Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#17_dekabr_Ogahiy_tavallud_topgan_kun
#Ogahiy_214

🖥 Tuzuvchi: Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

Ogahiyni eslab

🔰Ogahiy nihollari o’sayotgan maskanda uning nomi tilga olinmagan kunning o’zi yo’q. Lekin uning tavalludi arafasida Ogahiy ruhiga hurmat va ehtirom har qachongidan ko’ra yana boshqacharoq tus oladi.

16-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining a’zolari, Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy hazratlarining qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar va shoir qabrini ziyorat etdilar. Uning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so'ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari mehmonlar bilan birgalikda Ogahiy nomidagi ijod maktabi oldidagi ulug' mutafakkirning haykali poyiga gullar qo’yib, o’z hurmat va ehtromlarini izhor etdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

Ogahiyni eslab

🔰16-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining a’zolari, Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari bilan birgalikda Ogahiy nomidagi ijod maktabi oldidagi ulug' mutafakkirning haykali poyiga gullar qo’yib, o’z hurmat va ehtromlarini izhor etdilar.

Jarayondan fotolavhalar👇

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

Ogahiyni eslab

🔰16-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining a’zolari, Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari bilan birgalikda Ogahiy nomidagi ijod maktabi oldidagi ulug' mutafakkirning haykali poyiga gullar qo’yib, o’z hurmat va ehtromlarini izhor etdilar.

Jarayondan fotolavhalar👇

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

📆 17-dekabr – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topgan kun!

🗺Sana munosabati bilan bugun Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, Ogahiy ijod maktabi jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari Ogahiy qabri joylashgan “Shayx Mavlon bobo” qabristoniga bordilar.

🗣Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o‘quvchilari mehmonlar bilan birgalikda ijod maktabi oldidagi ulug‘ mutafakkirning haykali poyiga gullar qo‘yib, o‘z hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar.

📝 Ijod maktabi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan "Ogahiyga ehtirom" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda "Ogahiy hamisha barhayot" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📸Bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy va adabiy tadbirlardan fotolavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

Ogahiy nomidagi ijod maktabi Turk tili fani o'qituvchisi, til egasi Ogün Yavuz tabrigi

🔵Barchangizni ulug' mutafakkirning tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!

Ogahiy Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

Ogün Yavuz

🎙 She'rni muallifning o'zi,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi Turk tili fani o'qituvchisi, til egasi Ogün Yavuz o'qidi

🔵 Ogün Yavuzga ulug' mutafakkir bobomizga atab yozgan go'zal ijod namunasi uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Ogahiy Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

SALAFLAR IZIDAN...

O'zbek mumtoz adabiyotida qalam tebratgan ijodkorlar orasida Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy o'ziga xos o'ringa ega. Chunki adabiyotimiz tarixida ijodidagi badiiyat ko'lami va hajmining salmoqdorligi jihatidan Navoiy hazratlari yetakchilik qilsalar, Ogahiy bobomiz bu jihatdan ularga eng yaqin turuvchi ijodkor sifatida e'tirof etiladi.
Muhammad Rizo Ogahiyning adabiy merosiga, ijodkorlik faoliyatiga nazar solar ekanmiz, bu jarayonda ularning serqirra inson ekanligi namoyon bo'ladi. Bu jihatlar ichidan Ogahiyning shoirlik salohiyati doimo e'tiborimni tortib kelgan. Jumladan, shoir sifatida deyarli barcha adabiy janrlarda va barcha she'riy san'at turlarida mahorat bilan qalam tebratganlar. Bu ijod namunalari 18000 misra misolida "Ta'viz ul oshiqin" ("Oshiqlar tumori") devonidan o'rin egallagan. Devonning bosh g'oyasi ishq tushunchasidir. Bu devon nafaqat Sharq mumtoz adabiyoti uchun qimmatli manba, balki dunyo adabiyoti xazinasini boyitgan munosib javohir,– deya e'tirof etish o'rinli. Filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Rafiddinov tomonidan devonning qayta nashrga tayyorlanishi va Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilishi adabiyotga oshufta ko'ngillar uchun, ayniqsa, Ogahiy she'riyatining shaydolari uchun tom ma'noda bayram bo'ldi,– desak yanglishmagan bo'lamiz.
Ona tili va adabiyot fani the o'qituvchisi sifatida har yili 9-sinf o'quvchilariga Ogahiy hayoti va ijodi mavzusini o'tish chog'ida (nafaqat meni) o'quvchilarni hayratlantirgan holat bobomizning musoviyattarafayn janriga mansub she'ri bo'lgan. Chunki o'quvchilar bu janrga ilk bora 9-sinf darsligida duch kelishadi. Aslida Ogahiy bobomiz bu ijod namunasini salaflari Navoiy va Bobur kabi o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan ta'sirlanib yozgan.
Musoviyattarafayn masnu' (arabcha san'atli, sersan'at) atamasi bilan ham yuritilgan. U ham janr sifatida, ham she'riy san'at sifatida qayd etilgan bo'lib, bunday she'r doimiy ijod namunalaridan farqli ravishda ikki taraflama o'qiladi. Ya'ni odatda biz she'riy ijod namunasini chapdan o'ngga– gorizontal tarzda– o'qiydigan bo'lsak, bu she'r shaklini chapdan o'ngga ham, yuqoridan pastga(vertikal holida) ham o'qish imkoni mavjud. Ushbu she'riy san'at namunasi haqida o'quvchilarga ma'lumot berib, Ogahiy qalamiga mansub she'rni misol tariqasida keltirib o'tish chog'ida o'quvchilarda bu ijod namunasiga javoban yuqori qiziqish va hayratlanishni kuzatdim. Ularning bu qadar ta'sirlanishlari meni ham to'lqinlantirib yubordi va yangi ijod namunasini yaratishga ilhom baxsh etdiki, natijada ushbu she'riy san'atning yangi namunasi yuzaga kelishiga sababchi bo'lishdi. Men ham salaflar izidan borib, ustozlarga ergashib ushbu she'riy san'at turida qo'limdan kelganicha yozishga harakat qildim. Quyida meni ilhomlantirgan, Ogahiy qalamiga mansub va o'z ijodimga doir musoviyattarafayn namunasi hukmingizga havola etilmoqda. Zotan, ustozlarga ergashib, ular yurgan yo'ldan borib, salaflar ruhini shod etish chinakam saodatdir!

SAIDA SAFO:
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Ogahiy Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kunga sovg‘a.

🌅 Avezova Muqaddas,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining Tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_214_yoshda

📆 17-dekabr – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavallud topgan kun!

📝"Bo‘lmasa bo‘lmasun, netay" radifli g‘azal.
✍️ Ogahiy.

🗣G‘azal Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari tomonidan o‘qilgan.

‌‌Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_214_yoshda

🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li
Ogahiy tavallud topgan kun

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir haqida videotaqdimot

🎬 Ushbu videorolik «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to‘garak rahbari Quriyozov Murodbek tomonidan tayyorlangan.

🔵Barchangizni ulug' mutafakkirning tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌