Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#2_kun

Qanot qoq sheʼrginam yuksak-yuksakka,
Koʻksingda gul ochdi Ilohiy dardlar,
Yerda joy yoʻq senga, makon yoʻq senga
Mexanik dunyoda zanglagan qalblar.

Qalam-la singdirdim senga botinim,
Gʻoyo men yelkangga togʻni agʻdargan!
Bir yuzda ming turli insonni koʻrib,
Oʻt chaqnar koʻzlarim bu kun qabargan.

Oʻchib borayotir mehrning tafti,
Otash yuraklardan oʻchayotir oʻt.
Robot odamlarga yuzlashgan sayin,
Koʻksim oʻyayotir chidab boʻlmas oʻq.

Qanot ber, Xudojon, uchay yuksakka,
Koʻksimda gul ochdi Ilohiy dardlar.
Izladim, topmadim dilimga yaqin,
Mexanik dunyoda zanglagan qalblar.

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#2_kun

Xafa bo'lma...
Osmonda kech kuzning yelpig'ichdek yupqa , qat-qat bulutlari suzib borar, shamol o'zining ming yillardan beri bajarib kelgan ishini davom ettirib, ularni ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketardi. Mahzuna bu tabiat tasviridan judayam rohatlanardi. Nimaga rohatlanayotganini o'zi ham bilmasdi. Tabiat ham o'ziga o'xshab borayotganidanmi yoki kundan-kunga so'lib borayotganidanmi ?! Ko'zlarini yumib, qayta ochmaslikni juda ham istardi. " Na iloj? Bu hayot bizni barcha ehtiyojlarimizni qoldirolmagan, qondirolmaydi ham" deya xo'rsinib qo'ydi. Chuqur nafas oldi. Nafas chiqarganida barcha dardlari-yu g'am-tashvishlari shu bilan birga chiqib ketishini juda ham xohlardi. Qo'lidan kelmadi... Ahvoli oldingidan ham og'irlashganini sezib , o'zining befayz xonasi tomon yo'l oldi. Xonasiga, umuman uyiga kirishni yoqtirmasdi. Xonasi xuddi shifoxonaga o'xshardi. Hamma yoqda dori-darmonlar sochilib yotibdi. U yoqqa qarasang ham dori, bu yoqqa qarasang ham. Bu shifoxona boshqalaridan unda faqatgina bir kishi davolanishi bilangina ajralib turardi. Xonaga kirishi bilan yoqimsiz dorilar hidi dimog'iga urildi. Boshi aylanib, ko'zi tina boshladi. Nafas olishi ham oldingidan yomonlashdi. O'zini dori turgan stol ustiga urdi. Ichmoqchi bo'lib og'ziga olib bordi, lekin ichmadi.Qachongacha bu dorilar bilan kun ko'rishini o'ylab, jahli chiqib ketdi. Jahl bilan stolni ag'darib yubordi. Barcha dorilarni sochib tashladi. Hamma yoqni ostun-ustun qildi. Nafrat ko'zi bilan derazadan hayotni kuzatardi. Hayot qaynayapti. Ko'chada yog'ayotgan yomg'ir, olov ustiga moy sepgandek uni yana jonlantirardi... Chuqur nafas olib, biroz tinchlandi. O'zini qo'lga oldi.
- Mahzuna, o'zingni bos. Tinchlan ! Xafa bo'lma ! Buni barchasi o'tib ketadi hali. Barchasi ortda qoladi. Na bu dardlar qolguvchidir, na bu umr?! Xafa bo'lma. Siqilma! Robbinga tavakkal qil. Bularning barchasi Robbing uchun osondir... - deya o'zini yupatishga urinardi.
Har kungi paytda yana telefon jiringladi. Mahzuna bu qo'ng'iroqni intiqlik bilan kutardi. Telefondagi muloqotni emas, balki undagi sukunatni intizorlik bilan kutardi. Bu muloqotda tillar emas dillar so'zlashardi. Qalblar muloqotda bo'lardi. Telefon qilayotgan inson ham kim ekanini ich-ichidan his qilardi. Qo'ng'roqqa javob berdi. Ha, uning o'zi xuddi o'zi. Sukunat uzoqqa cho'zilmadi. U ilk bor gapirdi:
- Oyijon-n-n, oyijon...
Mahzunaning ko'z yoshlari lablarini sug'ora boshlagandi. Xuddi bu ovozga aks sado qaytganday qulog'lari ostida takror-takror jaranglardi" oyijon , oyijon..."
Quloqlariga ishonmasdi. Bu ovozni eshitish uchun u soat emas soniya sanardi. Qachon eshitishini bilmasa ham kutardi, intizorlik bilan kutardi. Bu ovozni yana bir bor eshitgisi kelib go'shak yoniga yaqinlashdi:
- Oyijon...
Endi armoni yo'q. Armonsiz ketadi bu dunyodan. Go'shakni qo'ymadi. Lekin qiziga bir og'iz ham gapira olmadi. O'z jigarbandi va halolining taftini hayolan bo'lsa ham his qildi. Go'shakni o'sha yerda qoldirdi va o'z o'rni tomon yo'l oldi.
- Allohim, mushkulimni oson qil... Oilam senga omonat... Yolvoraman. Qizimni xafa qilib qo'yishlariga yo'l qo'ymagin, oxirgi o'tinchim Robbim...
Omonatini topshirdi... Ko'zidagi so'nggi tomchi yosh ham oqib , boshqalari kabi yostig'ini gullarini sug'orardi. Go'shakni qizalog'i qo'ymasdan , umid bilan:
- Oyijon, oyijon qayerdasiz?
- Bo'ldi qizim. Bu onang emas ekan. Adashibman. Onang bo'lganida allaqachon javob bergan bo'lardi. Xafa bo'lma jon qizim. Agar rostan ham bizni yaxshi ko'rgani umuman tashlab ketmagan bo'lardi. Xafa bo'lma, go'shakni qo'y endi. Bo'ldi.
- Dada, lekin oyim....
Mahzuna nega oilasini tark etganini, o'zining dardlari-yu hastaliklariga qo'shib , jamadoniga solib ,o'zi bilan birga olib ketdi...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#2_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#2_kun

Muhlisa Boynazarova:

Yaxshiyam tun borki, bo'lmoq-chun yolg'iz,
Oy birla suhbatlar qurmog'ing uchun.
Go'yoki, dardlarim tinglab hilol ham
G'amlardan dili-yu yuzi dog' bu
kun


Jahongir Sherzod o'g'li:

Yaxshiyam kunduz bor kulmoqlik uchun,
Savob qilmoq uchun, qoqilmoq uchun.
Quyosh zarda bilan sochar nurin lek
Barisi oy qadrin bildirmoq uchun.

: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#2_kun

Sabr
(Hayotiy hikoya)


Bahor quyoshini ko'rgan odamning yuziga beixtiyor tabassum yuguradi. Majnuntollar kelinchakdek asta ta'zim qilgancha yo'lda ketayotgan odamlarga, quyoshga, tabiatga salomini ayamay bermoqda.
Yo'lda ketarkan, Nasibaning ko'ziga ham majnuntol kelinchakdek ko'rindi. Xayollari uni har tomonga tortib ketdi. Shu zaylda uyiga qanday yetib kelganini anglolmay qoldi. Eshikdan kirgan zahoti onasi uni qarshiladi. On asi qiziga nimanidir aytishga shaylanar, tinmasdan u yoqdan bu yoqqa tipirchilardi. Oxiri gap boshladi:
- Bugun xolavachchang Azizdan sovchi keldi. O'zimiz taniydigan bola, nima bo'lsa ham, fe'l-atvorini tushunganmiz. Shunga biz rozilik berdik. To'y kunini ham belgilab qo'ydik.
Bu so'zlarni eshitgan Nasiba garangsib qoldi. Onasiga bir so'z ham aytolmadi. Aytolmaydi ham. Aytsa, onasining fikriga qarshi borgan bo'ladi. Aytmasa, hali yosh, uning ham orzulari bor. Ular nima bo'ladi?
- Qizim, o'ylab javobingni aytarsan, - deya onasi ko'chaga chiqib ketdi.
Nasiba ko'p o'yladi. O'ylab-o'ylab, o'yiga yetolmay qoldi. Va oxiri, ota-onam menga yomon odamni ravo ko'rishmaydi, degan fikr bilan onasiga roziligini bildirdi.
Vaqt uchar qush misol o'tib ketdi. Nasiba va Azizning to'yi ham o'tdi. Hattoki ularning ikki farzandi ham bo'ldi. Biri o'g'il, biri qiz. O'g'li, Rahmon, oqil yigit bo'lib o'sa boshladi. Qizi Dilobar ham oqila bo'ldi, lekin Xudo uni nuqsonli qilib yaratgandi. U hissiyotlarini boshqalarga bildirish qobiliyati - gapirish qobiliyatidan mahrum edi... Ammo farzandlari o'sib yurgan vaqtlarida ota-onasi orasida qandaydir qora mushuk o'tdi. Aziz kun sayin ichkilikka mukkasidan ketar, har kun Nasibani uyga kelgandan so'ng jerkib berar, unga qo'l ko'taradigan bo'lib qoldi.
Bir kuni juda qattiq urishishdi. Aziz tinmasdan qichqirar, Nasiba ham nima aybi borligini anglolmasdan yig'lardi. O'sha kuni Dilobar, hali endi 5 yoshga to'lgan kichkina qizcha, ota-onasining bu urushiga guvoh bo'lib qoldi. Nasiba va Aziz farzandlari bor-yo'qligiga ham e'tibor berishmasdan janjallashishda davom etishardi. Dilobar ota-onasining bu urushini ko'rib, men tufayli janjallashishyapti, degan xayol bilan yig'lab yubordi. Qizcha unsiz yig'lardi. U qo'rqib qoldi. Shu yoshda bo'lishiga qaramay, yuragida og'riqni his qila boshladi.
Kunlar shu zaylda o'tardi. Ammo bir kuni... Bir kuni qora bulutlar keldi bu oilaning boshiga... Aziz va Nasiba endi birga yashashmasdi. Ular ajrashishdi. Buni ularning yoshligi deb qabul qilish kerakmi, hech kim bilmasdi. Ular achinishmadi. O'sha ikki yoshgina farzandga achinishmadi. Aziz farzandlarining holidan ham xabar olmay qo'ydi. Rahmon maktabga o'qiyotgan paytda asta-sekinlik bilan ko'nikdi bunday hayotga. Ammo... Ammo Dilobar otasining ketib qolishida o'zini ayblardi. Shu kundan beri u tinmasdan yig'lardi. Dilobar u gapirolmasligi tufayli shunday janjallar chiqdi, otasi shuning uchun ularni tashlab ketdi deya o'ylardi. Hammasida o'zini ayblardi.
Vaqt doimgidek shoshilib o'tib ketmoqda edi. Rahmon maktabni tugallab, ishlay boshladi. Nasiba yoshligida tikuvchilik hunarini qunt bilan o'rgangandi. Ham ustozlik qilib, ham tikuvchilik qilib bolalarni katta qildi. Dilobar esa maxsus maktabning bitiruvchisi edi bu yil. Onasi unga ham tikuvchilikni o'rgatdi. Nasiba qizi katta hayotga qadam qo'yganda qiynalmasligini xohlardi. "Men ko'rgan qiyinchiliklarni ko'rmasin", - derdi u.
Dilobar maktabni tugatgandan bir-necha oy o'tib, Nasibalarnikiga sovchilar kela boshladi. Rahmon ham singlisini uzatgandan so'nggina katta hayotga qadam qo'yishni, singlisining baxtli bo'lishini xohlardi.
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#2_kun

📍Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida


📆 dekabr oyining 21-sanasida 7-11-sinflarga tarix va ingliz tili fanidan
2-chorak yakuni bo’yicha nazorat imtihoni bo’lib o’tmoqda. Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

QALB VA RUH
(hikoya)


Boshi egilib turgan ruh birdan ola ko'zlari bilan qalbga notabiiy nigohlar bilan boqdi.
- Nega bunday qaraysan, -dedi qalb, -ayt dedingmi? Endi eshit
!

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/QALB-VA-RUH-01-04

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm

SAMO KO'ZYOSHI


Yig'lar osmon, tun og'ushida
Har tomchisi ezar ko'nglimni...
Yig'lar bugun baxtim boshida,
Shalabbolar qilib dilimni...

Ovutmoqqa topolmam bir so'z,
Bormoqlikka yo'q bir bahona.
Tushari bor axir ko'zga ko'z
Ne deb aytay?! Dilim vayrona...

Bo'ldi ko'zyosh to'kmagin, samo
Dard bo'g'zimda, mening ham axir...
G'aming olmoq istadim ammo
Ko'zimda yosh qalqidi oxir.

Men kim, axir: tabib yo bemor,
Nechun dardim senga ovoza?
Sen keldingku qalbimga takror
Biror malham istab fazodan.


: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

Dunyo tayanchi
( Yozilishi
2 yil kutilgan asar)

Shom payti edi. Koʻchada bir necha bolalarning gʻala-gʻovuridan boshqa deyarli hech narsa tinchlikni buzmasdi. Faqatgina ahyon-ahyonda dam-badam etni jimirlatadigan chaqaloqlarning va qaysidir yaqinidan ayrilgan insonlarning alamli yigʻisi eshitilib yurakka gʻulgʻula solardi. Baʼzi - baʼzida esa koʻz yoqlardan shaqollarning chaqaloqdek yigʻlashiga oʻxshagan uvullashlari ham eshitilib ketardi. Bu esa xuddi oʻsha yigʻlayotgan odamlarning ustidan kulib ularga taqlid qilgandek boʻlardi. Bu hamma uchun mollarning moʻlashiga oʻxshagan oddiy holatga aylangandi. Chunki u yerlarda hamma joy ovloq paxtazor boʻlgandan keyin bu yerlar shaqollarga nafaqat oʻzlari uchun, balki avlod-u ajdodlari uchun ham doimiy boshpana edi. Bu yerliklar ularni "1847-yildan beri bor" deyishadi.
Faqirgina bir kulba oldidagi bir nechta yogʻochdan eplama qilib yasab qoʻyilgan "skameyka" da ana shu uvullash-u , yigʻi ovozlarini eshitib xayolning cheksiz ummoniga gʻarq boʻlgan Gulchehrani birdan bu ummondan onasining pichirlab oʻqiyotgan shom namozining ovozi olib chiqdi. Endi Gulchehrani oʻsha voy-dod ovozlari emas, balki Ollohning borligini eslatuvchi kuy eʼtiborini oʻgʻirladi. Ayniqsa onasining "Hammasi uchun shukur senga Robbim" degan soʻzlarining maʼnosini tushunmasa-da, bu soʻzlar uning jajji yurakchasiga boshqacha taʼsir qildi. Oʻzi ham uni bir necha marotaba pichirlab takrorladi. Endi u yana oʻsha ummonga choʻkdi. Lekin uni endi umuman boshqa narsa oʻylantirgan edi. Shunda uni bu ummondan yana onasining "Gulchehra ovqatga" degan mayin ovozi olib chiqdi.
Gulchehra xira shamning yogʻdusida ovqatlanar ekan, birdan uning koʻzlari onasining momotaloq boʻlgan yuziga tushdi. Gulchehra beixtiyor:
-Dadam sizni yana urdimi- deb yubordi.
- Voy oʻlay , unaqa demagin qizim. Dadangning qoʻli yuzimga tegib ketdi. Qachon koʻrgansan dadangning urganini?
- Har doim. Dadam har kuni, ishi yurishmaganida sizni uradilar, oʻzim koʻrganman. Kecha ham koʻrdim.
- Qoʻysangchi unaqa gaplarni, ovqatingni tez yeginda joyingga bor. Joyingni ayvonga solib qoʻydim.
- Siz-chi yemaysizmi - deb soʻradi Gulchehra unga tikilib oʻtirgan onasiga
-Dadang kelsin, keyin yeyman.
Gulchehra indamadi-da, ayvonga, joyiga borib yotdi-da, zum oʻtmay uxlab qoldi.
Yarim tunga qarab uyda shovqin eshitila boshladi. Gulchehra bu ovozdan uygʻonib ketdi-da " Dadam keldi, shekilli" dedi va yana uxlab qoldi.
Ertalab tursa onasi stol yonida burni va qulogʻi qonab yotardi. Qoʻshnilar esa koʻz yosh qilardi. Gulchehra nima boʻlganini tushundi shekilli, qotib qoldi... Goʻyo u uchun dunyo ostun-ustun boʻlib ketgandek boʻldi.
Onasini peshin namoziga chiqarishdi. Agarda hozir onasi tirik boʻlganda peshin namozini oʻqib yana oʻsha "Hammasi uchun shukur senga Robbim" deb pichirlab aytayotgan boʻlardi. Onasini yerga qoʻyib boʻlishgani bilanoq hozirgina chaqnab turgan havoning birdan avzoyi buzilib yomgʻir quya boshladi. Odamlar tarqalishar ekan ular orasida " Urushga bizlardan ham chaqirib boshlashibdi" degan gaplar tarqaldi.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Rassomchilik

👨‍✈️Bayramga bayramona tuhfa.

🌠: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm

U uzoqda qolgan...

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Oʻziga soddalik, soxtalik boylab.
Oʻzimga talpidim, chaqirdim, ammo,
Kelmadi. Kutgandim men uni oylab.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Yurib oʻtolmadi yoʻlaklarimdan.
Hayqirib, toʻlgʻonib, yigʻlatib ketti,
Zarbalari oʻtdi yuraklarimdan.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Poyonsiz yoʻllarda boshlardi aldab.
Tengi yoʼq yolgʻonni qoʻlimga berdi,
Soʻzlarning ortidan, soʻzlarni qalab.

Uzoqda qoldirdim, juda uzoqda,
Oqizib yubordim kattakon selda.
Xanjarlarni urib oʻldirib keldim,
Bahorlari qaytmagan elda.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Qancha yiroqlashsam qalbimda hurlik.
Oldinda eng buyuk kelajak kutar,
Orqaga bir qarab qoyaman kulib.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda...

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Jarayon
#STEM_olimpiada
#2_kun

🏫 Ogahiy nomidagi ijod maktabida bugun, 24-yanvar kuni 𝙎𝙏𝙀𝙈 (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science )fanlari bo'yicha
Agentlik fan olimpiadasi maktab bosqichining yozma ish jarayonlari bo'lib o'tdi.


✈️Barcha o'quvchilarimizga omad tilaymiz!

📸 𝘓𝘢𝘷𝘩𝘢𝘭𝘢𝘳𝘥𝘢 𝘰𝘭𝘪𝘮𝘱𝘪𝘢𝘥𝘢 𝘫𝘢𝘳𝘢𝘺𝘰𝘯𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘪 𝘬𝘶𝘻𝘢𝘵𝘪𝘴𝘩𝘪𝘯𝘨𝘪𝘻 𝘮𝘶𝘮𝘬𝘪𝘯.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Agentlik_olimpiadasi
#QIzlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#2_kun

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "STEM FANLARI OLIMPIADASI" ning Xorazm viloyati hududiy bosqichining navbatdagi fanlari bo'yicha olimpiada jarayonlari davom etmoqda.

Shuningdek, bugun matematika fanidan "QIZLAR OLIMPIADASI" ham o'tkazilmoqda.

📍Urganch shahridagi IT-Parkda:

Informatika (8-9-10-11-sinflar)

📍 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:
Kimyo (8-9-10-11-sinflar)
Biologiya (8-9-10-11-sinflar)
Fizika (8-9-10-11-sinflar)
Qizlar olimpiadasi (Matematika fanidan 5-11-sinflar)

fanlardan o‘tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#ijodiy_olimpiada
#2_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA ISHTITOKCHILARI ERKIN VOHIDOV HAYKALI POYIGA GUL QO‘YISH JARAYONLARIDAN LAVHALAR


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#ijodiy_olimpiada
#2_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA ISHTITOKCHILARI ERKIN VOHIDOV MEMORIAL MUZEYIGA SAYOHAT QILDILAR


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈