Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ijod maktablariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Mazkur maktablarga nechanchi sinflarga
qabul bo‘lib o‘tadi?

Ijod maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ijod maktablariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o'quvchi qabul qilinadi?

📌 2023-2024-o'quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo'lib o'tadi.

Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:

🔸
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar,
🔸
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
🔸
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar o'quvchi qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
#qabul_2023

❗️DIQQAT E’LON

Hurmatli ota-onalar hamda aziz o‘quvchilar!

📆
2023-yil 19-iyun kuni soat 12:00 ga qadar ariza.piima.uz saytining xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida texnik ishlar olib boriladi.

⚠️ Ushbu vaqt mobaynida ariza.piima.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

📝 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Director_day
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA
6 –SINF VA 9-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR QABUL QILINADI.

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

📞 Koll-markaz: +998-62-227-71-73 , 12-06, 62-226-20-92, 97-602-11-33

👉@Ogahiy_ijod_Maktabi
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabeli (maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi shart emas);
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2023
#Hujjatlar_qabuli

Assalomu alaykum,hurmatli ota-onalar va ilmga chanqoq oʻquvchilar!
Ogahiy nomidagi ijod maktabiga imtihonga kirish arizalari 30-iyun 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalar faqat ariza.piima.uz sayti orqali online topshiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#qabul_2023
#10_iyulgacha

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#Ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinovi (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

📣 Diqqat, eʼlon 📣

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlarining 3-bosqich, ya'ni test sinovlari muddati belgilandi!

Test joriy yilning 30-iyul kuni soat 8:00 da 1-smenada bo‘lib o‘tadi (talabgorlarga 85 daqiqa beriladi).

❗️(Imtihon kuni ruxsatnomangizni chiqarib olish uchun ariza.piima.uz saytiga identifikatsiya hamda telefon raqamingizni kiritib yuklab olasiz)

📣Imtihonga olib kelinishi shart:
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (asl nusxasi)
- Imtihonga kirish ruxsatnomasi
Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📍Manzil: Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasi binosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatma: talabgorlar imtihon o'tadigan joyga imtihon boshlanishidan bir soat oldin kelishlari shart.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️
HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube