Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

❇️ Kreativ  o‘quvchi-yoshlar uchun uning tarovati, o‘ziga xos o‘zgacha manzaralarni noodatiy tarzda namoyish etishlariga imkon yaratish maqsadida joriy yilning 1-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o‘tkazilgan "Kuz ilhomlari" nomli fototanlovning g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Marosimda maktab direktori Sarvar Abdullayev tanlov juda o‘zgacha va kutilmagan yangiliklarga boy tarzda o‘tganini, o‘quvchilar tanlovda ancha faol ishtirok etganini alohida e'tirof qilib o‘tdi.

➡️ Shundan so‘ng munosib g‘oliblar e'tirof qilindi. Unga ko‘ra

ENG YAXSHI MANZARA
🥇Yo‘ldosheva Durdona 10-"A" sinf o‘quvchisi
🥈Shomurodova Mavluda 10-"B" sinf o‘quvchisi
🥉Maqsudova Anora 7-"A" sinf o‘quvchisi

ENG YAXSHI OILAVIY FOTO
🥇Rahmonova Zahro 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈Odamboyeva Dilnoza 8-"A" sinf o‘quvchisi
🥉Baxtiyorova Jasmina 10-"A" sinf o‘quvchisi


ENG FAOL SINF
🥇7-"B" sinf jamoasi
🥈10-"A" sinf jamoasi
🥉9-"A" sinf jamoasi


🔸 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

🔹Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kelajakka tayyorlash, barkamol avlod sifatida shakllantirish maqsadida 10 - "A" va 10-"B" sinf tarbiyachi-pedagoglari Sobirova Anaposhsha va Xaitboyeva Tamaralar tomonidan o‘quvchilar uchun "Katta hayot" loyihasi o‘tkazildi.


❇️ Mazkur loyihada turli vaziyatlar qisqa dialoglar shaklida varaqalarga yozilgan bo‘lib, o‘quvchilar o‘zlari tanlagan hayotiy vaziyatni hal etish, muammoga ijobiy yechim topishga harakat qilishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Fan_olimpiada
#Taqdirlash

🔰 Joriy yilning 1-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔸 Maktab direktori Sarvar Abdullayev tomonidan e'tirof qilingan va barchani shodlantirgan xushxabar sababchilari maktabning ustoz va o‘quvchilarni samimiy qutlab o‘tdi. Shundan so‘ng viloyatimizda ham e'tirof qilingan bir qator ustozlar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Madina Matyoqubova, Barno Yusupova, Saidova Inobat va ingiliz tili fani o‘qituvchisi Xajaniyazova Aksanalar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


Shundan so‘ng bir qator o‘quvchilarimiz
ona tili va adabiyot fanidan  1-o‘rinni egallagan 9-"B" sinf o‘quvchisi Aminboyeva Nafisa

ingliz tili fanidan 2-o‘rinni egallagan 10-"B" sinf o‘quvchisi Yangiboyeva Nurhayot

ona tili va adabiyot fanidan 3-o‘rinni egallagan 9-"B" sinf o‘quvchisi To‘liboyeva Mohinurlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🔹Ushbu jarayonlarni kuzatib o‘tirgan o‘quvchilarimiz g‘oliblarni ko‘rib "men ham keyingi yil bo‘lib o‘tadigan fan olimpiadalariga hozirdanoq tayyorlagarlikni boshlayman" deb maqsad qilgan bo‘lsalar ne ajab.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌