Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Men_sevgan_adib
#Loyiha

❇️ Ogahiy tavalludining 214 yiligi munosabati bilan ijod maktabimizda bir oy davomida o‘tkaziladigan tadbirlar reja jadvali tasdiqlangan edi. Dekabr oyining 1-sanasida "Ogahiy tarixiy asarlarining bilimdoni" mavzusida" tarbiyachi-pedagoglar M.Otayeva va H.Allayarov tomonidan 9-sinf o‘quvchilari bilan Ogahiy uy muzeyida "Men sevgan adib" loyihasi o‘tkazildi.

➡️Tadbirda o‘quvchilar mushoira, sahna ko‘rinishlar, musiqiy chiqishlar ham taqdim qildilar.Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

📸 Jarayondan lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Davra_suhbati
#1_dekabr
#Jarayon

🧬 1-dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni!

💊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

❇️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da 🏥 Xiva tibbiyot sohasi xodimlari tomonidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatni ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev olib bordi va unda Xiva shahar tibbiyot markazi shifokori Boltayev Aminboy, shifokor narkolog Ortiqova Zulxumor va maktab shifokori Muhammadjon Atayev tomonidan o‘quvchilarga OITS kasalligi va uni oldini olish bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi
.

Davra suhbati o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad dunyo hamjamiyatini orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida ogohlantirish, o‘quvchilarni bundan xabardor qilib qo‘yishdan iborat.

➡️ Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Davra_suhbati
#1_dekabr
#Jarayon

🧬 1-dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni!

💊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan davra suhbatidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


➡️ Joriy yilning 1-dekabr kuni UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, Filologiya fanlari nomzodi, dotsenti Pirnazarova Manzura Matnazarovna tomonidan "XX asr jahon adabiyoti. Absurd drama janri haqida" mavzusida mahorat darsi olib borildi.

📄 Dars davomida jahon adabiyoti, uning yorqin vakillari va adabiy oqimlar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, absurd drama janri, uning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Sport_musobaqasi
#Jarayon

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni" munosati bilan bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova tomonidan "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil qilindi.

❇️ Musobaqada 7-"A" sinfining "Chaqqonlar" va 7-"B" sinfining "G‘oliblar" jamoalari o‘zaro bellashdilar
.

🏆 Sport musobaqasida jamoalar o‘zaro "Kim epchil-u, kim chaqqon?", " To‘pni savatchaga otish", "To‘p yordamida yugurish" shartlari bo‘yicha bellashdilar. Bellashuv yakunida do‘stlik g‘alaba qozondi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌