Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Trening_mashğulot

2024-yilning 4-yanvar sanasida o‘tkazilgan trening jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#òqitishning_yangi_shakllari
#seminar_trening

🔰2024-yil 4-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabi o'qituvchilari ishtirokida seminar tashkillandi.

🔴Unda oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish, hamkorlikda ishlash, qissadan hissa chiqara olish koʻnikmalarini rivojlantirish, tahlil qila olish va ilmiy asarlar bilan muqoyasa qilish tajribalarini shakllantirishda oʻqitishning turli shakllarini qoʻllash maqsadga muvofiqligi;

🟠xususan, adabiyot fanini oʻqitishda darsning maqsadidan kelib chiqib konferensiya(anjuman), seminar, sharh, ssenariyli, nazm va navo, muammoli oʻqitish turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.

Treningda qatnashgan ustozlar turli shakldagi darslarni tashkil qilish zarurligi, ayniqsa ijod maktabi oʻquvchilari odam va olam, tabiat haqidagi bilimlarini, qarashlarini ilm-fan, badiiy adabiyot va fanlararo bogʻlanish, isteʼdod masalalarini omuxtalash zaruriyati haqida fikrlar bildirishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

QALB VA RUH
(hikoya)


Boshi egilib turgan ruh birdan ola ko'zlari bilan qalbga notabiiy nigohlar bilan boqdi.
- Nega bunday qaraysan, -dedi qalb, -ayt dedingmi? Endi eshit
!

Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/QALB-VA-RUH-01-04

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm

SAMO KO'ZYOSHI


Yig'lar osmon, tun og'ushida
Har tomchisi ezar ko'nglimni...
Yig'lar bugun baxtim boshida,
Shalabbolar qilib dilimni...

Ovutmoqqa topolmam bir so'z,
Bormoqlikka yo'q bir bahona.
Tushari bor axir ko'zga ko'z
Ne deb aytay?! Dilim vayrona...

Bo'ldi ko'zyosh to'kmagin, samo
Dard bo'g'zimda, mening ham axir...
G'aming olmoq istadim ammo
Ko'zimda yosh qalqidi oxir.

Men kim, axir: tabib yo bemor,
Nechun dardim senga ovoza?
Sen keldingku qalbimga takror
Biror malham istab fazodan.


: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening_mashğulot

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida joriy yilning 4-yanvar kuni trening mashg'uloti tashkil qilindi. Unda MMIBDO' B.Sadullayev, psixolog M. Atajonova hamda bosh tarbiyachi M. Bobojonovalar "Bolalar xavfsizligi va farovonligi", "Bolalarda o'ziga ishonchni qo'llab-quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorgarlik", "CIS" mavzulari bo‘yicha tushunchalar berdilar.

➡️ O‘zgacha tarzda o‘tkazilgan trening haqidagi jarayonlarni videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.


🎬 Ushbu videorolik «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to‘garak rahbari Quriyozov Murodbek tomonidan tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Video
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabida oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazova tomonidan "Uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi. School chempion" mavzusidagi trening mashg'uloti boshlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#VATAN_BÒYLAB_SAYOHAT
#JARAYON

TA'TILDAGI SAYOHAT


📆 Yanvar oyining 5-sanasida “Yoshlar turizmi haftaligi”ni tashkil etish, madaniy meros obektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga aholi va ayniqsa yoshlarni olib borishni tizimli tashkillashtirish bo'yicha Yoshlar ishlari agentligi Xiva shahar bo'limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilarning ta'til paytini mazmunli tashkil etish maqsadida Xorazmning eng qadimiy tarixiy qadamjolaridan biri hisoblanmish Xiva shahrida joylashgan Ichan qal'a majmuasida joylashgan me'moriy yodgorliklarga sayohat tashkil etildi.


🔻 Xiva bo‘ylab sayohat chog'ida Ichan qal'a qo‘riqxona, ko‘hna qal'alar haqida ma'lumotlar berib o‘tdi. Sayohat jarayonida o'quvchilarimiz o‘tmish va bugun mujassamlashgan tarixiy manzilgohni tomosha qilib taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌