Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yosh_ekologlar
#Jizzax_zomin

⛺️ Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamizdagi Yosh ekologlar uchun joriy yilning 23-27 may kunlari
Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Eko volontyorlar” oromgohi tashkil qilinib unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari Karimov Javohir va Qo‘ziboyev Dadaxonlar oromgohda qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar.

🌳 Qatnashchilar 4 kun davomida
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
-Tabiiy resurslardan unumli foydalanish;
-Iqlim oʻzgarishi muammolari mavzusida seminar-treninglar;
-Ekologiya mavzusida video mahsulotlar tayyorlash;
-Taniqli shaxslar, blogerlar hamda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.


🏆 Yakunda eng faol ishtirok qilganlar o‘quvchilarimiz sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube