Ogahiy ijod maktabi
1.16K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_rivojlanish
#Xorijliklar_fikri

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida o’qituvchilar uchun tashkil etilgan trening jarayonlaridan videolavha.
________

Tom Kiddl,
Norwich tillar o‘qitish instituti direktori:


Ayni vaqtda maktablarda uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida ish olib boryapmiz. Ikki kunlik intensiv treninglarimizda tajriba-sinov maktablaridagi direktorlar, ingliz tili o‘qituvchilari, o‘z maktablarida uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasida ishlayotgan maktab liderlari va Britaniya Kengashining bu bo‘yicha milliy maslahatchisi ishtirok etishmoqda.

Men O‘zbekistonda yetti marta bo‘lganman. Ammo, hozirga qadar Toshkent shahri bilan tanishishga ulgurdim xolos, ammo keyingi safar Samarqand va Buxoroni ko‘rish niyatim bor.

Loyihamizning asosiy maqsadlaridan biri maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim olish madaniyatini rag‘batlantirishdan iborat. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bizga o‘ziga xos muhit kerak. Bu direktordan tortib, sinf o‘qituvchisigacha hamma ishtirok etadigan jarayondir. Ularning har ikkisi ishtirok etayotgan ushbu treninglar butun maktabning kasbiy rivojlanish g‘oyasi uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram