Ogahiy ijod maktabi
1.31K subscribers
31.8K photos
2.54K videos
313 files
8.02K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hamkorlik
#Jarayon

⚡️Yoshlarni jismonan va ma'nan yetuk bo‘lib yetishishlari, iqtidorli o‘quvchilarni qo'llab-quvvatlash, sportni yanada ommalashtirish, xususan, sportning "Chavandozlik" turini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔸Ogahiy ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilib kelinayotgan sportning 🐎chavandozlik bo'yicha navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

🔹 Mashg'ulot avvalida Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Nurmatov Ruslan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini amaliy jarayonlarda oshirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Xushxabar
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik        

⚡️Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Urganch davlat universitetlari mas'ullari oʻrtasida o'zaro muloqotlar boʻlib oʻtdi. 


Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining  2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotlarda hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi.

Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" hamda "Roman-German filologiyasi" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#hamkorlik

Ogahiy ijod maktabi bitiruvchilari universitetda...

Joriy yilning 17-may kuni Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Zafarbek Yuldashev universitetimizda mavjud shart-sharoitlar, talaba-yoshlarning bilim egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o'quv xonalari, dars jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar berib, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirdi.

📌Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik aloqalari muntazam davom qilmoqda.

https://t.iss.one/UrDU_Filologiya_Matbuot_xizmati
#hamkorlik
#jarayon

🗓 Joriy yilning 20-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilariga Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi polkovnik A. Yarmatov tashrif buyurdi.

Davra suhbatida vatanparvarlik hamda "Vatan tayanchi" targʻibotini olib bordilar. Muloqot jarayonida turli savollar bilan o‘quvchilarning vatanimiz sarhadlari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mahorat_darsi
#hamkorlik

🗓 Joriy yilning 23-yanvar sanasida Xorazm viloyat teleradiokanali va Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan belgilangan reja jadvalga ko‘ra hamkorlikda "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.


📺 Mahorat darsida televedinya xodimlari mahoratli rejissyor Sh. Rajabov va montaj ustasi R. Sapayev tomonidan "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bordilar.

🔸Mashg‘ulotdan so‘ng, maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso va o‘quvchilar televedinya binosidagi tele va radio efir maxsus xonalari, ko‘rsatuvlarni montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


➡️ Joriy yilning 17-mart kuni UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d. S.Sariyev tomonidan o‘quvchilarga "O‘zbek folklorida xalq dostonlarining o‘rni" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu darsda xalq dostonchligiga asos solgan baxshilar hayotidan va faoliyatidan misollar keltirildi. O‘quvchilar tomonidan mavzuga oid savollar berildi.
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining oʻquvchilariga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Bekposhsha Rahimova tomonidan "Modern va postmodernizm oqimiga mansub asarlarning o‘ziga xosligi" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu mahorat darsida modernizm va postmodernizm haqida umumiy tushuncha berilib, shu oqimda yaratilgan I.Sultonning "Boqiy darbadar", U.Hamdamning"Yolg‘izlik" asarlari qisqacha tahlil etildi va o‘zbek adabiyoti zamonaviy sheʼriyatidan baʼzi sheʼrlar muhokama qilindi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.
#hamkorlik

🛑 Adolat SDP Xiva tuman Kengashi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda "Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakillantirish" mavzusida maktab oʻquvchilari oʻrtasida chellenj oʻtkazildi.

➡️ Chellenjda o‘quvchilar turli soha vakillari sifatida rol ijro qilgan holda korrupsiya holatlarini yuzaga kelishi va uning oldini olishga qaratilgan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.
#Japan_Digital_University
#Hamkorlik

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida


🎓 Japan Digital Universtiyning xodimlari L.Bobojonov, S.Parpiyev va I.Turayev tashrif buyurdilar hamda 10-11-sinf o'quvchilarga universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

➡️ Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|