Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
🔅Ko‘hna Xivada  “Qovun sayli” festivaliga start berildi

Bugun Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tmoqda.  Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Xorazmning agroturizm salohiyati namoyishi, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar qovun-tarvuzlar va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishdir.

Ushbu qovun saylida Urganch davlat universiteti o‘ziga ajratilgan povilonda o‘z tajriba dalasida yetishtirgan mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan qovun, handalak va tarvuzni chiqindisiz texnologiya asosida qayta ishlash orqali 30 nomdagi 93 tur bir-biridan farq qiluvchi eksponatlar bilan faol qatnashmoqda.

Xorazmbugun xabarlari 👈🏻
QOVUN SAYLI XIVADA DAVOM ETMOQDA.

Bugun Xiva shahrida o‘tkazilayotgan "Qovun sayli" festivalida Urganch shahar hokimligi, Urganch markaziy dexqon bozori, Urganch shahar madaniyat bo‘limi, shahrimiz fahriy nuroniylari, hotin-qizlar va yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.

Xorazmbugun xabarlari 👈🏻
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infografika
#ijod_maktablari

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI 9 TA IJOD MAKTABIGA 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN KELIB TUSHGAN ARIZALAR TO‘G‘RISIDA INFOGRAFIKA

Ijod maktablariga kirish imtihonlari uch bosqichda o‘tkazildi:

ijodiy matn yaratish;
ijodiy suhbat;
test.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

🔝 Bugun 15-avgust, Seshanba.
Yilning 227-kuni, yil yakuniga 138 kun qoldi.

🗣 BAYRAMLAR:

🗄 Hindistonda Mustaqillik kuni
🗄 Kongoda Mustaqillik kuni
🗄 Shimoliy Koreyada ozodlik kuni
🗄 Kanadada ixtirolar kuni
🗄 Kosta-Rikada onalar kuni

🌎 VOQEALAR:

🎮 1795-yil — Fransiyada yangi pul birligi — frank muomalaga kiritildi.
🎮 1876-yil — Ilk marotaba telefonda «Allo» so‘zi qo‘llana boshlandi.
🎮 1960-yil — Kongo Respublikasi Fransiyadan mustaqilligini e'lon qildi.
🎮 1992-yil — Ozarbayjonda yangi pul birligi — manat muomalaga kiritildi.
🎮 2021-yil — AQSh qo‘shinlari Afg'onistondan olib chiqildi.

🎉 TAVALLUDLAR:

➡️ 1807-yil — Jyul Grevi — fransuz davlat arbobi, sobiq Fransiya prezidenti.
➡️ 1810-yil — Laurinas Ivinskis — litvalik yozuvchi.
➡️ 1892-yil — Lui de Broyl — fransuz fizigi, elektronlarning toʻlqin tabiatini kashf etgan “Nobel” mukofoti laureati.
➡️ 1896-yil – Gerti Tereza Kori — avstriyalik-amerikalik biokimyogari, fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha “Nobel” mukofoti laureati.
➡️ 1981-yil — Brendan Xansen — amerikalik suzuvchi, 3 karra Olimpiya va ko‘p karra jahon chempioni.

Telegram kanalimiz:👉🏻 🕊Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱
Instagram 📱Facebook 📺YouTube 🌐Sayt
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook