Qirq soy" qishlog'iga, "Baxt muzey" ini izlashga jo'nabdi. O'zi shahardan uncha uzoq emas, bor yo'g'i besh chaqirim narida joylashgan edi o'sha kichik qishloq. Yigit ikkita avtobusda qishloqqa yetib oldi. Chang ko'chalar-u tog'-adirlarga bir chetdan nazar tashlab chiqibdi, toza havodan o'pkasini to'ldirib nafas olarkan, tezda muzeyni qidira boshlabdi. Qishloqning u tomonidan kirib, bu tomonidan chiqibdi-yu lekin o'sha muzeyni topolmabdi. Keyin esa charchab shu soy bo'yidagi, bitta daraxt tungisida dam olib o'tirsa ko'zi yog'och eshikli, siniq derazali, kichkina uychaga tushibdi. O'shani eshigi ustiga "Baxt muzeyi" deya yozilgan edi. Yigit hayron bo'libdi xayolida "Nahot shu muzey bobojon aytgan "Baxt muzeyi" bo'lsa" deb qo'yibdi. So'ngra uni oldiga boribdi. Eshigidan engashibgina o'tibdi. Ichkarida bir dunyo chizilgan rasmlar turardi. O'rtada esa "Baxt bu..." deb katta qilib yozilgan, devorlarga esa hamma o'zi baxt deb sanagan narsasini tasvirlab ketgan edi. Talaba barcha rasmni kuzatib chiqdi. Ularda quyidagilar bor edi: bir rasmda o'qishga kirish - katta oliygoh oldida formalarda turgan yigit rasmi, ikkinchi rasmda - ko'p do'stli bo'lish - bir bolaning yonida qo'lini ushlab do'stlari turgani, uchinchi rasmda esa vazifalar tayyorlash shekilli - ko'p kitob va yozayotgan bolaning rasmi turardi. Bularning barchasiga ko'zida quvonchi ila qaragan yigit juda quvonib ketdi va:
- Bu haqiqatdan ham "Baxt muzeyi" ekan, -dedi baqirib, -men baxtsizlik deganim aslida baxtim ekan-u men ahmoq hayotimdan nolinib yuribman. Bo'ldi bugundan boshlab hech ham nolimayman va baxtli hayotimdan zavqlanib yashayman eh-eh-eh-eyyyy
U shunday deya baxtini topdi.

✍️: Oygul Nurmamatova,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#4_kun
#Nasr

Moviy va  sariq yoxud hayot qonuni
    
            Koʻk
Atrof hali jim-jit, tinchlik, quyoshning hali bir- ikkita nurlari chiqib osmonga moviylik baxshida qilgan, xolos. Lekin osmondagi hukmronlik hali hamon oy va yulduzlar qoʻlida,  hamma gʻam-u tashvishlarini unutib qalbini Ollohga berib hamd-u sanolar aytmoqda. Koʻpchilik buni zulmat, qorongʻulik deyishadi. Yo'q, unday emas, chunki atrofda quyoshning xira bo'lsa ham nurlari bor, oy esa quyoshdan olib bo'lsa ham bor kuchi bilan nur sochishni davom etmoqda. Oydan hali umid so'ngani yo'q. U hali chekinmadi, lekin biz insonlar esa oyning  oʻrnida boʻlganimizda allaqachon bor nurimizni ham ishlatmay quyoshning jonsarak nurlarini koʻrib berkinib olgan bo'lardik...
Bu manzaralar inson hayotini tasvirlab turibdi, go'yo. Inson hayotda tugʻilganida hech  qanday gʻam-tashvish va  hech qanday gunohi yo'q holati- bu. Biz umrimizning shunday pallalarini sogʻinamiz, yohud orzu qilamiz, lekin hamma yoqni moviylik qoplaganda  umrning bo'lmasa ham, kunning boshi bizning kunimizdagi chaqaloqlik pallamiz ekanligini ba'zilar anglamaydilar. Kunimizni esa ana shu moviylik bilan boshlasak har birimiz ana shu orzularga erisha olamiz. Biz buni uddalaganimizda  koʻpchilik hayratlanishadi, lekin qanday narsalarni yengib oʻtganimiz esa faqat o'zimizga ayon boʻladi.
                Sariq
Bu moviylikdan keyin esa asta-sekin quyosh nurlari har tomonga yoyila boshlaydi. Yaʼni inson ham ulg'ayib g'am-tashvishlari ham koʻpaya boshlaydi.  Nihoyat, kunning qoq o'rtasiga kelganda esa quyosh umuman hamma yoqni jazirama qilib tashlab o'zimizni qo'yarga joy topa olmay qolamiz. Bundan qutulish uchun esa nima qoʻlimizdan kelsa barini qilib ko'ramiz, ba'zida ular orasida xatolari ham bo'ladi. Chunki hech bir inson nuqsonsiz emas. Keyin esa nolina boshlaymiz. lekin  o'zimiz qish kunlarida yozni  intiqlik bilan kutganimizni  va uning orqasidan albatta xayri borligini anglamaymiz. Ba'zan boshqa ishlar bilan bo'lib issiqqa e'tibor bermay qolinadi, ammo bo'sh qoldi deguncha yana quyoshni "haqorat qila" boshlanadi.
Shu paytlarda oʻylab qolaman, qadimda quyoshga alohida ehtirom ko'rsatishgan, donishmand sifatida bilishgan. Lekin  nega inson undan noliydi,   balki qadimda ajdodlarimiz bizlar bilmagan nimanidir bilishgandir?
Shu tariqa kunning umri ham tugaydi, shu bilan birga  insonning ham. Quyoshning o'rnini oy va  yulduzlar egallay boshlaydi, yana sokinlik boshlanadi. Sen yana uyquga ketasan, lekin endi sening uyquga ketishingga boshqalar achinishadi,  lekin sen uchun esa bu rohat. Bularning bari  asrlar, yillar o'tsa ham  vaqtdan qo'rqmaydigan, o'zgarmas hayot qonunlaridir, shu bilan birga tabiat qonuni ham.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm

Vatan


Tog‘lar peshonasidan oqar ter,
Quyosh tegrasida chiqqan on.
Insonga bag‘rin ochar yer,
Yerga ta'zimdadir dehqon.

Qaysidir insonning zaif ko‘ngliga,
Ezgulik urug‘in sochib bergan sen.
Insonning tushimas asl o‘ngida,
Baxt gulzoridan chechak tergan sen.

Ezgulik-qalblarning bayrog‘i,
Doimo mag‘rurdir bu boshlar.
O‘chmasin adolat mayog‘i,
Hur zamin farzandi biz yoshlar.

Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm

Sallamno

Adashgan yo‘llarning poyoni o‘chgan,
Kalhatlar qoshida olis manzillar.
Huuuuuv yoqda ko‘ngilning tayog‘i singan,
Nogiron ahvolda qancha ko‘ngillar.

Isyonkor ruhlarning hayqiriqlari,
Bir kun quloqlarim kar qilmasmikan.
Turnalar tortishsa kipriklarimdan,
Sochimda arg‘imchoq uchadi Vatan.

Osmonga tutashgan chinorlar bargi,
Quyoshda qizarib qon bo‘lib ketgan.
Kun bilan osmonning bor bitta farqi,
Chunki fazo yuzi qalbga yo‘g‘rilgan.

Kõzlardagi muqiim o‘lmaydigan nur,
Qalbdagi hurlikni qilar tamanno.
Qaysidir insonning qilgan duosi:
"Adashgan yo‘llarga bo‘lsin sallamno,
Adashgan qalblarga bo‘lsin sallamno".

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


‌‌👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌