Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#VATAN_MANZUMASI
#XORAZM_VILOYATI

 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi yig'ilish bayoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov topshirig'iga asosan mamlakatimiz miqyosida "Vatan manzumasi" mavzusidagi adabiy -ma'rifiy konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda.

🔶 Joriy yilning 10-mart sanasida
Xorazm musiqali drama teatrida o'tkazilgan adabiy-ma'rifiy konsert dasturida taniqli madaniyat namoyandalari,san'atkorlar,estrada xonandalari, taetr, kino va ijodiy jamoalar ishtirok qilishdi.

🔻Kechada Vatanni madh qiluvchi ijod namunalari yangradi. Adabiy-ma'rifiy konsert dasturi ko'tarinki tarzda o'tkazildi.

🔷Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham ishtirok qilishib xalq sevgan ijodkor shoirlar va san'atkorlar bilan birgalikda diydorlashish baxtiga muyassar bo‘ldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
26-IYUN___ Музыка
<unknown>
#Xorazm_radiosi

"NAJOT BILIMDA"

26. 06. 2023-y

📻 Eshittirishda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida Xorazm viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan va yangi tashkil etiladigan maktablarga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida so'z yuritiladi.

🎙 Suhbatdosh maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Abdullayev.
#Xorazm
#Test
#Live

🔴 Bugun, 30-iyul kuniga rejalashtirilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari va Ogahiy ijod maktabiga kirish imtihonlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida boshlanish arafasida. 

🔲 Test jarayonlari yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilishi uchun barcha zarur choralar va shart-sharoitlar ta'minlangan.

🔺30-iyul kuni  jarayonlar 1 ta smenada tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

🌐
Telegram | Facebook
#Xorazm
#1_smena

✔️30-iyulga rejalashtirilgan Ogahiy ijod maktabi va Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari o‘z nihoyasiga yetdi.

1️⃣ -smena bo‘yicha:

🙇‍♂️ Ishtirok etdi -  1022 nafar

🕰 1-smena test sinovlari 8:00 da boshlandi va 9:30 da tugadi.

📌 Ma'lumot uchun, ertaga, 31-iyul kuni respublika bo'yicha Prezident maktablariga kirish test imtihonlarining 2-asosiy bosqichi bo'lib o'tadi.

🌐
Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xorazm_viloyat_teleradiokompaniyasi
#Mahorat_darslari

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil olayotgan bo'lg'usi jurnalistlar uchun zo'r yangilik!!!

📺Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi va Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktorlarining imzolagan o'zaro kelishuviga asosan, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining mahoratli rejissyorlari, ijodkor jurnalist va suhandonlari tomonidan Ogahiy nomidagi ijod maktabida va Xorazm viloyati teleradiokompaniyasida 2023-2024-o'quv yili davomida o'tkaziladigan "Mahorat darslari"ning reja-jadvali tasdiqlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Hamkorlik
#Xorazm_haqiqati_gazetasi
#Mahorat_darslari

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil olayotgan bo'lg'usi jurnalistlar uchun zo'r yangilik!!!

📺Xorazm viloyati hokimligi muassisligidagi "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" birlashgan tahririyati bosh muharriri va Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktorining imzolagan o'zaro kelishuviga asosan, "Xorazm haqiqati" gazetasining mahoratli va ijodkor jurnalistlari va muxbirlari tomonidan Ogahiy nomidagi ijod maktabida va "Xorazm haqiqati" gazetasi tahririyatida hamda "Quvonchbek-Mashhura" nashriyotida 2023-2024-o'quv yili davomida o'tkaziladigan "Mahorat darslari"ning reja-jadvali tasdiqlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

🔹Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faolyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

🔹Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

🔹Olimpiadaning tashkil etilishidan ko'zlangan maqsad: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan matematika va kimyo fani o'qituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, ularning o'z iqtidorini namoyon etishlariga ko'maklashish hamda istiqboldagi kasbiy faoliyatlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

Telegram/Facebook/Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"ASSALOM,
XORAZM" | OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI
#Xorazm_MTRK

Dasturda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, II-darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi Muhabbat Jumaniyozova hamda tarix fani o‘qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi Nazokat Allamova ishtirok etdi.

🗣Suhbatdan so‘ng, ijod maktabida o‘zbek adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Ogahiy hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir haqida lavha namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Xushxabar
#Xorazm_viloyati
#Sektor_bosqichi

🖐 Bugun, 5-aprel kuni Xiva shahrida mahallalar yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Yengil atletika" turi bo'yicha sektor bosqichi musobaqalari Ogahiy nomidagi ijod maktabi sport maydonchasida yuqori kayfiyatda o'tkazildi.

🏃‍♂Quvonarlisi, ijod maktabimiz o'quvchilaridan tashkil topgan "Qiyot" mahallasi o'g'il bolalar va qizlar jamoalarining har ikkalasi estafeta bahsida Xiva shahar bo'yicha faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdilar va keyingi bosqichga yo'llanmaga ega bo'ldilar.

🏆Balli, dilbandlarimiz, g'alabalar sari olg'a!!!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM