#Asarlar_muhokamasi
#Jarayon
🔲 Joriy yilning 8-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 3-choraklik oldidan o‘quvchilarning kitobxonligini oshirishga qaratilgan "Bir haftada-bir kitob" loyihasi bo‘yicha muhokama jarayonidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#7_kun
#Nazm
Shoir sheʼrlar yozib turmasa agar,
Aslo yorishmaydi tonglari sahar.
Zulmatga aylanar yurgan yoʻli
ham,
Aslida shoirga faqat sheʼr malham.
Bulbul navosi ham tatimas unga,
Aylanib qoladi maʼyus bir gulga.
Parvona misol u sheʼr asli bir sham,
Shoirlarga sheʼrlari boʻladi malham.
Yurakda tuygʻular cheksalar figʻon,
Sheʼrlarda hislari boʻladi ayon.
Soʻzlarda iztirob, koʻksi toʻla gʻam,
Shoirlarga sheʼrlari boʻladi malham.
Misralar dardiga boʻlganday davo,
Birgina soʻzdan u olar koʻp maʼno.
Kulib turar, yuragiga toʻlsada alam,
Shoirlarga sheʼrlari boʻladi malham.
✍️: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

#Nasr
O'tinch
(Falastindagi begunoh qoni to'kilayotgan mitti jonlarga bag'ishlanadi)
Osmon yana o'sha daxshatli ko'rinishidan hali-hanuz chiqqani yo'q. Bu atroflarda na daraxt qoldi va na biron-bir ko'klamzor...
Hammasini yahudiy tankining bahaybat, zalvorli g'ildiraklari yakson qilib ketgan. Agar tepadan boqsang faqat cho'l-u biyobondek odamlari har tarafga sochilib yotgan yerni ko'rasan. Yaqinlashib boqgudek bo'lsang vahshiylarcha sodir qilingan qotillikni va gunohkorlarni borligiga amin bo'lasan. Bu qotillik to'xtagani yo'q, chunki yo begunohlarni xalos qilgani bir kuch, yoki gunohkorlarni to'xtatgani bir aql insoni topilmayapti. Shu atrofdagi deyarli barcha uylar bombardimon qilingach, dushmanlar qo'shini tirik jonlarga ham o'zining zaharli nayzalarini birma-bir sanchib chiqdi. Aholining ko'pchiligi hali yosh bolalar bo'lsa-da, dushmanlar juda bir "Insoniylik" bilan qo'llarini norasidalarning qoni bilan bulg'ashdi. Ularni qo'lidan hech zot omon qolmadi-yu biroq o'zidan sal nariroqda portlagan bombaning zarbida uyib qo'yilgan jasadlarning ortida ko'rinmay qolgan bir mitti jon hali-hanuz nafas olardi. Yuzlariga qora kuyalar tekkan, sochlari tuproqdan to'lgan, ko'zlari qizarib, qoshlari qonayotgan va bir qo'li lat yeganidan, og'rib unga azob bermoqda edi. O'sha jasadlar orasida uning onasi ham bor, uni oldiga borib boshqa odamlar oldidan tortqilab chiqardi.
- Onajon, -dedi oyisining boshini tizzasiga qo'yib sochlarini silarkan, -ko'zingizni oching, iltimos meni qo'rqitmang. Bo'lmasa ukam qo'rqib qolishi mumkin.
Mitti jon yig'lay boshladi, har yig'laganida ora-ora o'kinib qo'yar va ko'z yoshlarini artib "Yig'lamayapman" der edi.
- Turing, siz menga "O'g'lim senga uka tug'ib beraman, birga o'ynaysizlar" deb va'da bergandingizku. Nega bunday qilayapsiz.
Shu so'zlarni ayta tugmalari tushgan, oppoq, bir yengi yirtilgan kuylagini yechib onasining ochiq qolgan ko'zlarini berkitib qo'ydi. Va xuddi namozga, sajdaga bormoqchidek o'tirib olib "Allohimga o'tinchim" deya so'z boshladi:
O'tinch
Karami keng Allohim, hammadan ham o'zing yaxshisan, iltimos sendan, ahli musulmonlarni o'zing saqla. Endi hech kim o'lmasin, bizga qayerdandir mo'jizalar yubor. Axir insonlar, chaqaloqlar, tug'ilmagan go'daklar shunchaki nobud bo'laveradimi?!..
...Parvardigorim, seni qo'lingdan kelmaydigan ish yo'q, bir bora amr qilib, bizni Vatanga farishtalaringni yuborsang yaxshi bo'lardi. Men o'qish yoki yozishni bilmayman, bilsam senga kabutar bilan xat yozib yuborardim. Bilasanmi, seni huzuringga borish ham men uchun eng oliy baxt. Lekin Vatanimning islomiy tuproqlari, yahudiylar qo'liga o'tishini istamayman. Bor o'tinchim shu, bajarasan degan umiddaman.
Bolakay shu so'zlarni pichirlab aytarkan qo'lini duoga ochdi va "Ilohim Vatanim go'zalliklarga to'lsin, ahli insonlarning qalbini ezgulikka to'ldirgin Allahu akbar" deb fotiha o'qidi.
Mayin ko'zyoshlari oqib, yuzining qora dog'larini artib toza qilib ketdi. Charchab ketgan ko'zlarini yumishga ham qo'rqar, lekin na iloj uyqu o'z domiga tortaverarkan, ko'zlarini yumdi. Shundan keyin, qora uzumdek bo'lib turgan chiroyli ko'zlarini faqat nurlar yog'ilib turadigan, oppoq qanotli farishtalari bor go'zal joy - Ravzada ochdi.
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

#Xushxabar
#Xalqaro_jurnal
🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygulning 🇩🇪 Germaniya davlatining Ravan Gage jurnali tomonidan "Road" (yo‘l) nomli hikoyasi ingliz tilida chop qilindi.
👏 Oygulga ijodiy barkamollik tilaymiz.

#Iliqqina_tortiq
#Yoshlar_toʻplami
➡️ Iste'dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Xorazm" nashriyoti tomonidan "Muvaffaqiyat darvozasida" nomli 2-kitob xalqaro ijodiy almanaxi nashr qilindi.
📄 Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Qodirberganova Madinaning ekologiya mavzusidagi maqolasi ham o‘rin olgan.
👏 O‘quvchimizga ijodiy zafarlar tilaymiz.

#Tanlovga
#14_yanvar
Mening armiyam-mening faxrim
5-ISHTIROKCHI
🌠: Bardiyeva Ruhshona,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

6-ISHTIROKCHI
🌠:Soburov Muntazir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

KUN TARIXI
Bugun 10-yanvar haftaning chorshanba kuni.Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
🔸Oltin moʻyna ordeni taʼsis etildi (1430).
🔸Londonda dunyoda birinchi metropoliten ishga tushdi (1863).
🔸Berlindagi UFA-Palast-am ZOO kinoteatrida rejissyor Fris Langaning “Metropolis” nomli ovozsiz film taqdimoti bo‘lib o‘tdi (1927).
🔸Tentenning sarguzashtlari haqida komiksning birinchi seriyasi nashr etildi (1929).
🔸 BMT Bosh Assambleyasining birinchi majlisi (1946).
🔸 O‘zbekistonlik kosmonavt-uchuvchi Vladimir Jonibekov kosmosga birinchi marta parvoz qildi (1978).
🔸 Soliq akademiyasi, Soliq va bojxona organlari akademiyasi sifatida tashkil etildi (2001).
🔹Yozuvchi, shoir, tarjimon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavallud topgan kun (1905).
🔹 Etnograf olim, O‘zbekiston FA akademigi tarix fanlari doktori, professor Shoniyozov Karim tavallud topgan kun (1924).
🔹 Aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Shirin Azizova tavallud topgan kun.
🔹Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori Rixsivoy Avazov tavallud topgan kun (1942).
🔹 Xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Habiba Oxunova tavallud topgan kun (1943.)

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#8_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "IV-V asrlarda Xioniylar va kidariylar" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda o‘lkamizga kirib kelgan xioniylar va kidariylar qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...

#ERTADAN_MAKTAB
Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun III chorak darslari ERTAGA 11-yanvar kuni boshlanadi!
Maktab oʻquvchilari uchun 2023-yilning 28-dekabr kunidan qishki taʼtil boshlangan edi.
Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 2024-yil 10-yanvargacha davom etdi.
III chorak darslari 2024-yilning 11-yanvar (payshanba) kunidan boshlanadi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#OAV_biz_haqimizda
#Xiva_tongi
🗞 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva Dilraboning 14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlab yozgan "Qutlov" nomli she'ri Xorazm viloyatining ommabop tahriryatlaridan biri hisoblanmish 🌈"XIVA TONGI" gazetasining 2024-yil 4-yanvar sanasida №1-2-sonlarida 📰 chop qilindi.
👏Ijodkor o‘quvchimizni tabriklab, unga ijodiy barkamollik tilaymiz.

#Respublika_gazeta_sahifalarida
➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Nurmamatova Oygulning "Yillarimni hovuchlagan qor" nomli hikoyasi Respublika bolalar va o‘smirlar nashri hisoblangan 🌠 "Tong yulduzi" 🗞 gazetasining 2023-yil 25-dekabrdagi Yangi yil №52-sonida chop etildi.
👏 Tinib-tinchimas ijodkor, nosir o‘quvchimizni tabriklaymiz.