Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#QIZIQARLI_ALGEBRA
#DARS_JARAYONI

🔰 Sentabr oyining 15-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilariga algebra fanidan "3D geometriya-fazoviy jismlarda planimetriya masalalari" mavzusida dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

🕛 Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini bo‘lajak ustoz-pedagog sifatida ham sinab ko'rishdi. Ulardan biri Qo'ziboyev Dadaxon darsni "Guruh bo'lib ishlash" metodi asosida tashkil etdi va ularni "Stereometriya", "Planimetriya" guruhlariga bo'ldi.
O'quvchilar o'tilgan mavzuni takrorlab, yangi mavzu asosida ham misol va masalalar yechishdi.

🔹Darsni sinf rahbari, oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Polvonova Yulduzxon kuzatib bordi va jamoalar yechgan misollarni tekshirib o'quvchilarga o'z xato va kamchiliklarini tushuntirdi. Dars qiziqarli jarayonlarga boy tarzda o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktab
#dars_jarayoni

Joriy yilning 2-fevral sanasida Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Muhabbat Jumaniyazova 10-"A" sinfning 1-guruhida ona tili fanidan "Tabiat va ixtirolar.

Nisbat qoʻshimchalarining qoʻllanishi" mavzusida ochiq dars soati oʻtkazdi. Darsni OʻIBDOʻ Shoira Gʻulomova, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Inobat Saidova hamda iqtisod fani oʻqituvchisi Fazilat Ismoilovalar kuzatib bordi.

Dars qiziqarli va mazmunli tarzda oʻtdi. Dars jarayonida oʻquvchilar juda faol ishtirok etishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dars_jarayoni

🔰 Joriy yilning 21-sentabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shixova Muqaddas tomonidan 11-"A" sinfida adabiyot fanidan "O‘tkan kunlar" asari yuzasidan bahs-munozara darsi" mavzusidan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Mashg‘ulotda obrazlar tahlili, maktublar, asar g‘oyasi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Mustaqil ish sifatida slaydlar, videorolik shaklida ijodiy ishlar tayyorlandi.


🔻O‘quvchilar mashg‘ulot davomida faol ishtirok etishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Dars_jarayoni

🔸 Joriy yilning 18-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Saida Sapayeva tomonidan 10-"A" sinf o'quvchilari bilan Adabiyot fanida "Majnunning Ka'badagi munojoti" mavzusi o'tildi. Dars mobaynida Navoiy qalamiga mansub "Layli va Majnun" dostonining Afzal Rafiqov tomonidan o'qilgan audioijrosi tinglandi.

🔹 Asarga ishlangan miniatyuralar tomosha qilindi.Ayniqsa, otasi Majnunning qalbidagi Layliga bo'lgan ishqni so'ndirishini so'rab, o'g'lini Ka'baga yuborganida Qays ibn Mullavah(Majnun) Allohning baytida buning aksini tilab, munojot qiladi:


...Ishq g'amidan qutqarib meni shodlantir demayman,
Aksincha, bu o'tni har dam ko'paytirsang-u, sira kam qilmasang deyman!
...Ko'nglimni g'am bilan to'q etgil, Rabbim,
Ishq ichida meni yo'q etgil, Rabbim!
...Uning xayolini dardimga tabib et,
Vaslini jonimga nasib et!
Ko'zimni Laylidan o'zgasiga tushirma,
Uning mehrini menga abadiy et!
Men hayot ekanman, uning ishq savdosini tanamda jonday saqla!

❇️ Qaysning Layliga bo'lgan xos ishqi o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirib,
dars o'zaro muhokama va munozaralarga boy o'tgan bo'lsa, ijodkor o'qituvchi sifatida esa Majnunning ishqi ilohiy nolalariga javoban Saida Safo(Sapayeva)ni qo'liga qalam olishga undadi:

Ishqingdan qalbimda alanga, hovur,
Meni bu o'tlarda yoqmagin, qovur,
Otashi so'nmagay Mahsharga dovur,
Ismingni qalbimga qilganman qamal,
Sen borsan men uchun bu hayot go'zal!



👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Dars_jarayoni

❇️ Joriy yilning 27-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinfida oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yusupova Barno ustozga adabiyot darsida "Assistent ustoz" loyihasi bo‘yicha Roʻzmamatova Dinora assistentlik qildi.


🔹Daniel Defoning "Robinzon Kruzo" asarini oʻrganish boʻyicha oʻtilgan dars qiziqarli va esda qolarli boʻlib oʻtdi.

🔸Ayniqsa, Dinora tomonidan tayyorlangan "Kreativ savollar" sinfdoshlarini fikrlashga undadi. "Men kimman?" usulida esa oʻtilgan adiblar haqida maʼlumotlar eslab olindi.


🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM