Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#QISH_ILHOMLARI
* * * * *

O kumush qish,
Yana bu borliqqa hokimsan o‘zing,
Bechora bulutlar izmingda yana.
Sovuq tig‘ing ila bag‘rin o‘yibsan,
Dardlari qor bo‘lib yog‘yapti mana.

O kumush
qish,
Qoringdek tiniqsan, beg‘uborsan lek,
Har bir on ufurar qahraton isi.
Qalbimning bir cheti isimagandek,
Tingan binafshaning shodon kulgusi.

O kumush
qish,
Kelding-u yopildi kuzning daftari,
Sahifa ochaman yangidan qara.
Nega yozolmayman sen haqda xurram,
Bu gal ham "sovuq so‘z" yozaymi yana?

O kumush
qish,
Nechun seni yozdek xushlamaslar hech,
Izg‘irin, qahraton, ayoz uchunmi?!
Sen kelsang bahorni sog‘inib mushtoq,
Ko‘ngillar ko‘klamga ko‘proq maftunmi?

O kumush
qish,
O‘ksima, sen bizdan nolima faqat,
Qoringni sevuvchi qizing bo‘laman.
Sovuq daftaringni titkilasam ham,
Eng iliq damlarni esga solaman!


Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Qor

Asta-sekin tushmoqda,
Mayda qorning parchasi.
Endi, bezatarmiz biz,
Maktabimiz archasin.

Jajji qor parchalari
Odamga zavq bag'ishlar,
Asta, qo'linga olsang.
Ko'rinmay erib, tushar.

Yoqar menga
Qish fasli.
Qish bu-poklikning ramzi.
Ko'p-ko'p yog'sin oppoq qor,
Atrof bo'lsin beg'ubor.

Chiqsin ko'chaga barcha,
Sho'xlik qilaylik ancha,
O'ynaylik-da bolalar.
Otishib, birga qorlar.


: Maxsudbekova Farog'at,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

QISH

Quyosh otar qish tomon nayza,
Bechora
qish qochadi yelib.
Yer ochadi u uchun aza,
Ko'klam turar ustidan kulib.

Muzlab qolgan yerdagi g'ubor,
Yana borliq uzra tirilar.
Bag'rin tilib yum-yum yig'lar qor,
Quvlab kelar axir arilar.

Fevral oyi tugagungacha,
Izlab yurar uni navbahor.
Burkanadi nekbin hislarga,
Ko'ngil bog'i go‘yoki gulzor.

Lek o'kinma hech qachon sen
qish,
Qalbim uzra menga sheriksan.
Issiq dilga urganda ham nish,
Bil, men uchun doim tiriksan.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Yangi yil


Ajib bayram-Yangi yil,
Ham quvnoq, ham gʻamginroq.
Yildan yilga tuzamiz,
Dasturxonni toʻkinroq.

Yangi kun, yangi oylar-
Yangilanar barchasi.
Lek umr hisobidan,
Yulinadi parchasi.

Bolalarga baribir,
Sovgʻa boʻlsa boʻldi-da.
Quvonchlisi ular ham
Bir yosh katta boʻldi-da.

Chiroqlar, koʻm-koʻk archa,
Musiqa, qoʻshiq-alyor.
Diydorlashar, bahona,
Qarindoshlar, doʻst-u yor.

Kelaversin koʻp yillar,
Koʻpini kuzataylik.
Umrimizning har kunin,
Bayramday oʻtkazaylik.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining  ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Barno Yusupova

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Vatanim

Yurtim bu kuning kechangdan goʻzal,
Nomingni ulugʻlab bitayin gʻazal.
Bir hovuch tuprogʻing oltindan afzal,
Gulla, yashna doyim erkin diyorim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Bobur orzusida yashagan diyor,
Sogʻinchi koʻksini tilganda ming bor.
Mehr-muhabbatla bitgandi ash’or,
Shundayin beqiyos mehri ummonim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Yurtim seni tarixing azaldan ulugʻ,
Senga deb bitilgan asarlar buyuk.
Yana yuksalaver shoningdir qutlugʻ,
Yagonasan oʻzing Oʻzbekistonim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Navoiy bobomlar tugʻilgan zamin,
Dunyolar tan olgan, erursan faxrim,
Aslida yoʻqdir hech kimdan kamim,
Shundayin beqiyos ulugʻ maskanim,
Vatanim fido boʻlsin senga jon tanim.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Zaribboyeva Jasmina

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Mening yurtim

Jannatmakon yurtim bu-
Onam kabi mehribon.
Bag'rida yayrab yashnab,
Ulg'ayaman shod-xandon.

Qadimiy va navqiron,
Beqiyos chiroy ochgan.
Mening jonajon Xivam,
Olamga ziyo sochgan.

Quyoshning zarrin nuri
Yoritganda olamni.
Yanada ko'rkam qilar,
Ichon-Deshon qal'amni
.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Davlatova Muxlisa

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Onamga

Uxlamasam tunlari,
Tebratdingiz beshigim.
Bitta allangiz bilan,
Ochdingiz qalb eshigim.

Ko'nglingizga o'xshagan,
Oppoq sutlar berdingiz.
Halol yashagin deya,
Poklikka o‘rgatdingiz.

Onajonim, deymanki,
Boringizga ming rahmat!
Xizmatingiz qilarman,
Poyingizdadir jannat.



Otajonimga

Mehringizni bizga berdingiz,
Biz uchun yugurib yeldingiz,
Borini muhayyo qildingiz,
Rahmat sizga Otajonim!

Oilam deb tinmadingiz,
"Shirin qizim" deb erkaladingiz.
Menga omad tiladingiz,
Rahmat sizga Otajonim!

Orom nima, bilmadingiz,
Oʻgʻlim yoʻq ham demadingiz,
Oqlagaymiz xizmatingiz,
Rahmat sizga Otajonim!


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Qadamova Nozima

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Bas qilingiz!
Boshqa gapga yo'qdir hojat.
Bormu ayting, ma'niliroq bir so'zingiz?!
Yurak jim der, ammo aqlim qilmas toqat,
Hayolimni ovlolmadi ko'zlaringiz.
Ne-ne oshiq qalblariga jon baxsh etgan
Sochlaringiz orasida sehr bordir.
Tushundimki, hadya qilgan muhabbatni
Qaytarishga faqatgina VATAN qodir!



SHOIR AHVOLOTI

Tasvirini tavfsiflasam,
Tamannolar,
Tavallolar to'lib toshdi tavallolar.
Tasodifni tasdiq qilib TANGRI TAOLO
Toshqalblarga tikon tuhfa.
Tasallolar...
Tashbeh tilga tikilmadi, tog'dek to'siq,
Tez tun tomon tig'larini tikiltirdi.
Tanosublar ters tovladi tig'larini,
Tonglar to'sdi turbatlarni
Tasannolar...

Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Masih uyi

Uning so‘ngi jumlalaridan onasining qoshi chimirildi. Buvisi pastki labini tishlagancha ko‘ziga yosh oldi. Endi bu holatga beparvolarcha choy ichayotgan otasi nuqta qo‘yib berishini bilardi. Yengil titrayotgan qo‘lini mahkam siqqan qiz o‘z holatini bildirmaslikka tirishdi. Ota hadeganda choyini tugatmas, bir piyola choy qaynar xumdek tuyula boshladi.
- Sen qiz esingni yebsan. Tarvuz kesilmagan bo‘lsa ham, hidlanishi mumkin. Sening ham qo‘lingda diploming bo‘lgani bilan miyang aynib qolibdi, - toqati-toq bo‘lgan onasi bor zahrini socha boshladi.
- Men bunda ayb ish ko‘rmadim, - onasining vajohati qizni biroz dadillantirdi.
- Bolam, jonim bolam. Bu ishing noto‘g‘ri. Mumkinmas! Bizning chin e’tiqodimiz bor, - buvisi yalingannamo ovozda ro‘molining uzun uchi bilan mijjasidagi yoshlarni artdi.
- Bu ishim bilan e’tiqodim yo‘qolib qolmaydi-ku, buvi! Axir, bu shunchaki ish. Qolaversa, inson bo‘lish uchun insoniylikni saqlash muhim.
Tortishuvlarga qaramasdan qiz o‘zi uchun, onasi va buvisi o‘zi uchun haqligicha qolaverdi. Otasi barchasini hal qilishiga ishongan qiz jim bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. U biladiki, otasi uni doimo qo‘llab-quvvatlaydi va natija ham kutganidek bo‘ldi. Otasi qat’iy ohangda oxirgi qarorni aytdi:
- Qizim, o‘zing to‘g‘ri deb bilgan ishni qil. Biroq kimligingni unutma. Oqibatiga o‘zing javob berasan.
Onasi va buvisining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. Buvisi piqillab yig‘lagancha xonasiga kirib ketdi. Onasi yuzini ters burib, nimalardir deya g‘o‘dranish bilan kifoyalandi. Qiz baxtiyorligidan bularning barchasiga parvo qilmadi. Yangi cherkov qurilish loyihasini yutib olgan arxitektor qiz uchun hozir bularning ahamiyati yo‘q. U shunchaki, chizmani taqdim qiladi. Qurilishni nazorat qiladi. U qizning eng muhtasham ishlaridan biri bo‘lishi kerak. Tashqi ko‘rinishdan tortib, ichki bezaklarigacha ishlab chiqqan. Mana shu mashaqqatli mehnat unga g‘oliblik nashidasini olib keldi. Muhimi, u g‘olib bo‘ldi. Shu voqea bo‘ldi-yu, onasi va buvisi u bilan gaplashmay qo‘ydi. Kechqurun ovqatlanishga o‘tirganda buvisi dasturxonda u bilan birga o‘tirishni istamadi. Qizni og‘ir yuk bosa boshladi. Qurilishda ishlatilayotgan har bitta g‘isht kundan kun uning ruhiga qo‘yilayotgandek bezovtalana boshladi. Uyda g‘alati sukunat kezardi. Qizning qalbini qamrab olgan quvonch asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini g‘am, ikkilanish, hadik va aybdorlikka bo‘shatib bera boshladi. Bu loyiha uchun qancha harakat qilganini eslasa, o‘zidan faxrlanar, barcha tashvishlaridan forig‘ bo‘lardi. Cherkov qurilishi yakunlangani sari qizni tushuniksiz hislar egallay boshladi. Har kungidek mashinada ishga ketar ekan haydovchining kundalik turmushdan nolinib aytayotganlari qulog‘iga kirmasdi.
- Shu desangiz singlim, yo‘lovchilar nuqul biz bilan tortishadi. Yo‘l kiraning qimmatligidan nolishadi. Endi biz ham ro‘zg‘or deb yuribmiz. Bu yoqda jarimalar kundan kun oshib boryapti. Bizning ish g‘alati. Kafanligimizni o‘zimiz bilan birga olib yuramiz. Yo‘lda ne bo‘lishini bir Yaratgan biladi. Mana qarang-da, bir tovuq tuxum tug‘adi, qolgan ikki-uchtasi uning yoniga kelib yotadi. Bir tuxumga shuncha ega topiladi. Tug‘gan tovuq turib ketishi bilan chaqqonroq tovuq tuxumni egallaydi. Lekin tuxum unga ham nasib qilmaydi. Odam olib ketadi. Bizning ish ham xuddi shunaqa. Kuni bilan yig‘ib-teramiz, yo‘lovchilarning dag‘dag‘asi-yu nozini ko‘taramiz, keyin ehtiyotsizlik qilib, bir xato qilamiz. Natijada, topganimiz qulog‘ini ushlab, jarimaga ketadi.
Qiz g‘ovlab ketayotgan boshini ko‘targancha haydovchiga qarab qoldi. Kafanlik haqidagi gapidan boshqa hech qaysisini eshitmagandi. Haydovchi esa tirbandlikda turaverib zerikkanidan yana davom etdi.
- Haydovchilar o‘tgan kun yoqa yirtishishdi. Birining “liniya”sidan boshqasi yuribdimish. Har kim rizqini teradi. Urishishga balo bormi?! Odam qorni
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

* * *

Oy suzadi osmonda,
Bilmam qayga yetaklar.
Jonlanadi tunlari,
Momom aytgan ertaklar.

Uyqusidan uygʻonib,
Koʻchaga tomon shoshgan,
Va maktabga ketar chogʻ,
Sumkasiga bir choʼrak,
Kulchalar solib qoʻygan.
Soʻnggi avlod biz edik.

Peshin payti majnuntol,
Qoʻrqar edi bizlardan.
Sochlarin yuvar edi,
Qazilgan ariqlardan.

Momom bilan oʻsmani,
Qoshga surmoq boʻlakcha.
Koʻcha farzandlariga,
Maqtanish uchun chiqar,
Qoʻshma qoshli yurakcha.

Afsus...
Koʻzlarim yoshlanadi,
Orqamdagi bir hayot,
Unda yoshlik, bolalik,
Begʻubor gullolalik,
Va oʻzimni koʻraman.
Koʻzlarimda bir yosh yoʻq,
Koʻngil yigʻlaydi bot-bot.


Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Qorli vodiy
(hikoya)

Osmon o'zining chinni elagi bilan elagan toza unlarini yerga to'kib-sochganidan hamma yoq oppoq rangga kirgan edi.
Har kumush qor marjon kabi yaltirar va xuddi oppoq rangli laylaklarga o'xshab mayin qanot qoqib uchar, asta yerga qo'nardi. Osmonning moviy yuzlaridagi par yostiqlarga o'xshab ketuvchi bulutlar ham bor. Ular ham borgan sari ko'paymoqda. Ayniqsa bu vodiyda qor yog'magan joy yo'q. Daraxtlar, yerlar, tog'lar - barcha-barchasi oʻziga oq rangli qalin matolardan ko'ylak bichtirib kiyib olgan edi. Bu yerga tushgan odam o'zini ertakka tushib qolgandek his qilar edi. Yo'q, yo'q shunday sof havo-yu go'zallik ertakda ham yo'q. Ollohning nafas tekkan joylardan biri. Eng qizig'i esa shuncha qor boru ammo havo iliq bo'lib turardi. O'sha vodiy xaritada mavjud emas. U yerga uchadigan samolyot yoki boradigan poyezd bor deysizmi?! Yo'q...
Lekin uni topishni iloji bor. Izlasangiz topasiz-u afsus qanday izlashni, qayerdan izlashni bilmaysiz...
Bir kuni shu vodiyga Erkin ismli bir yigit kelib qoldi. Hamma joyni oqligini koʻrib koʻzlari qamashdi. Qayerga tushganini bilmay hayron bo'ldi.
Barcha yerlarni bir koʻzdan kechirib chiqarkan, dastavval hech nimani ilg'amadi. Lekin bu vodiyni chiroyiga mahliyo bo'lib qolarkan o'zini holsiz his eta boshladi. Yuragini urushidan boshqa narsani eshitmay qoldi. Hatto qoʻl oyoqlari borligini ham sezmay o'zini shol odamdek tuta boshlagandi. Ammo bu unga azob bermas, aksincha qandaydir o'zgacha bir rohat baxsh etgandek tuyuldi.
Shu payt qorga yotdi. Qorning sovugʻi yo'q bo'lsa-da salqin harorati Erkinning jismini o'rab olgandi. Qora sochlari ham qorda oppoq bo'lib ketgan. Qor tekkan lablari esa qip-qizil edi. Shu hol bilan osmonga qarab yotar ekan undan tushgan qor parchalari yigitning yuzini mayin silab o'tardi. Ancha paytdan so'ng vodiyning qoq o'rtasida joylashgan tepalikdan ovoz eshitildi. U ovoz chiroyli kuyga solingan qandaydir sehrli qoʻshiq ediki, uni eshitgan Erkinning quloqlari junbushga kelib, uni sehrlab qo'ydi. Bu ohangrabo uni oʻziga chorlardi. Uni ovozlari chiroyli, sirli qiz kuylayotgandi. Bu go'zallikning domiga tushgan Erkin noiloj uni oldiga bordi. Osmon yuziga yaltiroqchalar va to'lin bo'lgan mohitobon qadam qo'ymoqda edi. Erkin esa Oy shul'alari yerga tushganida qizni topdi. Qizning jamolida misoli oy balqib turardi. U shunchalar go'zal ediki vodiydan ming chandon ortiqroq...
Qiz o'zini "Ra'no" deya tanishtirganidan bo'lak hech so'z demadi. Erkin ham miq etmay uning husniga mahliyo bo'lib turaveradi. Ular koʻzlari bilan suhbat qurishayotgandek ancha payt bir-birlariga boqib turishdi. Shundan so'ng Erkin yog'ayotgan qorga kaftini tutdi. Uni qoʻliga tushgan bitta yirik qor parcha, kaftida billur uzukka aylandi. Bir muncha sukutdan keyin o'sha uzukni olib qisqa qadamlar bilan Ra'noning oldiga bordi. Dutor ushlab turgan nozik va suvdan ham tiniqroq barmoqchalarini o'ziga tortdi. Qizning iliklari qaynoq edi. O'sha ondayoq Ra'noning qoʻliga nur sochib porlayotgan uzukni taqdi.
Har ikkisining labida nim tabassum koʻrindi.
Shunda Erkin uygʻonib ketdi. Qarasa, yarim tun, derazadan esa guppillab yog'ayotgan qor koʻrinib turardi. O'sha tun xayolida qancha oʻylar o'tdi:
"Men sevgi vodiysini, undagi malikani olis-olislardan izlab yuribman. Tangrim esa uni qalbimga yashirgan ekan".
Tezda yostig'idan bosh koʻtardi va ish stoli oldiga yugurdi. Shoshilganidan zo'rg'a bitta qalam topdi va qog'oz ham izlamay kaftiga ushbu jumlalarni yozdi:

Sevgi vodiysida menga teng bo'lolgay qaysi, qaysi?
Koʻnglim ochsam ikki dunyo bu kabi afsona yo'q...
(Erkin Vohidov)

: Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8- "B" sinf o'quvchisi Nurmamatova Oygul

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌