#Psixologik_trening
#Jarayon
O‘tkazilgan psixologik trening jarayonidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.
💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#9_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Eftaliylar" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Turon hududida oʻz davlatiga asos solgan Eftaliylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...

#Xushxabar
#Xalqaro_jurnal
🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonuning 🇩🇪 Germaniya davlatining "Google schoolarda indekslangan World of Scientific news in Science Journal" jurnalida "Iste'dodni kashf etuvchi loyihalar" nomli maqolasi chop qilindi.
Quyidagi havola orqali maqolani o‘qishingiz mumkin.
https://academics.uz/index.php/zfty/article/view/2797
👏 Parizodabonuga ijodiy barkamollik tilaymiz.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Xalqaro_jurnal
🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonuning 🇩🇪 Germaniya davlatining "Google schoolarda indekslangan World of Scientific news in Science Journal" jurnalida "Iste'dodni kashf etuvchi loyihalar" nomli maqolasi chop qilindi.
Quyidagi havola orqali maqolani o‘qishingiz mumkin.
https://academics.uz/index.php/zfty/article/view/2797
👏 Parizodabonuga ijodiy barkamollik tilaymiz.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Forwarded from Nigina R. (Marjona)
Bagʻishlov
(Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning yorqin xotirasiga bagʻishlanadi)
Qulluq qilib kelaman bir kun,
Fargʻona...
Margʻilon yoʻlaklarini.
Tuproqlarin oʻpib, ruhin shod etgum,
Fargʻona ahlining yuraklarini.
"Qaddingni baland tut" berdi maslahat,
Shunda angladimki bizmiz umidi.
Kamtarlik tandirin yoqib qoldirgan,
Fargʻona ahlining Erkin Vohidi.
"Tirik sayyoralar"dan ertaklar tinglab,
Bong urgan odamlar yashadi boqiy.
Bir oʻzbek ahlining, bir farzandiga,
Samodan kuch keldi, bitta ilohiy...
Ustozdir, yaxshilik nihollarini va,
Erksevar Vatanning suratin chizgan.
Ayozda egniga bir poʻstin kiyib,
Vatanga paxtadan chopon kiygizgan.
Yozmoqni sharaf bilib, ayniqsa elni,
Avlod uchun yozar yayrab dillari.
Bir kuni sochaman, qoʻlingdan oʻpib,
"Tafakkur" atalgan baxt chechaklarin.
Kamtarlik tandirin yoqib qoldirgan,
Fargʻona ahlining Erkin Vohidi...
✍ Nigina Rustamboyeva
11.01.2024 .

Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nasr
Moviy va sariq yoxud hayot qonuni
Koʻk
Atrof hali jim-jit, tinchlik, quyoshning hali bir- ikkita nurlari chiqib osmonga moviylik baxshida qilgan, xolos. Lekin osmondagi hukmronlik hali hamon oy va yulduzlar qoʻlida, hamma gʻam-u tashvishlarini unutib qalbini Ollohga berib hamd-u sanolar aytmoqda. Koʻpchilik buni zulmat, qorongʻulik deyishadi. Yo'q, unday emas, chunki atrofda quyoshning xira bo'lsa ham nurlari bor, oy esa quyoshdan olib bo'lsa ham bor kuchi bilan nur sochishni davom etmoqda. Oydan hali umid so'ngani yo'q. U hali chekinmadi, lekin biz insonlar esa oyning oʻrnida boʻlganimizda allaqachon bor nurimizni ham ishlatmay quyoshning jonsarak nurlarini koʻrib berkinib olgan bo'lardik...
Bu manzaralar inson hayotini tasvirlab turibdi, go'yo. Inson hayotda tugʻilganida hech qanday gʻam-tashvish va hech qanday gunohi yo'q holati- bu. Biz umrimizning shunday pallalarini sogʻinamiz, yohud orzu qilamiz, lekin hamma yoqni moviylik qoplaganda umrning bo'lmasa ham, kunning boshi bizning kunimizdagi chaqaloqlik pallamiz ekanligini ba'zilar anglamaydilar. Kunimizni esa ana shu moviylik bilan boshlasak har birimiz ana shu orzularga erisha olamiz. Biz buni uddalaganimizda koʻpchilik hayratlanishadi, lekin qanday narsalarni yengib oʻtganimiz esa faqat o'zimizga ayon boʻladi.
Sariq
Bu moviylikdan keyin esa asta-sekin quyosh nurlari har tomonga yoyila boshlaydi. Yaʼni inson ham ulg'ayib g'am-tashvishlari ham koʻpaya boshlaydi. Nihoyat, kunning qoq o'rtasiga kelganda esa quyosh umuman hamma yoqni jazirama qilib tashlab o'zimizni qo'yarga joy topa olmay qolamiz. Bundan qutulish uchun esa nima qoʻlimizdan kelsa barini qilib ko'ramiz, ba'zida ular orasida xatolari ham bo'ladi. Chunki hech bir inson nuqsonsiz emas. Keyin esa nolina boshlaymiz. lekin o'zimiz qish kunlarida yozni intiqlik bilan kutganimizni va uning orqasidan albatta xayri borligini anglamaymiz. Ba'zan boshqa ishlar bilan bo'lib issiqqa e'tibor bermay qolinadi, ammo bo'sh qoldi deguncha yana quyoshni "haqorat qila" boshlanadi.
Shu paytlarda oʻylab qolaman, qadimda quyoshga alohida ehtirom ko'rsatishgan, donishmand sifatida bilishgan. Lekin nega inson undan noliydi, balki qadimda ajdodlarimiz bizlar bilmagan nimanidir bilishgandir?
Shu tariqa kunning umri ham tugaydi, shu bilan birga insonning ham. Quyoshning o'rnini oy va yulduzlar egallay boshlaydi, yana sokinlik boshlanadi. Sen yana uyquga ketasan, lekin endi sening uyquga ketishingga boshqalar achinishadi, lekin sen uchun esa bu rohat. Bularning bari asrlar, yillar o'tsa ham vaqtdan qo'rqmaydigan, o'zgarmas hayot qonunlaridir, shu bilan birga tabiat qonuni ham.
✍: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.
Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.
Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Tabrik
XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
Fanlar majmuasi – 2024-2025-o‘quv yili uchun.pdf
782.1 KB
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi
✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
▶️ 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.
❕ Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
✍️ Yuqoridagi pdf faylda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tartiblangan holda joylashtirilgan bo‘lib, fanlar majmuasi bilan birga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan ham tanishish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
▶️ 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan
VATANIMIZ POSBONLARI
Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!
Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!
To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"
Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!
Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!
Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!
Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!
✍: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"
XALQIM POSBONLARI
Xalqim! Ana atrofingga nazar sol,
Qadring uchun qad koʻtargan oʻgʻlonlar.
Ular borki, aslo koʻrmassan zavol,
Himoyangda sergak mardi maydonlar.
Beshiklarda tinch uxlaydi chaqaloq,
Onalar bemalol aytar allasin.
Xalqqa xizmatidan sezmayin charchoq,
Kimningdir otasi togʻ qilar qaddin.
Bir qarich yering-chun jon berib ular,
Shu issiq bagʻringga koʻmilur oxir.
Magʻrur posbonlaring togʻ boʻlib turar:
"Oʻchmasin koʻksingga koʻmilgan xotir".
Sira hadik sezmay nafas olmoq ham,
Aslida buyuk baxt, qiymati baland.
Bizga shunday baxtni bermoqlik uchun,
Kimningdir akasi qoʻriqlar sarhad.
Qaddini bukmagay yozgi saraton,
Chertib ham oʻtmaydi qishki qahraton.
Quzgʻunlar xavf solmas, xalqim, gʻam yema,
Togʻday oʻgʻlonlaring sen uchun qalqon.
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram|

YURT POSBONLARI
Chegarada sergak, shaxdam turarlar,
Har jabhada doim ustun yurarlar,
Xalqiga hamisha qalqon bo‘larlar,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.
Vatani dildadir abadul abad,
Xalqini sevadi yurakdan behad,
Ularni tark etmas hech ham sadoqat,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.
Jismida mujassam jasurlik qoni,
Vatan g‘ami bilan o‘tar har oni,
O‘zbegim atalmish ko‘rkam bo‘stoni,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.
Temir intizomdan armiyamiz soz,
Qancha maqtasak gar, shuncha bo‘lur oz,
Tilaymiz hamisha eng yuksak parvoz,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.
✍: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot