Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Raqamli_avlod
#IT_2023_oromgoh
#Toshkent_shahri

🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ Xabaringiz bor Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik qishki lagerda — "Raqamli avlod IT 2023" bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o‘quvchilari ham ishtirok qilayotganini ta'kidlab o‘tgan edik.

📆 5 kun davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha mentorlar tomonidan yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lishdi.

🎚️ Olingan bilimlar asosida ijodiy ishlar tayyorlab ularni hakamlar hay'atiga taqdim qilishdi. Yuqorida, "Digital Design" yo‘nalishi bo‘yicha 10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Bibinur tomonidan tayyorlangan "Yangi O‘zbekiston" nomli grafik ishlanmani ko'rishingiz mumkin.

Ma'lumot o‘rnida bugun "Raqamli avlod IT 2023 " oromgohining taqdirlash va yopilish marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod
#IT_2023_oromgoh
#Toshkent_shahri

🟨🟨🟨🟨🟨
🍵🍵🍵🍵🍵🍵🍵

✉️ Ayni damda Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik qishki lagerda — "Raqamli avlod IT 2023" yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

✉️ Unda "Media" yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy munosib taqdirlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod
#IT_2023_oromgoh
#Toshkent_shahri

🔴 "Media" yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy tomonidan tayyorlangan video rolik "Raqamli avlod IT 2023" oromgohi tashkilotchilar tomonidan yuksak baholandi.

🎬 Marhamat tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod
#IT_2023_oromgoh
#Toshkent_shahri

🟥🟥🟥

📍 Toshkent shahrida IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik qishki lagerda — "Raqamli avlod IT 2023" yopilish marosimida faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Ular ichida "Digital Design" yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Bibinur va "Media" yo‘nalishidan 10-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloylar ishtiroki bilan alohida ajralib turdi.

⚡️ Oromgoh yakuniga ko'ra o‘quvchilarimiz hakamlar hay'ati tomonidan munosib deb topilib Sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👏 Yuksak e'tirofga sazovor bo‘lgan o‘quvchilarimizni Ogahiy jamoamiz nomidan samimiy tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
#Raqamli_avlod #IT_2023_oromgoh #Toshkent_shahri 🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✉️ Xabaringiz bor Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida IT sohasi qiziquvchilari uchun 5 kunlik qishki lagerda — "Raqamli avlod IT 2023" bizning Ogahiy nomidagi…
#Raqamli_avlod
#IT_2023_oromgoh
#Toshkent_shahri

🟥🟥🟥

🔍 "Digital Design" yo‘nalishi bo‘yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Bibinur o‘zining noyob iste'dodi bilan ko'pchilikni qoyil qoldira oldi.

Uni yuqoridagi bugungi ishtirokchilarini taqdirlash marosimida topshirilgan sertifikatda Bibinur tomonidan chizilgan grafik ishlanma qo‘yilganidan ham bilishimiz mumkin.

✍️ Ijodkor o‘quvchimizga ijodiy barkamollil tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#Taqdirlash_marosimi
#Toshkent_shahri

📍 Toshkent shahrida joylashgan "Ilg'or tadqiqotlar ilmiy markaz" ining 2023-yil 13-yanavardagi 03-sonli buyrug'iga asosan "Ilm-fan iftixori" ko'krak nishoni bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi, mahoratli pedagog Qarriyeva Sohiba Odomovna taqdirlanadilar.

👏 Maktab jamoamiz nomidan qadrli ustozimizni samimiy qutlab qolamiz. Yutuqlar bardovom bo‘lsin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_respublika
#Toshkent_shahri

🔶 Ayni damda Toshkent shahrida Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi boshlanmoqda.

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining o’qituvchilaridan tashkil topgan "Ziyolilar" jamoasiga omad tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Toshkent_boʻylab
#Zakovatchilar_sayohatda

❇️
Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Zakovat" turnirining respublika bosqichida ishtirok qilgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova boshchiligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shaqrshunoslik instituti qo'lyozmalar fondiga ilmiy sayohat uyushtirishdi.

Sayohatda tarix fanlari nomzodi, ogahiyshunos olim Nuryog’di Toshev hamrohligida lirik shoir Muhammad Rizo Ogahiy bobomizning dastxat va qo'lyozmalari bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

🔎 Bir olam taassurotlarga boy sayohatda o‘quvchilar qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Toshkent_xotiralari
#Oʻquvchilar_sayohatda

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan tashkil topgan "Zakovat klubi" Toshkent shahrida joylashgan O‘zbek adabiyot darg‘alaridan biri Musa Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning uy muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

🏛 Muzeyda Oybekning bolalik yillaridan to umrining oxirigacha o'zi foydalangan buyumlar, oilaviy suratlari, yozgan asarlari, maktublari, olgan mukofotlari jami 10 mingdan ortiq eksponatdan iborat bo'lib, uy muzeylari ichida eng boy muzey hisoblanadi. Muzey 1980-yilda Oybekning turmush o'rtog'i Zarifa Saidnosirova tashabbusi bilan tashkil etilgan.

📍 Sayohat yakunida muzey xodimasi tomonidan muallif qalamiga mansub to‘plam o‘quvchilarimizga esdalik sovg‘a sifatida berildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Toshkent_xotiralari
#Oʻquvchilar_sayohatda

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilaridan tashkil topgan "Zakovat klubi" Toshkent shahrida joylashgan O‘zbek adabiyot darg‘alaridan biri Musa Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning uy muzeyiga uyushtirilgan sayohatdan foto lavhalar.

Muzey bilan tanishish davomida o'quvchilarimizga Ogahiy nomidagi ijod maktabining birinchi bitiruvchilari, bugungi kunda Toshkent shahridagi Jahon tillari universitetining 1-kurs talabalari - olimpiadachi o'quvchimiz Hakimova Sarvinoz va shoira o'quvchimiz bo'lgan Saparboyeva Ziyodalar hamrohlik qildilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Taʻtil_taassurotlarim
#Toshkent

❄️ Qishki ta'til barcha o‘quvchilarimiz uchun mazmuni va taassurotlarga boy tarzda o‘tganligi shubhasiz.


🔳 Ana shunday baxtiyor o‘quvchilarimizdan Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Odilbekova Shahzodaning Toshkentga sayohati xotiralarini o‘rtoqlashishni ma'qul ko‘rdik.

📱Sizlarga ham ilindik. Tomosha qilishingiz mumkin.


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Matonatli Maryam” filmining tizeri e’lon qilindi

30.01.2024 / 13:00
#Toshkent
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Toshkent_viloyati

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan ingliz tilida matematika fani oʻqitilayotgan sinflaridagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Taʼlim muassasasida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi De La Cruz hamda Foman Macabinguil hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nurafshon shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube