#men_sevgan_asar
#maqola
Har bir odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak hissa qoʻshgan ajdodlarimiz hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shoh va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning bu asari har doim stolim ustida turadi. Boʻsh qoldim deguncha uni varaqlagim, buyuk vatandoshim taqdirini oʻrgangim kelaveradi. Mohir yozuvchi Pirimqul Qodirov bu asarni juda katta mehr va mahorat bilan yozgan. Uni oʻqir ekanman oʻrta asrlardagi Movoraunnahr, Andijon, Axsi, hatto qadimiy Shosh koʻz oldimda bor boʻyi basti bilan gavdalanadi. Yurtimiz oʻtmishda ko’plab inqiroz va parokandaliklarni bishdan kechirganiga qaramay gullab yashnagani, ilmi urfon makoni boʻlganini his qilib yuragimda qandaydir faxrmi, quvonchmi uygʻonadi.
O’n ikki yoshida toj-u taxt tashvishi boshiga tushgan Boburning irodasiga qoyil qolaman.Bu asarda muallif o’n beshinchi asrda yashagan xalqimizning turmush tarsi,dunyoqarashi, kiyim kechaklari,uy-joylari hatto shevasini ham juda aniq , qiziqarli ta’riflaganki,beixtiyor o’zingni ular orasida his qilasan.Chunki unda inson qalbi, ruhiyati va orzu-armonlari aks etgan.
Romanning men uchun eng ibratli jihati shuki, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz maqsadi yoʻlida turfa qiyinchiliklarga, taqdirning beshafqat zarbalariga mardona dosh berganligidir.Boburni oʻz yurtiga sigʻdirishmaganligi bois “boshini olib bir sorigʻa” ketgan boʻlsa-da, u kindik qoni toʻkilgan diyoridan yuz oʻgirmadi. Butun umr yurtini sogʻinib, unga intizor boʻlib, talpinib yashadi. Unga aslo yomonlik tilamadi. Axir Vatan- ona, onadan esa arazlab boʻlmaydi.U o’z sheʼrlarida bu mehrni, sogʻinchni takror-takror izhor qildi.Afsuski, bobomiz ona yurtiga,kindik qoni to’kilgan jonajon diyoriga qayta olmadi.Bu bir kam dunyo deb shunga aytishsa kerak. Biroq Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz taslim bo’lmadi. Hindistonda ko’plab buyuk ishlar qildi.Vataniga qaytish niyatida bo’lgan birorta insonga to’sqinlik qilmadi.Ha, tengdoshim! Bizning alloma bobolarimiz nafaqat so’zda, amalda ham avlodlarga ibrat bo’luvchi ishlarni amalga oshirgan. Bugun “Yulduzli tunlar” romanining davomi “Avlodlar dovoni” asarini o’qishga kirishar ekanman,adabiyotimizni shunday bebaho asar bilan boyitgan, buyuk shoh va shoir bobomiz Bobur hayotini kitobxonlar ko’z oldida to’liq va go’zal tiklab bergan zahmatkash adib Pirimqul Qodiriv ruhi oldida bosh egaman.Chunki moziyga qaytib ish ko’rishlik hayrli,deydilar. Bizga hech kimdan kam emasligimizni va kam bo’lmasligimizni ko’rsatib bergan bunday asar abadiyatga dahldor.
Kitob hali sen ko'rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so'zlarni aytadi.Gohida kitoblar olamiga tushib qolsam deysan. Faqat kitoblar... Sokinlik...
Aziz tengdoshim ! Vertual hayotga butun borlig’imiz bilan berilib ketib, asl ma’naviy do’stimizdan yiroqlashmaylik !
Xorazm viloyati Xiva shahar Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Xayitboyeva Kumushoy

575-Ishtirokchi
#uyda_qoling
#maqola_tanlovi
Farzandlaring senga suyanch, O’zbekiston!
Buyuksan,mo’tabarsan eng ulug’ zamin-onajon Vatan!
(Ozod Sharafiddinov)
Bir donishmandning “Bilimning o’zi kamlik qiladi,siz-uni qo’llashingiz kerak,xohishning o’zi kamlik qiladi , siz –uni amalga oshirishingiz kerak”,- degan so’zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak,biz o’zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish,ularni amalda qo’llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin.Buning uchun esa orzular ushaladigan yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo.
Vatan –kindik qonimiz to’kilgan maskan,muqaddas dargoh.Mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan , har qarich yeri, bir kaft tuprog’I zar ,ko’zga gavhardir.Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi biz farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir.Bulbul o’z bog’ida yayrab sayraganidek,odamizot ham o’z yurtida baxt osmonini quchadi.Bu maskanning na bahosi va na qiyoslaguvchi qudrati bor.Vatan uning har bir farzandi uchun muqaddasdir.Uning qadrini vatangado va musofir biladi.Yurtimizning suvidan to giyohiga qadar barchasi himoyalangan.Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydirmog’I, kelajagi uchun oz bo’lsada nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Axir biz tinch va farovon mamlakatning ertagi kuni, ishonchi va suyanchimiz. Shunday ekan , o’zimizga bo’lgan ishonchni oqlaylik ! Axir eng asosiy burchimiz Vatan va ota- onamiz oldidagi farzni ado etish emasmi ?! O’z salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan va qalbiga ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish va O’zbekistonning ertagi kunini davom ettirguvchi bilimga chanqoq ,zukko,jahon minbarida turishga qodir,Al-Xorazmiydek matematikada, Alisher Navoiydek adabiyotda,Ibn Sinodek tibbiyotda o’z iste’dodini namoyon qiluvchi farzandlari borligini dunyoga yana bir bor ajdodlarga munosib ravishda tanitish uchun orzularimizni birlashtiraylik! Keling ,yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun barchamiz bir safda Vatan suyanchi bo’laylik!
Darhaqiqat,bugungi o’zgarishlar davri yuksak mahorat va bilimni talb qiladi.Buni inkor qilishning esa ilojisi yo’q.Rivojlangan davr til bilishini talab qiladi.Bobomiz Farobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan.Astronom,matematik va geograf bobomiz Beruniy nomi esa Oydagi kraterlardan biriga berilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”asari esa hatto Yevropada ham ma’lum vaqt qo’llanma bo’lib keldi.Al-Xorazmiy bilimining mahsuli esa butun dunyoda, ya’niki,har birimiz ishlatayotgan anashu kichik bir telefonda mujassam ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz.Bizning bobolarimiz ana shunday ,har birining jihatlatlari-yu asarlarining sanog’i yo’q.To’g’ri, biz bu bilan g’ururlanamiz.Lekin faqat g’ururning o’zi kamlik qiladi.Buning uchun biz ham Vatanimiz , xalqimiz, ota-onamiz faxrlanishiga arzigulik iymoni but farzand bo’lishimiz zarur. “Dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo’qolmaydigan bebaho bir boylik borki,u ham bo’lsa,farzandiga bergan bilim va hunardir.” Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning yuqoridagi so’zlari bizga bo’lgan ishonch va e’tiborning naqadar ma’suliyatli ekanligini eslatib turadi.Zeroki, biz farzandlar Vatan suyanchi ekanligimizni unutmasligimiz darkor!
Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Xayitboyeva Kumushoy
Kanalga obuna indeksi👇👇👇
t.iss.one/Vobkent_Talim_taraqqiyoti

#Maqola
Respublika "Tong yulduzi" gazetasining 2021-yil 3-maydagi sonida Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmiraning "Sohir so'zga muhabbat" nomli maqolasi chop etildi.
#Ogahiy_ijod_maktabi

#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
#Maqola
Oʻzbegim Zulfiyasi
Havas-la boqamiz bir dunyo orzu,
Umidlar bilan biz siz bosgan izga.
Nomingiz nomiga qoʻshmoq ushbu kun,
Eng ulugʻ orzudir bunda har qizga.
Taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yilning 1-mart sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Shoira yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan mehnatkash. Sharq ayollarining jamiyatdagi teng huquqi uchun kurashgan haqiqiy ayol. Shoira ayni kamolga yetgan davrda urush boshlandi. Shunday ogʻir vaziyat boʻlishiga qaramasdan serqirra ijodkor qalamni qoʻlidan qoʻymadi. Urush paytlarida "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) kabi toʻplamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va gʻalabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir. Shoira "Oʻylar" va "Shalola" kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan(1970).
Zulfiyaxonim oʻttizdan ziyod sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Badiiy ijod sohasidagi xizmatlari uchun Davlat mukofoti, 1968-yil Javoharlal Neru nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlanadi. Tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro "Nilufar" mukofotiga sazovor boʻldi(1970).
Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan. Shuningdek asarlari rus, ingliz, nemis, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, boshqird kabi bir qancha tillarga tarjima qilingan. Vera Inber, Lesya Ukrainka, Marvarid Dilboziy, Amirta Pritam, Lermontov ijodini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiyaning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va eʼzozga erishdi. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999- yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Shuningdek 2017-yilda ochilgan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon ijod maktabi qad rostladi va hozirgacha Zulfiyaxonimning ishlari izdoshlari tomonidan davom ettirilmoqda.
✍Ogahiy ijod maktabi 7-"B" sinf oʻquvchisi Rustamova Sabrina
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
#Maqola
O'zbegim Zulfiyasi
O'zida sadoqat timsolini mujassam etgan Zulfiya Isroilova 1915-yilning ilk bahor kunida Toshkentda tavallud topdi. U xotin-qizlar bilim yurtida o'qib yurgan vaqtlaridayoq adabiy to'garaklarga qatnashib, she'rlar mashq qiladi. She'riyat biror bir kasb yoki hunar emas. Shunday ekan Zulfiyaxonimni ham tug'ma istedod sohibasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Zulfiya Isroilovaning boshqa shoirlardan farqli tarafi shundaki, u nimagadir ishonib yashadi. Shuning o'zi katta gap edi. Agar hayotni faqat sinovlardan iborat deb bilsangiz haqiqatdan ham sinovga to'la hayotda yashaysiz. O'zingizga nimani ravo ko'rsangiz o'sha bo'ladi. Zulfiyaning hayotining ayni kamolga yetgan davrlari urush vaqtiga to'g'ri keldi. Turmush o'rtog'i Hamid Olimjon ham vafot etadi. Ikki farzand bilan yolg'iz ayolning boshiga ne-ne kunlar tushadi. To o'zingizda tartib o'rnata olmas ekansiz, tashqaridan shodlik izlash behuda.Tashqari sizni tezda zeriktiradi va yana yig'ishtirilmagan o'sha uyingizga qaytasiz.Tartibni o'zingizdan , o'z ichki dunyoyingizdan boshlang. Zulfiyaxonimda biz shuni ko'rishimiz mumkin. Taqdirning qilgan o'yinlariga qaramasdan o'zini tartibga sola bildi. Nafaqat hayotda , balki she'riyatda ham o'z o'rnini topdi. Albatta, barcha tunlar tongga eltadi. Go'zal va betakror she'rlari tufayli u "Nilufar", "Javoharlal Neru" mukofotlariga sazovor bo'ldi. U ko'pincha bahor, xijron, vatan, tinchlik, inoq-ahillik kabi mavzularda barakali ijod qildi:
Sahnaga chiqardi sipo va vazmin,
Chinor ham, nihol ham she'r chamanida.
Keksa-yu yosh, ota-yu farzandday yaqin,
Yonma-yon do'stlikning bu bayramida.
Sharqning ham buzilmas odatlari bor,
Hindlar udumiga qilamiz amal.

Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi
Zulfiyaxonimning ijod xazinasiga nazar tashlasak, unda bahor shamoli, quyoshning zarrin nurlari, boychechagu qaldirgʻochlar, inju suvlar, yam-yashil maysazorlar, daraxtlarning ustidagi rang-barang va harir roʻmollarni koʻrish mumkin. Bu gulshanda Zulfiya vafo va sadoqat farishtasi timsolida kezib yuradi. Shoira 1915-yil bahorining birinchi kunida Toshkentdagi Degrez mahallasida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Zulfiyaxonimning qalb tugʻyonlari vafo va sadoqat ifodasidir. Zulfiyaxonim atoqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbatiga sazovor boʻlgan baxtli turmush oʻrtogʻidir. 1944-yil mashina halokati tufayli Hamid Olimjon dunyodan koʻz yumdi. Zulfiyaxonimning hayoti endigina osuda va sokin, baxtli yashayotgan bir paytda mana shu dard yuki yelkasiga tushdi. Irodali shoiramiz bu uztirobni butun umr kuylab oʻtdi. Zulfiyaxonimning bu sadoqati biz kabi yoshlarning qalbida butun umr saqlanib qoladi. Shuning uchun ham Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi deya ta'riflanadi. Shoira 1996-yilda 81 yoshida vafot etadi. Shoiradan bizga juda katta xazina meros qoldi. Uning hozirgi kunda chop etilayotgan qator she'riy toʻplamlari, nafaqat bizning kitobxonlarimiz tomonidan, balki chet ellarda ham sevib mutolaa qilinmoqda. Zulfiyaxonimning nomi va xotirasi abadiydir. Uning xotirasi qalbimizda va yuragimizda muhrlanib qoladi.
✍ Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Toʻliboyeva Mohinur
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Maqola
Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi
Zulfiyaxonimning ijod xazinasiga nazar tashlasak, unda bahor shamoli, quyoshning zarrin nurlari, boychechagu qaldirgʻochlar, inju suvlar, yam-yashil maysazorlar, daraxtlarning ustidagi rang-barang va harir roʻmollarni koʻrish mumkin. Bu gulshanda Zulfiya vafo va sadoqat farishtasi timsolida kezib yuradi. Shoira 1915-yil bahorining birinchi kunida Toshkentdagi Degrez mahallasida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Zulfiyaxonimning qalb tugʻyonlari vafo va sadoqat ifodasidir. Zulfiyaxonim atoqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbatiga sazovor boʻlgan baxtli turmush oʻrtogʻidir. 1944-yil mashina halokati tufayli Hamid Olimjon dunyodan koʻz yumdi. Zulfiyaxonimning hayoti endigina osuda va sokin, baxtli yashayotgan bir paytda mana shu dard yuki yelkasiga tushdi. Irodali shoiramiz bu uztirobni butun umr kuylab oʻtdi. Zulfiyaxonimning bu sadoqati biz kabi yoshlarning qalbida butun umr saqlanib qoladi. Shuning uchun ham Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi deya ta'riflanadi. Shoira 1996-yilda 81 yoshida vafot etadi. Shoiradan bizga juda katta xazina meros qoldi. Uning hozirgi kunda chop etilayotgan qator she'riy toʻplamlari, nafaqat bizning kitobxonlarimiz tomonidan, balki chet ellarda ham sevib mutolaa qilinmoqda. Zulfiyaxonimning nomi va xotirasi abadiydir. Uning xotirasi qalbimizda va yuragimizda muhrlanib qoladi.
✍ Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Toʻliboyeva Mohinur
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#BIZ_VA_OAV
#MAQOLA
🗞"XXI asr" ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2022-yil 19-maydagi sonida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Boburjon Sadullayevning "ERTAMIZ EGALARINI QANDAY TARBIYALAYMIZ?" sarlavhasi bilan o'qimishli maqolasi chop etildi.
🔰Boburjonning keyingi ilmiy-pedagogik faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

#Xushxabar
#Maqola
🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali tarix fani o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Allamova Nazokat Azadovnaning "TARIX DARSINI O'QITISHDA INTERFAOL USUL VA TEXNOLOGIYALAR" nomli ilmiy maqolasi "IJODKOR O'QITUVCHI" respublika ilmiy-uslubiy jurnalida nashr etildi.
✔️Shu bilan birga, Nazokat Azadovna maqolasi uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.
✅Izlanuvchan ustozni ushbu muvaffaqiyat va e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram

🟠Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi matematika fani o'qituvchisi Davletova Dilnoza Nadir qizi "TA'LIMINING ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI" mavzusida o'tkazilgan respublika onlayn ilmiy amaliy konferensiyasida o'zining ingliz tilidagi "USING NEW METHODS IN TEACHING MATHEMATICS" nomli maqolasi bilan ishtirok etdi va ushbu maqola "USTOZLAR UCHUN" Respublika ilmiy-uslubiy pedagoglar jurnalida nashr etildi va sertifikat taqdim etildi.
♻️Mahoratli ustozni ushbu muvaffaqiyat va e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#Xalqaro_jurnal
#Maqola
🟠Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Atayeva Zamira Raximberdiyevnaning ingliz tilidagi "USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING CLASSICAL LITERATURE" maqolasi "Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research" nomli xalqaro jurnalida nashr etildi va sertifikat taqdim etildi.

🟠Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi biologiya fani o'qituvchisi Masharipov Muzaffar Rashidbekovichning "YO'QOLIB BORAYOTGAN O'SIMLIK VA HAYVONLARNI SAQLASH UCHUN QILINGAN ISHLAR" maqolasi "Journal of new century innovations" nomli xalqaro jurnalida nashr etildi va sertifikat taqdim etildi.