Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Seminar_trening
#Live

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to‘grisida" PF-106 son Farmonining 9-bandida belgilab o‘tilgan "Markazda ta'lim tashkilotlarning rahbar va pedagog kadrlari uchun uzluksiz malaka oshirish kurslari hamda metadologik o‘quv seminar tashkil etish" Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

🔴 Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xiva, Qo‘shko'pir, Yangiariq tumanlarining ixtisoslashtirilgan maktab pedagog xodimlari o‘rtasida trening bo‘lib o‘tmoqda. Trening davomida o‘qituvchilar o‘zaro jamoaga bo‘linib o‘zlarining g'oyalari asosida yangi loyihalar yaratishmoqda.

✔️ 1-kungi treningdan foto lavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

🔴 ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA

Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ona tili va adabiyot fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tmoqda. Unda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ham ishtirok etmoqda.

Yig'ilishni Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kirish so'zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga darsliklar va bugungi seminarning ahamiyati haqida so'zlab berdi.

🔰 Ushbu seminarda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari fanni o'qitish metodikasini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy bilimlarini oshirmoqda.

❗️Shuningdek, seminar-trening doirasida 8- va 11-sinf yangi adabiyot darsligi taqdimoti ham tashkil etildi.

Bizni kuzatish uchun:

🔹 @piima_xorazm
#Seminar_trening
#2_kun
#Jarayon

🌐 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatimizdagi yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-treningning 2-kuni o‘tkazilmoqda.

♻️ Ushbu seminar-treningda hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tarix, ona tili va adabiyot, biologiya, fizika va matematika fanlaridan pedagog o‘qituvchilar qatnashmoqda.

⁉️ Ma'lumot uchun, "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusidagi seminar-treninglar joriy yilning 7-10 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Seminar_trening
#3_kun
#Live

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatimizdagi yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-treningning 3-kuni boshlandi.

🔻Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘lim boshlig'i S.Abdullayev hududlaridan tashrif buyurgan pedagog ustozlar bilan uchrashib kuzgi ta'til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashuvchi treninglar maqsad, vazifalari haqida gapirib o‘tdi.

🔴 Seminar-treningda Bog'ot, Hazarasp, Tuproqqal'a tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tarix, ona tili va adabiyot, kimyo, fizika va matematika fanlaridan pedagog o‘qituvchilar qatnashmoqda.

🟢 Ayni damda mentorlar tomonidan pedagog ustozlarga treningni nazariy qismi bo‘lib o‘tmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

HUDUDLARDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika, fizika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

❗️Treninglar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi trener-o‘qituvchilari tomonidan chorak yakunlari bo‘yicha summativ baholash (CHSB) sinovlari natijalaridan kelib chiqib tashkil etildi.

📍Seminar-trening ayni paytda Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#3_kun

📣Xabaringiz bor, shu kunlarda “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusidagi seminar-treninglar yurtimiz bo'ylab barcha hududlarda tashkil etilmoqda.

🔰Bugun seminar-trening Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bo'lib o'tmoqda. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining direktorlari ishtirok qilmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

XORAZM VILOYATIDA MATEMATIKA VA XORIJIY TIL FANI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur seminar orqali matematika va xorijiy til fani o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur treninglar respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda.

TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan respublikadagi barcha matematika va ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur trening Xorazm viloyatida ham tashkil qilinib unda mahoratli trenerlar qatorida bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Yulduz Polvonova ham o‘z bilimlarini tumanlardagi hamkasblariga o'rtoqlashmoqda.

✔️ O'tkazilayotgan trening jarayonlaridan fotolavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Seminar_trening

🖇 10-iyun kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Trener kutubxonachilar uchun ''Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi'' mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

💠 Ixtisoslashtirilgan maktablarni darsliklar bilan ta'minlash bo'limi boshlig'i S.Nazarov ishtirok qilib yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va tarqatish tartibi to'g'risida gapirdi.

➡️ Kutubxona ishini tashkil qilish hujjatlarni yuritish kitobxonlikni targ‘ib qilishni noanʼanaviy usullari haqida Ogahiy nomidagi ijod maktabi kutubxonachisi G. Qurbonova so‘z yuritdi.

📚 Seminarda viloyatimizdagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari qatnashib Prezident maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

⚡️ Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari uchun yaqinda Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok qilib qaytgan o'qituvchilar H.Karimova va Z.Atayevalar tomonidan o‘quv-
trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Seminar_trening

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning yangi modeli tanishtirildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun "Chempion maktablar" loyihasi doirasida kasbiy rivojlanish seminar-treningi o‘tkazildi.

Unda ingliz tili o‘qituvchilarga malaka oshirishning yangi modeli tanishtirildi. Mazkur model asosida ustozlar o‘z maktablaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishlari uchun mas'ul bo‘lishadi.

❗️Bunda endi o‘qituvchilar malaka oshirish institutlarida emas, o‘quv dargohining o‘zida o‘z ustlarida ishlashlari mumkin. Maktab direktorlari esa mazkur jarayonda ustozlarga yordam berishadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/y3/news/1301

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning yangi modeli

Bugun Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda loyiha ishtirokchilari bo'lgan maktab direktorlari va ingliz tili ustozlari uchun "Chempion maktablar" loyihasi doirasida kasbiy rivojlanishning seminar-treningi boshlanmoqda.

Unda ingliz tili o‘qituvchilarga malaka oshirishning yangi modeli haqida ma'lumotlar beriladi. Mazkur model asosida ustozlar o‘z maktablaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishlari uchun mas'ul bo‘lishadi.

❗️Bunda endi o‘qituvchilar malaka oshirish institutlarida emas, o‘quv dargohining o‘zida o‘z ustlarida ishlashlari mumkin bo'ladi. Maktab direktorlari esa mazkur jarayonda ustozlarga yordam berishadi.

Jarayondan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim qilamiz.


❇️ Bizni telegram kanalida kuzatib borishda davom eting
.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Norwich instituti direktori maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun trening o‘tmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad, o'qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta'minlashdan iborat.

❗️60 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Norwich instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borilmoqda.

🔗 Seminarda maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi haqida so‘z bordi.

Ma'lumot o'rnida: trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar-treningdan suratlar.

#birinchi_kun #jarayon #ijod_maktablari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#òqitishning_yangi_shakllari
#seminar_trening

🔰2024-yil 4-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabi o'qituvchilari ishtirokida
seminar tashkillandi.

🔴Unda oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish, hamkorlikda ishlash, qissadan hissa chiqara olish koʻnikmalarini rivojlantirish, tahlil qila olish va ilmiy asarlar bilan muqoyasa qilish tajribalarini shakllantirishda oʻqitishning turli shakllarini qoʻllash maqsadga muvofiqligi;

🟠xususan, adabiyot fanini oʻqitishda darsning maqsadidan kelib chiqib konferensiya(anjuman), seminar, sharh, ssenariyli, nazm va navo, muammoli oʻqitish turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.

Treningda qatnashgan ustozlar turli shakldagi darslarni tashkil qilish zarurligi, ayniqsa ijod maktabi oʻquvchilari odam va olam, tabiat haqidagi bilimlarini, qarashlarini ilm-fan, badiiy adabiyot va fanlararo bogʻlanish, isteʼdod masalalarini omuxtalash zaruriyati haqida fikrlar bildirishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌