Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#1_oktabr
#ustozlar_kuni

🏢 Agentligimiz tizimidagi
Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi oliy toifali pedagog Polvonova Yulduzxonning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.

"Yaxshi muallim sifatli ta'lim" respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan;
"Renessans davri: Ilmiy tadqiqot yetakchisi" esdalik nishoni sohibi;
M.Mirzaahmedov bilan hammuallifikda "Ijodiy matematika" o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop qilingan.
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda 6-sinf o‘quvchilari uchun " Avval matematika" nomli masalalar o‘quv qo‘llanmasi chop qilingan;
"Ismli sonlar" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi;
Hozirda mustaqil tadqiqotchi sifatida O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini "Blended learning" texnologiyasi asosida pedagogik loyihashtirish (
ijod maktablari misolida) mavzusida ilmiy ish olib bormoqda ;

🗣Uning bir qator o‘quvchilari muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:

2021-yil matematika bo‘yicha AMC- (American mathematics competition) xaqaro olimpiada
Matnazarova Dinora, Ozodova Hosila va Yusupov Boboxonlar faol qatnashib bronza medali sohibi bo‘ldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida

📋1-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihon jarayonlari boshlandi.

📕Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda o'tmoqda.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📍
Ogahiy nomidagi ijod maktabida 1-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari davom etmoqda.

📸 Imtihon jarayonidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 1-chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari davom etmoqda.

📸 Imtihon jarayonidan foto lavhalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qismat
#31oct #uzbtarixi

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur



#BIZ_VA_OAV
#ÒZBEKISTON_TARIXI_TELEKANALI
#OGAHIY_NOMIDAGI_IJOD_MAKTABI

"O'zbekiston tarixi" telekanali ijodkorlari tomonidan "QISMAT" nomli hujjatli ko'rsatuv tayyorlanib, efirga berildi. Unda Shoxruh Mirzoning o'g'li Boysung'ur Mirzo hayoti va faoliyati haqida so'z yuritiladi.

Ko'rsatuvda
Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali tarix fani o'qituvchisi, tadqiqotchi Anvarbek Ro'ziboyev ham tarixiy faktlar asosida o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashadi.

Marhamat, siz ham tomosha qiling!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

📁Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha
ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

📋 20-noyabr kunidan boshlab Halima Xudoyberdiyeva
nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi o'quv va mashg'ulotlar jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

🔖O'quvchilar bir hafta davomida dars, to‘garak jarayonlarida, ma'naviyat va ma'rifat dasturi doirasidagi tadbirlarda va ijodiy loyihalarda faol ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

🎗Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining ijod maktablari o'rtasida "O'quvchi almashish" dasturi ijrosi doirasida Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida bir haftalik ta'lim-tarbiya jarayonlaridagi ishtirokiga oid Xorazm viloyat teleradiokanalida "Reportaj" nomli ko'rsatuv namoyish etildi.

Marhamat, siz ham tomosha qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📍Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Ogahiy nomidagi ijod maktabida

📋 2-chorak yakuni yuzasidan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 7-11 sinflar o‘rtasida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihon jarayonlari boshlandi
.

📕 Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda o'tmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#mahorat_darsi

Shamolda chayqalgan terak boshida
Porlab ko’rinadi o’n to’rt kunlik oy.
Fusunkor Javzo balog’at yoshida
Sening yoshligingday ochadi chiroy.

: Eshqobil Shukur

📄 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra


➡️ Joriy yilning 22-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur tomonidan “Poetik ko‘chimlar” mavzusida zoom platformasi orqali mahorat darsi o'tkazildi.

✴️ Mahorat darsida mavzu doirasi bo‘yicha tushunchalar berildi. Mahorat darsi o’zaro savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda bo'lib o‘tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📍Bugun, 18-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Ogahiy nomidagi ijod maktabida

📋 3-choraklik yakuni yuzasidan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 7-11 sinflarga ChSB (choraklik summativ baholash) imtihon jarayonlari boshlandi.

📕 Imtihonlar ona tili va adabiyot fani bo‘yicha belgilangan vaqtda boshlandi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda bo'lib o'tdi.

📌ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari ertaga davom etadi va tarix hamda ingliz tili fanlaridan bo'lib o'tadi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.
Loyihaning bu galgi soni 7-8-9-sinflar hamda 10-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

📚7-"B" sinf D.Defoning "Robinzon Kruzo", 7-"A" sinf H.Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" asarlari, 8-"A" sinf A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon", 8-"B" sinf "Ravshan" xalq dostonidan, 9-"A" sinf Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" , 9-"B" sinf T.Malikning "Alvido, bolalik", 10--"A" sinf S.Ahmadning "Qorakoʻz Majnun" asarlaridan quyidagi shartlar bo‘yicha:
1. "Asar haqida taqdimot"
2. "Men sevgan ideal qahramon"
3. "Tezkor savol-javob"
o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar hay'atining natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – 7-"B" hamda 8-"B sinf (10 ball har ikkala sinf);
2-o‘rin – 10-"A" sinf (8 ball);
3-o‘rin – 9-"A" hamda 9-"B" sinf (7 ball) egalladilar.


Tadbir yakunida maktab direktori S.Abdullayev o'quvchilar ishtirokini yuqori baholadi va g'olib sinf o'quvchilariga esdalik sovg'alari, shuningdek, yosh shoir Jontemir ijodiga bag'ishlangan tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchilarga shoirning o'z dastxatini yozib yuborgan kitoblari tantanali topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.

Jarayondan fotolavhalar 👆

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM