Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ijodiy_tanishuv

🔸Joriy yilning 20-noyabr sanasida mehmonlarimiz Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Ijodiy tanishuv " loyihasi o‘tkazildi.

❇️ Loyiha davomida o‘quvchilar o‘zlarini orzu maqsadlari, kelajak rejalari bo‘yicha va o‘z ijod namunalari bilan o‘rtoqlashdilar.

✳️ Tanishuv loyihasi barchada yaxshi taassurot qoldirdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#KUZ_ILHOMLARI

DEKABR YAQIN


Dekabr yaqin, quyuqlashgan kuz,
Egallar zaminni tongning titrog'i.
Oltin barg sochilar, bunchalar yorqin,
Yashashni istayman men senga boqib.

Dekabr yaqin, osmon bulutli,
Yomg'irlar raqsiga tushdim qo'shilib.
Dong'illi ko'chalar, dongdor ko'chalar,
Sizda umrim o‘tdi yelday shoshilib.

Dekabr yaqin, tugar xotirot,
Tabiat shaylanar sarhisobiga.
Eng pok niyat qilib kutamiz najot,
Nisor-la tushsam deb Tangri yodiga...

Dekabr yaqin, so'nmagan orzu,
So'nmagan umrni aks etgan tushlar.
Kuz sendan ketmoqda, qara, tabiat,
Mendan esa butkul ketmoqda qushlar.

Dekabr yaqin, quyuqlashgan kuz...

Xorun Muso(O'rinov), Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi

https://t.iss.one/Xorun_Muso

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Video
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinfida Ingliz tili fani o'qituvchisi Allaberganova Intizor tomonidan tashkillashtirilgan "Londonga sayohat" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda

🗺Xabar berganimizdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida boʻlib turibdi.

Sirdaryolik oʻquvchilar Ogahiy uy-muzeyi va shoir yashab ijod etgan xonadon bilan tanishgan jarayonidan lavha.

🎞 Ushbu video Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" toʻgaragi aʼzosi maktabning 11-sinf oʻquvchisi Asaloy Otaboyeva tomonidan tayyorlangan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
#mitti_hikoyalar

Tuzalmas dard

Qizcha shifokor oldiga borib:
- Assalom u aleykum.
- Valeykum assalom. Nima qilib yuribsan bu yerda?
- Meni dardimni tuzalmas deyishyapti.
Shifokor ma' yus ohangda so'radi.
- Qanaqa dard?
- Uni faqat dadam tuzata oladi.
- Unda dadang oldiga bor.
- Keldim...
Yerga tomchilar tushdi...


Urushdan qaytgan mashina

Urushdan mashinalar qaytdi. Bitta mashinadan oyoqini oqsab bir yigit tushdi. U yigitga qarab qo'shni singlim Nastya:
- Akam, akam, akam!
U yigit tushkun holati bilan mashina orqasini ochdi, mashinaga qaradim.
- Akam ekan...


Baxtli inson

Qiz:
- Men yig'layveraman, yig'layveraman...
Hamisha g'amgin bo'lib yuraman.
Uni eshtib qolgan quvnoq dugonasi unga tabassum ila dedi:
- Sen baxtli ekansan...
Va tashqariga chiqib ketdi.


Havasim kelyapti...


Gulixon, labini cho'zib kulib gapirayotgan qo'shnilarining gaplarini eshtib turarkan, chiday olmay ular oldiga bordi va
- Mukarram xolaga havasim kelyapti.
- Voy qizim u yomon ayol, o'zi hozir shuni aytib turgan edik.
- Shuning uchun ham aytayapman-da uni qancha gunohlari yuvildi...
Qo'shni ayol yerga qaradi...


Uchrashuvdagi savol

Uchrashuvga chiqgan ruhshunos yigit qizdan so'radi:
- Qizlar ikki turga bo'linadi: aqlli va romantik. Siz qaysi biriga kirasiz?
- Ya'ni? -deya so'radi qiz, - tushintiribroq gapiring.
- Aqlli qizlar - Oynada chang ko'rsa artib qo'yadi;
Romantik qizlar - Oynada chang ko'rsa yurakcha chizib qo'yadi.
Chuqur nafas olib chiqargan qiz:
- Men oynada yurak ko'rsam o'chirib qo'yaman...
Uning ko'zlariga yosh keldi.


Oyna

Qiz oynani qancha tozalamasin, baribir undagi chang ketmasdi. Oxiri qattiq tozalanaverib u oyna sinib tushdi. Keyin bilsa chang oynaning narigi tarafida ekan...


: Oygul Nurmamatova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ingliz_tili
#Ochiq_dars

📍Joriy yilning 21-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinfida Ingliz tili fani o'qituvchisi Allaberganova Intizor tomonidan tashkillashtirilgan "Londonga sayohat" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

🪧 Noodatiy ochiq darsda o‘quvchilarga mavzu doirasida topshiriqlar berilib, ularni bilimlari sinovdan o‘tkazildi
.

💡 Qiziqarli tashkil qilingan ochiq dars o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

📁Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

📋 20-noyabr kunidan boshlab Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10 nafar o'quvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi o'quv va mashg'ulotlar jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

🔖O'quvchilar bir hafta davomida dars, to‘garak jarayonlarida, ma'naviyat va ma'rifat dasturi doirasidagi tadbirlarda va ijodiy loyihalarda faol ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌