Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO
OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

🔰 Dekabr oyining 15-sanasida
Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟠 Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

🔵 Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limidan bir guruh ijodkorlar, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari, OAV vakillari, Urganch davlat pedagogika instituti professor o‘qituvchilari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasidan aziz mehmonlar tashrif buyurishdi. Shuningdek,
Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda e'lon qilingan tanlov g'oliblari va faol ishtirokchilar taqdirlanishdi.

🟣 Tadbirda
Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar mahorat bilan ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

🔻Iste'dodli o‘quvchilar tomonidan o‘z ijodidan chiqishlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

🔹Viloyatimiz bo‘ylab
Ogahiy hazratning tavalludi munosabati bilan adabiy tadbirlar davom etmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

🔰 Dekabr oyining 15-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyondasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO
OGAHIY TAVALLUDINING 214 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

🔰 Dekabr oyining 15-sanasida
Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyondasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli adabiy tadbir jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

❇️ Tadbirning ikkinchi qismida barcha intiqib kutgan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰
Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun tanlovning “Ogahiyga ehtirom” she'riyat va "Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi" taqdimot yo‘nalishi bo‘yicha munosiblar e'tirof qilindi.

🔹Shu bilan birgalikda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari uchun alohida e'lon qilingan "Ogahiy izdoshlari" nomli tanlovda nazm, publitsistika, grafik dizayn, tasviriy san'at yo‘nalishlarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar taqdirlandi.

➡️ Barcha g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Muxammas

Ogahiy gʻazaliga muxammas

USTINA

Yangilib soʻz istama may(i)l-u murod ustina,
Ahli zamon qilur takror fitna-yu fasod ustina,
Solma dayr, asli bikin isnodni avlod ustina,
Mushkin qoshining hayʼati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur "nun" eltibon "sod" ustina.

"Adl mezoni shaynina yetmish qusur"-der farazin,
Kim sabab oʻlgʻay esa, olur falakdin evazin,
"Ayblading"-deb doʻsti nodon tagʻin boshlagay arazin,
Qilgʻil tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar koʻrmasang gul boʻlgʻoʻnin payvandi shamshod ustina.

Doʻst-u agʻyor bir boʻlib yogʻdurdi boshima sitam,
Bu ikkisin maslagin anglamon torturman alam,
Alar yetgan manzillara zinhore qoʻymasman qadam,
Noz-u ado-u gʻamzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmi boʻlur bir odamizod ustina.

Haqdin yetgaydur kimsaga har neki feʼli atvorkim,
Kimgʻa pastlik oʻlgʻay nasib kimdir ulugʻvorkim,
Ilmdan tiklagay fozil Iskandariy devorkim,
Man xastagʻa jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil koʻzi bedod etar har lahza bedod ustina.

Vo darigʻ, bu ne sinoat-bol berganim tutmish zahar,
Gʻiybatimning afsonasin soʻylamish qishloq-u shahar,
Bir dildoshning qiymatin bosmagaydur siym-u guhar,
Ul gul yuzi shavqi bila shaydo koʻngil shom-u sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming navʼi faryod ustina.

Barq aylagan eram bogʻi yorning gulicha boʻlmagʻay,
Asalni qandga iylasang suchuk tilicha blmagʻay,
Bori chashma sunbullari zulfin qilicha boʻlmagʻay,
Boshimgʻa yoqqan gʻam toshin mingdin biricha boʻlmagʻay,
Gardun agar ming Behustun yogʻdursa Farhod ustina.

Gar taxayyuling suvori qamchilar ilhom raxshini,
Rafiqo, birdamlik bila saqla shoir-u baxshini,
Ki Musovvir ishq ila bitmish alarning naqshini,
Ey shah, karam aylar chogʻi teng tut yomon-u yaxshini,
Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.

Har nafas, har rizqinggaki Xoliq bitmishdur tamoyil,
Nafs zoli toʻymas, hargiz ortugʻin qilgʻaydur mayl,
Nechaki bequsur boʻlsun oynai husni shamoyil,
Xoki taning barbod oʻlar oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina.

Dilni bogʻla, ey dildosh, yor boʻlgʻil ul dilafroʻzgakim,
Oshiq ahli chora yoʻqdur, ul faqirgʻa "oʻz" dergakim,
Qadr tunidin qay shuaro yetgaydur roʻz dergakim?
Ne jurʼat ila Ogahiy ochgʻay ogʻiz soʻz dergakim,
Yuz xayli gʻam qilmish hujum ul zor-u noshod ustina.

: Yusupova Barno,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 

Ogahiy Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda

🌷17-DEKABR - MUHAMMAD RIZO OGAHIY TUG'ILGAN KUN!

       OGAHIYNI ESLAB

Mo'tabar izlari-yu nurli ostonasidan,
Bobom ifori tafti sezilar menga go'yo.
Kuchimizga qo'shib kuch, qo'llab turar samodan,
Taratarlar doimo qalbimizga nur - ziyo.

Tengi yo'q ulug' olim - bebaho muarrixlar,
Yurtning o'tmish tarixin qilibdirlar solnoma.
Tilimizga o'girgan qancha forsiy bitiklar,
"Bahoriston", "Guliston" va hatto "Qobusnoma".

Baytlarining zavqidan dil quvonar, bo'lar chog',
Nazmlari navosi-la yorishgay ko'ngil mudom.
She'riyat gulshanida yaratganlar ajib bog',
Ustoz Navoiy kabi tizganlar inju - kalom.

Siz yaratgan ganjina, bebaho la'l-javharlar,
Qalb uyining mayog'i, yurakka malham - dori.
Quloq solsin, oshnolar, Tohir hamda Zuhrolar,
"Ta'viz ul-oshiqin"dir ishq ahlining tumori.

Dilda ezgudir niyat: yashnagay bogʻ-u boʻston,
Bu chamandan tersinlar hamisha dur-u giyoh.
Madhingiz qilib bayon, ruhingiz etay shodon,
Tengsizdir xazinangiz, boʻlsinlar bundan ogoh!

Muhabbat Jumaniyazova
,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 

Ogahiy Ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌