Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Diqqat
#Milliy_sertifikat
#Mumtoz_adabiyot


👉Milliy sertifikat testlarida mumtoz adabiyotdan testlarni osongina ishlamoqchimisiz?

👉 Mumtoz adabiyot boʻyicha bilimlaringizni oshirmoqchimisiz?

Unda Aruzshunos olim, adabiyotshunos Tolibjon Roʻziboyev ustoz saboqlariga marhamat!

📺Namunaviy dars 28-noyabr seshanba kuni soat 20⁰⁰da boʻlib oʻtadi.

⚡️Gʻazal, qitʼa tahlili va badiiy sanʼatlarga asoslangan mumtoz adabiyot darslari aruzshunos olim munaqqid Tolibjon Roʻziboyev va asissenti Muhammadamin Nurmatov bilan birgalikda olib boriladi.

Tolibjon Roʻziboyev uzoq yillik tajribaga ega perofessional ustoz

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)


DISSERTATSIYA MAVZUSI:
"Taxmis genezisi, tadiriji janr xususiyatlari va poetikasi" (Alisher Navoiy anʼanalari asosida).


🗓Darslar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari.

Murojaat uchun: @MNurmatov_0506
#DIQQAT_TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Xorazm haqiqati va Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan "Ogahiy izdoshlari" nomli tanlov e'lon qiladi.

Bunda yosh ijodkorlar tomonidan nazm, publitsistika, tasviriy san'at va grafik dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi.

📝 Ijodiy ishlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

1- NAZM(she’riyat):

(Ogahiy nazmiga sayr aylasam gar )

 ✍️ - Qalamkash o‘z ijodida buyuk shoir siyrati, uning boy ijodiy merosiga asoslangan holda g‘azallariga muhammas bog‘lashi, bag‘ishlovlar bitishi ham mumkin.
✍️ - Mualliflik 📝 sheʼridan faqat bittasini jo'natishi;
✍️ - Ishtirokchidan 4 qatordan 36 qatorgacha boʻlgan sheʼr taqdim etilishi mumkin.
✍️ - Yozgan sheʼringizni yozma yoki elektron shaklda
@XorunMuso telegram manziliga taqdim etishingiz lozim.
❗️Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz, she'riy qonun-qoidalarga amal qilingan va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak!


2-PUBLITSISTIKA(maqola)

(Ogahiy siymosi yoshlar nigohida)


📝 Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar Ogahiy hayoti va ijodiga alohida urg‘u bergan holda, bugungi kun hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan bog'lab o‘z maqolasini taqdim qilishi lozim
📝 Maqolalarni ishtirokchi maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shixova Muqaddas ustozga tayyorlab, belgilangan muddatgacha topshirishlari so‘raladi.
❗️Maqolani baholashda uning tasviriy ifodaga boyligi, mavzuni to‘g‘ri yorita olganligi, so‘z qo‘llash mahorati alohida e'tiborga olinadi.

3.
TASVIRIY SAN'AT
(Ogahiy va tabiat manzarasi)

🌠 Ushbu yo'nalishda ishtirokchi Ogahiy siymosi va unga mos manzarani aks ettirishi,

🌠 Ishtirokchining chizgan rasmi Ogahiy ijodlaridagi tabiat tasvirlaridan ilhomlanib yaratilgan bo‘lishi lozim.

🌠 Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishini
chizib tayyorlab, tasviriy san'at to‘garagi rahbari Ro‘zmetova Shahloga taqdim qilishi lozim.
  ❗️Baholashda ishtirokchi ijodiy ishining noodatiyligi, o‘zgacha topilmalarga boyligi, mavzuning ochib berilganligi inobatga olinadi.


4.
GRAFIK DIZAYN

👨‍💻
Ushbu yo‘nalishda ishtirokchi Ogahiy siymosi va ijodiga o‘zgacha tarzda, kreativ yondashgan holda logotip yaratishi lozim.

👨‍💻 Ishtirokchilarning yaratmoqchi bo‘lgan ijodiy ishini baholashda bevosita noodatiyligi va ma'nolarga boyligiga, mavzuga doir yaratganligiga alohida ustunlik beriladi.

👨‍💻 Ishtirokchi o‘z ijodiy ishini maktabning grafik dizayn to‘garagi rahbari Rajabov Sherzod (@xiva_grafik_dizayn) ga jo‘natishlari so‘raladi.

Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-dekabr sanasigacha qabul qilinadi.
Tanlovda faqat Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok qilishi mumkin.

➡️ Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g‘oliblar:
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi publitsistik maqola (1,2,3-o‘rin)
3. Eng yaxshi tasviriy san'at (1,2,3-o’rin)
4. Eng yaxshi logotip (1,2,3-o’rin) kabi yo’nalishlarda aniqlanadi. Gʼoliblar Ogahiy tavalludiga bag'ishlangan tadbirning taqdirlash marosimida e'lon qilinadi va diplom hamda maxsus sovg'alar topshiriladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#diqqat_diqqat


🎄Y
ANGI YIL MUSHOIRASIGA MARHAMAT!

🙋‍♂ Qadrli Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari! Sizlarni 2023-yilning sarhisobiga bag‘ishlangan "Yangi yil mushoirasi" ga taklif etamiz.

📱Bunda maktabimizning ijodkor pedagog ustozlari va siz yosh qalamkash o‘quvchilarimiz o‘zlaringizning
❄️ Yangi yil tabriklaringizni,
❄️ Yangi yilga bag‘ishlov she'rlaringizni,
❄️ O‘tib borayotgan yilda erishgan yutuqlaringizni,
❄️ Yangi yil mushoirasi davrasida jonli suhbatlarning jonli ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.


📆 30-dekabr soat 20:00 da, kanalimizda bo‘lib o‘tadigan 🎙 audio-suhbatda barchangizni kutib qolamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Diqqat_tanlov
#14_yanvar

❄️ Qishki ta'til paytida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan  "Mening armiyam-mening faxrim" mavzusidagi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchining chizgan rasmi mavzu doirasida ya'ni Vatan himoyachilari asosiy qismdan joy egallashi lozim.
Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini
@XorunMuso manziliga yuboring
❗️Baholashda ishtirokchining noodatiy, o‘zgacha topilma, chizgan rasmlarida mavzu doirasida ekanligi inobatga olinadi.


Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-yanvar sanasigacha qabul qilinadi.Tanlovda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib
1. Eng yaxshi rasm (1,2,3-o’rin) gʼoliblar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Diqqat_diqqat

📍Yoshlar ishlari agentligi Xiva shahar bo'limi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda bilimdon va zukko o‘quvchilarining ta'til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat quiz" onlayn turniri bo‘lib o‘tadi.

🪧 Turnirda yakka tartibda qatnashmoqchi bo‘lgan bilimdonlarimiz
@Zakovat_ogahiy maxsus telegram guruhiga ulanishlari mumkin.

🕒 Zakovat quiz turniri joriy yilning 6-yanvar soat 15:00 da start oladi.

⚡️Barcha zakovatlilarimizga omad tilaymiz!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Diqqat_eʻlon
#Kitob_taqdimoti

JUMANAZAR YO‘LDOSHNING KITOB TAQDIMOTIGA MARHAMAT!


📖 Aziz vohadoshlar! Ogahiy nomidagi ijod maktabida katta adabiyot bayramiga marhamat.
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

📚 Barcha ijodga begona bo‘lmagan aziz muhiblarimizni adabiyot bayramiga taklif etamiz!

🕰 Barchangizni joriy yil 19-yanvar soat 15:00 da Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da kutib qolamiz.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_BIZDA_YANGILIK
#TARIX_ARENASI_LOYIHASI

🔊E’LON

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI

🕰Ushbu intellektual o‘yin 2 bosqichda: saralash va final bosqichlaridan iborat bo'lib, har bir bosqichda 3 ta shart asosida ishtirokchilar bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Har bir sinf kesimida 4 nafar ishtirokchi qatnashib, 2 ta ishtirokchi finalga yo‘l oladi.

💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

📌"TARIX ARENASI" intellektual o‘yinining 1-soni 2024-yil 1-fevral kuni maktabimiz 8-"A" sinf xonasida bo'lib o'tadi va tasvirga yozib olinadi.

👇"TARIX ARENASI" intellektual o‘yinining shartlari bilan quyidagi faylda to‘liq tanishib olishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Ogahiy ijod maktabi
#Òtkazib_yubormang ANONS: 📺Xorazm televideniyasining "ADABIY MUHIT" ko'rsatuvini ertaga 12-mart seshanba kuni soat 19:20 dan boshlab tomosha qiling. Ko'rsatuvda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi serqirra…
#Diqqat

"Adabiy muhit" ko'rsatuvining efir vaqtiga o'zgartirish kiritildi. Ko'rsatuv bugun, 12-mart kuni soat 20:20dan boshlab, takroran ertaga, 13-mart kuni soat 15:00dan boshlab Xorazm televideniyasi tomonidan efirga uzatiladi.

O'tkazib yubormang!
#Diqqat_èlon
#Ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi;

📝Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmunini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, samarali dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.

📆 Hujjatlar joriy yilning 31-mart kuniga qadar telegramdan quyidagi raqamga taqdim qilinadi: 

📞Telegram va murojaat uchun: +998994295918

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Diqqat_diqqat

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan bilimdon va zukko o‘quvchilarining ta'til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat quiz" onlayn turniri bo‘lib o‘tadi.

🪧 Turnirda yakka tartibda qatnashmoqchi bo‘lgan bilimdonlarimiz
@Zakovat_ogahiy maxsus telegram guruhiga ulanishlari mumkin.

🕒 Zakovat quiz turniri joriy yilning 26-mart soat 14:00 da start oladi.

⚡️Barcha zakovatlilarimizga omad tilaymiz!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#diqqat #tanlov

💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali o‘tkazayotgan “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon;
🔹4-10-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.

Tanlovda ishtirok etish👇

https://t.iss.one/oyinatanlovbot?start=696762619
#Diqqat_èlon
#Ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi;

📝Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmunini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, samarali dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.

📆 Hujjatlar joriy yilning 31-mart kuniga qadar telegramdan quyidagi raqamga taqdim qilinadi: 

📞Telegram va murojaat uchun: +998994295918

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram