Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
7-ISHTIROKCHI
NASR
Tugallanmagan surat
Samo teskari to‘nini kiydi-yu, yana yerdan arazlagancha yuziga pag‘a bulutlardan tikilgan, qoramtir dastro‘molchasini tutib oldi. Bu mahal yerda ham mahzunlik oni, yana bir yilni qoralab, o‘lkaga kelgan noyabr tugay deb turgan palla. Qancha paytdan beri daraxtning shoxini quchoqlab turgan yaproqlar bugun asta qo‘llarini qo‘yib yuborib, birma-bir daraxtni tark qilishmoqda edi. Ular bugun qizg‘ish tus olarkan, ayni ko‘klam chog‘idagi navqiron barglik onlarini qumsashdi. Ammo-lekin endi u damlar qaytmaydi, yaproqlarning qismati esa xazonga aylanish…
Xazonlar, xuddi insonlarning xayollari kabi shaharning to‘rt tarafida kezib yuribdi. Zaharli sovug‘i tanni junjiktirib yuboradigan shamol yaproqlarni shiddat bilan uchirib ketadi. Har zamonda osmon ko‘zyosh to‘kib, yer bag‘rini ilma teshik qilib, o‘zidan ko‘lmak qoldirib ketadi. Lekin yomg‘irning ham o‘zgacha gashti bor. Uning sof tomchilari yerga yetib kelarkan, tuproqdan yoqimli ifor tarala boshlaydi. Bu hid odam qalbiga kirgach undagi tirik ko‘milgan, o‘zi ham sezmaydigan mavhum hislarni qayta uyg‘otib yuboradi. Biroq hamma insonlar ham bu tabiatning tuhfasidan unumli foydalanib, to‘yib nafas olib, zavqlanishni bilmaydi. Ayniqsa, bu shaharning odamlari shunday xilidan. Ular tongdan oldin ko‘z ochib, faqat ishga shoshishadi. Yo‘lda borisharkan, ko‘chadagi olov misol tus olgan daraxtlar, osmonning ko‘z yoshlari bilan yuvilgan majnuntol sochlari, yarqirab ketgan yo‘laklar ularni zarracha qiziqtirmaydi. Yomg‘irnigina sezishadi-yu, ustlariga soyabon tutib olishadi. Ular uchun har kun, oddiygina ish vaqti bo‘lib ko‘rinadi, xolos. Mana bugun ham shahar odamlari hayotdan bir qadam oldinlab ketishga harakat qilayotgandek, qayergadir shoshib ketishmoqda. Bu holga tepadan qarasang, tor va uzun ko‘chalarda faqat qop-qora soyabonlar harakatlanayotgandek tuyuladi. Kuz qancha jilvalanmasin, insonlar beparvogina o‘tib ketaverishadi.
Shom mahali. Falakning chetida hazonlardek qizg‘ish ufq paydo bo‘ldi. Shu payt Kumush ismli bir qiz shaharning chekka burchagidagi ko‘l bo‘yida joylashgan istirohat bog‘iga bordi. U yer hammani o‘ziga rom qilib qo‘yadigan makonlardan biri edi. Qiz ham bog‘ga yetib borarkan, daraxtlar uni o‘ziga sehrlab qo‘ygandek bo‘ldi. Bu payt bog‘da odamlar siyrak, faqat bir finjon qahvadan xo‘plab, qandaydir sariq muqovali kitobni berilib o‘qiyotgan ko‘zoynakli bir qiz, bu joyning go‘zalligini rasmga muhrlayotgan fotograf yigit va nimadandir qiynalib oppoq qog‘ozlarning yuzini bejayotgan rassom o‘tirar edi. Kumush o‘zi yoqtirgan daraxt oldiga borish uchun rassomning oldidan o‘tib ketishi kerak edi va uning oromini buzmaslik uchun sekin qadam tashlab borarkan, aynan ro‘parasiga kelgan payt qattiq shamol esib, uni qo‘lidagi hujjatlarni har tarafga uchirib ketti. Kumush baland pochnali tufligida yugurib, qog‘ozlarni yig‘arkan, bundan rassomning joni chiqib ketdi. Chunki ular rassomning bo‘yoqlari ustiga сhaplanib, hamma yoqni rasvo qilgan edi. Qiz kishiga qo‘rqib qarar ekan, shamol u tomon esib, to‘zg‘ib ketgan malla sochlari shahlo ko‘zlarini berkitdi. Nima deyishini bilmay, uyalib yerga qaradi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelarkan:
- U-u-uz-uzur, amaki, -deya oldi.
O‘rtaga cho‘kkan sukutdan keyin Kumush o‘zida jur’at topib, rassomning yuziga qaradi va o‘zi kutmagan holatga guvoh bo‘ldi. U rassomlarni badjahl, agar ishlariga halaqit qilsang, yomon ko‘rib, baqirib tashlaydigan odam deb bilar edi. Hozir esa aksincha, rassom kishi qizga iljayib turibdi. Buni ko‘rgan qiz, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, ketishga shaylanib turgan edi. Uning ketidan:
- Hoy qiz, a to‘xta, -degan yo‘g‘on ovoz eshitildi. Kumush yurak yutib ortiga o‘girildi va boshini gunohkorlarcha sekin ko‘tardi.
Rassom qizga sinchkovlik bilan qarab chiqarkan:
- Aynan o‘sha, -deya baqirib yubordi, -Xuddi, xuddi men o‘ylagandek!