Ogahiy ijod maktabi
1.33K subscribers
31.9K photos
2.57K videos
313 files
8.07K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Mulohaza_uchun

🌐Afrikadagi mamlakatlardan birida 21 asrdagi holat.

🔰Oʻquvchilar gʻishtlardan stol-stul sifatida foydalanmoqdalar.  Ular shunday bir sharoitda ham  bilim olishga astoydil harakat qilmoqdalar.  Chunki, ilm bu najot ekanligini ular ham yaxshi biladilar.

📌Koʻring va tafakkur qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
😢19🔥1
#Loyiha
#Ingliz_tili

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ingliz tilini o'rganishga ham ijodiy yondashib, o'zlari ovoz bergan holda turli mavzularda animatsion va ko'rgazmali video loyihalarni yaratmoqdalar.


Marhamat, siz ham ushbu loyiha ishlari bilan tanishing:

1. 8-"B" sinf o'quvchisi Otabekova Munisaning "Mening maktabim" ko'rgazmali roligi;

2. 7-"B" sinf o'quvchisi Saidov Saidbekning "Savdo markazida" animatsion filmi;

3. 10-"B" sinf o'quvchisi Yangiboyeva Nurhayotning "Ish izlovchilar" ko'rgazmali videosi.

(Loyiha ishlarida ayrim kamchiliklar bo'lishi mumkin, axir ular hali o'quvchilar)

⚡️O'quvchilarimizning keyingi o'qish va ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
11👍5👏5🔥1🥰1🎉1
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
#Men_ham_òqituvchi_bòlaman_loyihasi
#Ochiq_dars

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida 21-noyabr kuni oliy toifali pedagog Y.Polvonova tomonidan “Parallelepiped va kub” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

♻️Dars “O‘rgatish ikki barobar o‘rganishdir” shiori bilan tashkillashtirildi. Darsda sinfning faol o‘quvchilaridan biri Saidova Shaxnoza tadqiqot qilgan mavzu yoritildi. Dars “Pozitiv kayfiyat yaratish” metodida qiziqarli mantiqiy savollar bilan boshlandi. Dars mobaynida o‘qituvchi mavzuga oid ma’lumotlarni to‘ldirib bordi. Sinf o‘quvchilari uchta jamoaga bo‘linib, bilimlarini bellashuv asosida boyitdilar. O‘tilganlarni takrorlash qismida ular boshqotirma, masalalar yechish va turli matematik o‘yinlarni bajarib, bilimlarini sinadilar. Dars o‘quvchilar qilgan taqdimot-loyihasi bilan yakunlandi.

Darsga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan pedagog ustozlar o‘zlarining dasr haqidagi iliq fikrlarini bildirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
10👏8👍3🔥3
#MEHMONLARIMIZ_SAYOHATDA
#JARAYON

OCHIQ OSMON OSTIDAGI SHAHARGA SAYOHAT


📆 Noyabr oyining 21-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida “O'quvchilar almashish dasturi” ijrosi doirasida tashrif buyurgan Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o‘quvchilari va ustozlar hamrohligida

🔻Ko'hna va hamisha navqiron Xiva shahridagi “Ichan qal'a”, “Pahlavon Mahmud” ziyoratgohi, “Islomxo‘ja" minorasi va bir qator ochiq osmon ostida joylashgan shahar-muzeylarini tomosha qilishdi.


🗺 Yuqori shukuhga boy ushbu sayohat mehmonlarimizga manzur bo‘ldi degan umiddamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
11👍4🥰1😢1