Ogahiy ijod maktabi
1.25K subscribers
31.6K photos
2.53K videos
313 files
7.96K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlovga
#14_yanvar

NASR
2-ISHTIROKCHI


MUQADDAS BURCH
(Hikoya)

Valijon uyiga yig'lab keldi.
- Buvi, buvijon.
- Ha bolam nima gap. -deya so'radi buvisi undan.
- Men qaytib maktabga bormayman.
- Nimaga erkatoyim, nega bunday deyapsan?
Bola titrab, xo'rsinib yig'lar, ko'zidan marjondek yoshlar oqib chiqar, yuzi qizarib ketgan, ko'zining ichi qip-qizil edi. Buvising savoliga ham javob bermadi va kravatga borib yostiqni bag'riga bosgancha yig'ladi. Shunda buvisi xavotirlanib, uning oldiga bordi.
- Voy buviginang o'rgilsin. Gapir yuragimni siqmagin jon bolam.
- Buvi meni, meni...
Bilasizmi ana u sinfdoshim Kamol meni "Yetimcha, dadasi qotil" dedi.
- Voy bolam sen nimaga yetim bo'larmishsan? Nega seni dadang qotil bo'larmish?
Bola battar yig'lab, duduqlanib gapirdi.
- Chunki, chunki meni ota-onam yo'q.
- Lekin seni buving bor o'rgilay.
- Bilmadim, u har doim meni "g'irt yetim" deydi. Bungaku o'rganib ketganman. Ammo bugun boshqa bolalar ham bir qator bo'lib menga "yetimcha" deyishdi. Siz menga "Hech kim bilan urushma, faqat yomon bolalar bir-biri bilan urushishadi" degansiz. Lekin bu safar o'zimni bosib turolmadim va Kamolning yuziga bir musht tushirdim. Shunda u menga:
- Nima sen ham dadangga o'xshab qotilmisan? dedi. Shunda men
- Mening dadam qotil emas
- Qotil bo'lmaganidan mening dadamni otgan ekanda.
Men bu gapga ishonmadim. Keyin Komilning oyisi aytdi. Bu gap to'g'ri ekan.
Buvisi jimib qoldi. Shunda Vali
- Buvi men dadamdan nafratlanaman!
Buvisi Valining yuziga tarsaki tushirib yubordi va
- Ovozingni o'chir! -deya baqirdi.
Bola yig'lashdan to'xtadi. Buvisi gap boshladi.
- Dadang qotil emas aksincha u harbiy bo'lgan.
-Nima?!
- Eshit bundan 8 yil avval sen bir yosh paytingda hammamiz nonushta qilayotgandik. Shunda ichkaridan dadang chiqib keldi.
- Oyijon, dadajon menga fotha bering. Bir haftalik ishga chaqirishdi. Biz dadangni duo qilib ishiga yubordik. Dadang shu ketganicha uyga qaytmadi. Dadangning kechikishi odatiy hol edi. Shuning uchun ham biz indamadik. Bir kuni bizni dadangning ishiga chaqirishdi. Biz bordik. Barcha harbiylar boshini egib turardi. Keyin eshitsak dadang bu paytda olamdan ko'z yumgan ekan. Uning boshlig'i aytib berdi. Dadang o'sha kuni chegarada turgan ekan. Shu payt uning oldiga bir to'da bosqinchilar kelib O'zbekiston chegarasiga o'tishmoqchi bo'lishgan. Ularning orasida Kamolning dadasi Ortiq ham bor ekan. U dadangdan chegarani ochishni iltimos qilibdi. U esa bu gapni eshtgan zaxoti uni otib tashlabdi. Dadang bilan Kamolning dadasi Ortiq dadangning eng qadrdon do'sti edi. Shu payt ular chegaradan bu tomonga bomba otishgan. Dadang bombani zararlantirgan ammo uni orqasidandan otishgan. Uni tezda kasalxonaga keltirishgan. U o'sha paytda ham bizga xat yozib qoldiribdi. Afsus xatni yozibdi ammo shu zaxotiyoq jon beribdi. Palkonik bizga ko'zida yosh ila aytib berdi. "U Vatani oldida muqaddas deb hisoblagan burchini bajardi" dedi va bizga dadang yozgan xatni topshirdi. Xatni ochib o'qidik. Unda shunday so'zlar turardi. "Hammangiz mendan rozi bo'ling va do'stim Ortiq terro'rchi ekanini oilasiga aytmang"
So'ng bunga chidolmay bobongni yuragi huruj qildi va onang bir yil o'tgach vafot etdi. Men esa qiynalib yashab kelmoqdaman. Sen dadangning yolg'iz yodgorisan seni o'stirdim endi armonim yo'q. Bola hayratda qoldi va ajablanib so'radi:
- Axir siz ota-onang avtoxalokatda vafot etgan der edingizku.
- Sen harbiy bo'laman deganding. Bu o'g'limning orzusi edi. Gaplarimni eshitsang harbiylik yomon kasb ekan deb bundan bosh tortishingni istamagandim.
- Nimaga endi, men ham dadam kabi harbiy bo'laman. Vatanim oldidagi burchimni bajarib so'ngra jon beraman!
Buvi bolada dadasiniki kabi g'ayratni ko'rdi va
- Barakalla o'g'lim. -deb faxrlanib qo'ydi.


: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
#tanlovga
#14_yanvar

NASR
3-ISHTIROKCHI


So‘nmas xotira
(Hikoya)

Tushga yaqin nimagadir uyda juda ham zerikib ketdim. Xayolimga kitob oʻqish fikri keldi.vKitob javonidan oʻqish uchun biror bir qiziqarli kitob topish maqsadida hamma yoqni ostin-ustun qilibman. Javondagi barcha kitoblarni oʻqib chiqqan ekanman. Yana qaytadan oʻqishni esa xohlamadim. Kitoblarni qaytadan joyiga taxlayotgan edim. Bir kitob qoʻlimdan tushib ketdi.Shunda kitob ichida turgan suratga oʻzim tushdi. Suratni koʻrishim bilan boshqacha boʻlib ketdim.Yuzimga tabassum yugurdi.Ehh, qanday ajoyib davrlar edi.Oʻshanda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Chirchiq Oliy Tank Qomonlik muhandislik bilim yurtida ruschasiga aytganda "ЧВТКИУ" da ikkichi kursda oʻqirdim. Adashmasam, yakshanba kuni edi. Ertalab soat yettida uygʻongandik . Joylarni yigʻib yuz-qoʻllarimizni yuvguncha soat sakkiz boʻlardi. Choy payti... Ehh, qanday yigitlar edik-a.Sobirov degan yigit bor edi.(Koʻpchilikning ismlari esimdan chiqqan harbiylarni koʻproq familiya bilan chaqiriladi) Juda hazilkash, shoʻx edi oʻziyam.

Ertalabgi nonushta payti ham turli xil latifalar aytib bizlarni kuldirardi. Oʻsha kuni ham yigitlar bilan mazza qilib kulishib xonalarimizga endi yoʻl olgandik. Qarshimizdan Kapitan Xoldorov chiqdi. Oʻzi oriq, kichkinaday koʻringani bilan juda talabchan, qattiq qoʻl kapitan edi. Koʻrishimiz bilan kapitanga chest berdik.
- Yoʻl boʻlsin kursantlar.-dedi kapitan Xoldorov.
- Yotoqxonaga.- dedi Umarov qoʻrqibroq.
-Yotoqxonaga borishga hali ulgurasizlar. Undan oldin yotoqxona binosi atrofini yaxshilab tozalaysizlar. Qani marsh, tezda isharingizni bitiringlar.
- Xoʻp boʻladi, oʻrtoq kapitan.
- Yakshanba kuni xashar juda yoqib turgandi-da oʻziyam. Uyoqda oʻzlarimizning shaxsiy ishlar qolib ketdi, -dedi Toshqulov.
Shu gapingni hozir borib kapitanga ayt,-dedi Sobirov kulib.
- Yaxshi hozir borib aytaman,- dedi Toshqulov jerkib.
- Yoʻq, sen ovora boʻlma, kapitanni oʻzim yoningga chaqirib kelaman. Sizda muhim gapi bormish deyman, - deb Sobirov rostdan yugurib ketayotgandi, Toshqulov qoʻrqib ketdi
- Ey, qayerga? Men jiddiy aytmagandim. - dedi koʻzlari moʻltillab.
Hammamiz xo-xolab kulib yubordik. Toshqulovning yuzini koʻrganingizda edi.
- Yaxshi, - dedim men. Kulishib ham oldik. Endi tezroq ishni bitiraylik boʻlmasa, kapitanning qahriga uchraymiz.
Tezda ishga kirishib ketdik. Men daraxtlar tagini chopardim, Umirov oqlardi. Toshqulov esa suvga ketgandi. Yana ikkita yigit (ularni familiyasi ham esimda yoʻq) supurishardi. Birdan halloslagancha Sobirov qoʻlida ikki chelak suv bilan yugurib keldi.
- Hoy yigitlar, u yoqda men bir kursantni uchratib qoldim. Qoʻlida plyonkali fotoapparat bor ekan. Bizni ham rasmga olib qoʻyasanmi? -deb bir ogʻiz aytgandim. Soʻzimni yerda qoldirmadi. "Xoʻp", - dedi. Hozir orqamdan kelyapti, hov ana, qani, hammang teril-chi, bir rasmga tushaylik! - dedi.
- Shuncha ish turganda rasmga tushishga balo bormi?! - dedi Toshqulov.
- Ey, bir esdalikka tushsak tushibmiz-da. Qolaversa, kursantni qaytarib yubormayman-ku, bekorga kelib ketgani qoladi,- dedi Sobirov.
- Yaxshi unda, hov anavi oʻrindiqqa oʻtirib rasmga tushamiz, - dedi Toshqulov.
Oʻrindiqqa toʻrttalamiz oʻtirdik. Hammamiz oʻtirsak. Xuddi birinchi sinf bolalaridek koʻrindik. Shuning uchun Umirov bilan Sobirov tik turishdi. Yaxshiyam oʻsha kuni rasmga tushganimiz. Hozir koʻrib koʻnglim koʻtarildi. Oʻzimni ustimdan oʻzim rosa kuldim. Oʻzimni xuddi aktyorlardek chiroyli tasavvur qilganman, shekilli, oʻzimdan "Красавчик"ni yasab olganman. Orqamda esa Umirov turibdi, juda ajoyib bola edi-da oʻziyam. Hamma uni koʻpincha kaptoʻrchik (gʻaznachi) deb chaqirardi. Bechora gʻaznani tartibga keltiraman deb kechasi bir, ikkida uxlashga yotardi. Men esa azon bilan soat beshda turib dars qilardim. Shunda Umirov koʻzini ochib.
- Uyda ham tinchlik yoʻq, bu yerda ham. Uyda otam tur, deb ustimga kelardi. Bu yerda esa sen uxlashga bermaysan,- derdi.
#tanlovga
#14_yanvar

NASR
4-ISHTIROKCHI

Xiyonat
(Hikoya)

Osmonning bag'ri qon.  Xuddi eridan ajralib beva qolgan ojizalardek, otasidan ajralib qon yutgan norasidalar kabi. Farzandini eshikka  termulgancha ilhaq kutib ,ko'zlari nurdan qolgan munis onalar singari. U ham ojizalaridek qon yig'lamoqda. Hammaning tinkasi qurigan. Irodasi bukilgan. Qonli irmoqlar bora-bora  daryoga aylandi ,go'yo. Yer ham osmon ham isnoniyatdan yuz o'girgandek. Necha kundan buyon osmonning qovog'i solingan. Muttasil yomg'ir yog'ib turibdi. Yer ham insonlarni yutishga tayyor , go'yo:
" - Ey samo , bularga nima yegishmaydi-a? Nimalar qilishyapti o'zi, bir -birlari bilan jang qilib?! Mening ustimda shuncha mojaromi? Qayoqqadir qochib ketyabmanmi yoki? Bir hovuch tuproqqa ko'zlari to'yadi-ku. Omonatini topshirgandan so'ng keladi , bag'rimga. Bu insoniyatga hech tushunolmaymanda.
- Ey , nimasini aytasan yer. Men ham bularga tushunmay ketyapman. Bilasan-mi , o'zimni kundan-kunga  cho'kayotgandek his qilyapman. Kundan-kunga og'irlashayotgandekman , xuddi. Hozir , ayni vaqtda quloqlarim kar bo'lib qolishini istayabman. Insonlar oh-u zorini eshitishdan , menga har boqqanlarida ko'zlariga yosh olishlaridan , har soniyada portlayotgan bomba ovozlaridan , o'q ovozlaridan charchadim.
- Men ham... Bag'rim qonga to'lib ketdi. Har lahza qon yutyapman. Faqat bularga Uning o'zi bas keladi. Undan boshqa hech kim bularni to'xtata olmaydi."
- Qoch-ch-ch. Malik qoch. Panaga o't. Baribir endi kech! O'zingni o'yla. Qoch.
Yomg'ir yog'ishi yanada jadallashdi. Jang maydoni bo'shadi hisob. U yerda mardona jang qilgan Qahramonlar qoldi , xolos. Ikki tomon ham yomg'ir tinishini kutish uchun in-inlariga kirib ketishgandi.
-Malik, o'zingga kel. Tinchlan endi.
Bu uchovlon ham yomg'ir tinishi , ham Malikni tinchlantirish uchun bir xaroba orqasidan qo'nim topishdi. Uchalasi ham iloji boricha Malikni tinchlantirishga harakat qilishardi.
- Eshityapsanmi , men uni tirik qoldirmayman. Birinchi gal qo'limdan qochib kutilgandi. Endi esa buning ilojisi yo'q. Ablah. Itvachcha. Umrimda birinchi marta kimnidir o'ldirmaganim uchun pushaymonman. Pushaymon. Uni ko'rgan zaxotim otib tashlashim kerak edi.
- Malik , bo'ldi endi. Qo'limizdan hech narsa kelmaydi. U baribir Xoin edi. Eshityapsanmi , xoin. Undan nima kutganding boshqa,- to'ng'illadi A'zam.
- O'z joni tashvishida,dushman bilan til biriktirgan insondan nimani kutasan. O'z or-nomusi , g'ururini sotgan Hayvondan ninani kutasan-a? O'zi tugul oilasini ham o'ylamadi. Pinagini ham buzmasdan dushman tomknga o'tdi-ketdi ,- gapga qo'shildi Dovud.
- Bilaman, bilaman. Lekin nima qilay. Jonim achiyaptida. Rasulga jonim achiyapti. Yigit sho'rlik,- chuqur xo'rsinib qo'ydi Malik. Undan ham ko'proq Ra'noga achinyapman. Qiz bechora. O'n gulidan bir guli ochilmagandi hali. Nikoh kuni frontga olib kelishgandi Rasulni,-gapini davom ettirib.
- Nima ham qila olardik. El boshiga kelgan balo,- qizg'in suhbatga aralashdi Tal'at.
- Og'aynilar. Men uni o'ligini ham xor qilib qo'ydirmayman. Hozir qaytaman.
-Esingni yig'ib ol. Nima qilmoqchisan. Rasulni o'zing bilan qishloqqa olib ketmoqchimisan-a? Hozir o'zingni joning aziz. Bu yerda qanchadan-qancha inson bor. Olib ketamiz desak. Shuning uchun tinchlan. O'zingga kel,-deya Malikni yo'lini to'sdi A'zam.
Malik jasadlarga to'la maydonga qarab chuqur xo'rsinib qo'ydi. Va ichida nimalardir deb yuziga fotiha tortdi. Bunga sheriklari ham qo'shildi.
- Qoraxat borgandan keyin U qanday ahvolga tushadi ekan? - shivirlab qo'ydi Malik
.... Bulutlar tarqab oy osmonda suza boshladi. Hamma o'z yumushlarini yana davom ettira ketishdi. Muammolariga yechim topishga harakat qilishardi.
-Qizim , ko'chada nima qilyapsan. Uyga kiraqol. Tag'in kasallanib qolmagin.
Ra'nodan sado chiqmadi. Boshini ham qilgancha ayvonchaga suyanib nimalarnidir hayol qilardi. Onasi qizini yaxshi tushunardi. Mana bir oydan beri shu ahvol. Ortiqcha bir so'z ham demaydi. Qiziga qarab xo'rsinib qo'ydi va ishini yana davom ettirish uchun oshxonaga kirib ketdi...
#tanlovga
#14_yanvar

NASR
5-ISHTIROKCHI

Manguberdi farzandi
(Hikoya)



Harbiy xizmat vazifasini o'tashga kelgan Bahodir armiyaga juda tez ko'nikib ketdi. Chunki u yoshligidan vatanini himoya qilishni xohlardi. Unga chegarachilik vazifasi topshirildi. U qasamiyod qabul qildi va muqaddas qasamiyodiga hamisha sodiq bo'lishga harakat qilib harbiy xizmat paytidagi vazifalarini chin dildan ado etib vatanni himoya qilishga urinardi. Lekin uning qalbida kun o'tgan sayin oilasi, o'zi tug'ilib o'sha qo'ylar-u sigirlarning ma'rashini eshitib o'sgan qishlog'iga bo'lgan sog'inchi kuchayardi. U O'zini "Men oilam oldidagi, o'sha qishlog'im oldidagi burchimni o'tash uchun bu yerdaman", deb ovutar edi.
Bir kuni kechasi Bahodir va Alisher chegarada navbatchi edi. Bahodir o'zini uyqu domiga berib qo'ymaslik uchun osmonga qaradi. Osmon to'la yulduzlar edi. Keyin endi uyquga ketayotgan Alisherga
- Qara, yulduzlarning chiroyliligini. Bizlarga qarab turishibdi.
- Ha. Yulduzlar bizlarga Kuch beradi. Yulduzlar bizning ajdodlarimiz. Ularning ruhi doim bizga madad beradi, - dedi Alisher osmonga qarab.
- Qara ana u yulduz Manguberdiniki ana u esa yana boshqa bobomizning yulduzlari - dedi Bahodir osmonga tikilgancha.
- Qaydan
- Qiziq, bizlarni ham bu dunyodan o'tkanimizdan keyin shunaqa qilib eslasharmikan ? Bizlarning ham yulduzlarimizni topisharmikan ?
- Qaydan - dedi yana Alisher xayol surib.
- Menimcha, bu o'zimizga bog'liq. "Inson qanchalik ko'p ezgu ish qilsa yulduzi shuncha yorqin bo'ladi" oyim aytardilar.
Bahodir gapini tugatmagan ham ediki chegaraning narigi tarafidan odamlar ko'rindi.
- Terrorchilar! Boshqalarga xabar berish kerak -dedi Alisher.
Bahodir qurolini olib Alisherning "To'xta" deyishiga qaramay
- Terrorchilarni chegara yoniga yo'latish xavfli - dedida yugurib ketdi. Alisherning orqasidan" Sen bir o'zing ularga qarshi chiqolmaysan" deganini ham eshimadi.
Alisher boshqalarni chaqirib keldi. Lekin kech edi. Chegaradan 4 metrcha narida o'sha ko'ringan terrorchilarning jasadi yotardi va undan sal nariroqda esa qonga belangancha Bahodir xushsiz yotardi. Bunday manzaraga bosh qo'mondon ham leytenat ham hayrat bilan boqardi va Bosh qo'mondon Vohidov
- Uddalabsan, qoyil Jo'rayev ( Bahodirning familiyasi) - deb qo'ydi.
Alisher esa osmonga qarab
- Ana shu yulduz seniki Bahodir. Ha. Ana o'sha eng yorqin yulduz. Ha o'sha Sen aytgan Manguberdi bobomizniki. Chunki Sen Manguberdining haqiqiy farzandisan. Farzandlar esa har doim otalari bilan birga bo'lmog'i darkor.
Bahodir nafaqat oilasi, qishlog'i oldida burchini fidokorlik bilan ado qildi. Zero Manguberdining haqiqiy farzandi o'zi kabi fidokorona va mangulikda yashaydi. Bahodirning bu jasorati barchamizga ibrat va o'rnak bo'lsin.

: Botirova Go'zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"A" sinf o'quvchisi
#tanlovga
#14_yanvar

Urush
(Hikoya)


14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab

Bir uyda er va xotin yolg‘iz yashashardi.Oysha bibi 6 yildan beri tirnoqqa zor bo‘lib, xaroba uylarning birida yashar edi. 8 yil deganda ular egizak farzandli bo‘lishadi.Erkin ota va Oysha bibi farzandlariga Hasan va Husan deb ism qo‘yishadi.Bolalar kunlar, yillar o‘tib katta bo‘lib qolishadi.Bir kuni ular bubisinikidan qaytayotganida baxtsiz bir halokatga uchirashadi.Ana shu noxush halokatda Husan vafot etadi.Oysha bibi bunday judolikni ko‘tara olmay betob bo‘lib qoladi.Oradan yillar o‘tib Hasan 22 yoshga kirganida, urush kunlari yaqin ekanligi e'lon qilinadi.Oysha bibining ko‘ngli bundan nohuzur bo‘la boshlaydi.Har bir xonadondagi oilalarni ko‘cha boshiga yig‘ishib, har bir oiladan bir inson urushga ketib,vatanini yovuzlar qo‘lidan himoya qilishi aytiladi.Hamma uylariga kirib ketadi faqatgina Oysha bibi ko‘chada qolib yig‘lay boshlaydi.Bundan xavotir olgan Hasan onasidan so‘raydi:
- Ona, nega yig‘layapsiz?
- O‘g‘lim, ukangdan ayrilganimiz yetmagandek, sendan ham ajralishni istamayman.
- Ona, axir bu har bir farzandning Vatani uchun jonini fido qilishi ham farz,ham qarzdir.Men bu urushda albatta Vatanimni himoya qilaman.
Ona bola suhbatlashib bo‘lganidan keyin uyga kirishadi.3 kundan so‘ng Hasanni urushga olib ketishga kelishishadi.Erkin ota ham ketishi mumkin edi, biroq u 75 yoshga kirib qolgan edi.Shu sabab urushga Hasan ketishga majbur bo‘ladi.Oysha bibi o‘g‘lini urushga yuborar ekan, ko‘zlariga farzandisiz uyqu kelmasligini bilar edi.Ko‘chaning ayrim xonadonlarida urushni boshlagan kishilarni qarg‘ab, qichqirishlari,ayrimlarida esa qo‘lini duoga ochib o‘g‘illarini urushga yig‘lab uzatayotganlari eshitilar edi.Bu ovozlarga parvo etmay, navqiron yoshlar Vatani uchun jon berishga ham tayyor bo‘lib, orqasiga ham qaramay jangga ketishardilar.Kunlarning birida Oysha bibi va Erkin ota choy ichishib o‘tirganlarida qõlidan piyala tushib ketib sinadi.Oysha bibi Erkin otaga qarab "O‘g‘limiz sog‘-omon bo‘lib yurgan bo‘lsin ilohim"-dedi va birdaniga eshik taqqillab, po‘shtachi kirib keldi.Oysha bibi uni qo‘lidagi qog‘ozni o‘qib,yig‘lay boshladi.Buni eshitgan qo‘shnilar, har kuni kelib, Oysha bibining sog‘ligidan xabar olishar edi.Chunki Hasan urushda oyog‘idan 2 ta,qo‘lidan 3 ta va ko‘ksidan bitta o‘q yeb Vatani uchun jonini fido qilib, mardlarcha jasorat ko‘rsatib, jangda halok bo‘ladi.Hasan o‘lishidan oldin aytgan gapi:"Ona o‘g‘lingizdan rozi bõling"-deb jon beradi.
Hayotda hamma narsa bo'ladi, bugun borsan, ertaga esa yo'q. Shuning uchun har doim hayot sinovlariga tayyor turishimiz lozim.

: Qadamova Bashorat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
8- "B"sinf o‘quvchisi
#Diqqat_tanlov
#14_yanvar

❄️ Qishki ta'til paytida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan  "Mening armiyam-mening faxrim" mavzusidagi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchining chizgan rasmi mavzu doirasida ya'ni Vatan himoyachilari asosiy qismdan joy egallashi lozim.
Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini
@XorunMuso manziliga yuboring
❗️Baholashda ishtirokchining noodatiy, o‘zgacha topilma, chizgan rasmlarida mavzu doirasida ekanligi inobatga olinadi.


Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-yanvar sanasigacha qabul qilinadi.Tanlovda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib
1. Eng yaxshi rasm (1,2,3-o’rin) gʼoliblar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
1-ISHTIROKCHI


🌠: Baxtiyorova Parizod,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
2-ISHTIROKCHI


🌠: Qurbonova Farangiz,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi



👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
3-ISHTIROKCHI


🌠: Qadamova Nozima,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
4-ISHTIROKCHI


🌠: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
5-ISHTIROKCHI

🌠: Bardiyeva Ruhshona,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
6-ISHTIROKCHI


🌠:Soburov Muntazir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
7-ISHTIROKCHI

🌠: Matyoqubova Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
8-ISHTIROKCHI

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim


Yurtim, bu kun qancha jar solsang ham oz,
Axir himoyangda minglagan Shiroq.
Shon-u shavkatingni alqab, tug'ingni
Baland ko'targuvchi Kubrolarga boq.

Har qarich tuprog'ing muqaddas bilib,
Sendaki xasni ham Vatan deb sevar.
Qo'rg'onin bir toshin qulatmas aslo
Yurtim deb hattoki jonidan kechar.

Ming shukr, el-yurt tinch, butdir qo'rg'onlar,
Tun-u kun sarhadda apl-o'g'lonlaring.
Bag'ringda bor ekan Temurlar nasli
Sira yanchilmagay gul-rayhonlaring.

Temir intizomi ularga qalqon,
Jasurlik bobida Alp avlodlari.
Vatanin or bilib, nomus deb bilib
Qorachiqdek asrash-shu bayotlari.

Qaddini sira ham bukmasin yovlar,
Ularda bor botirlik, metin iroda.
Vatan shuhratini yoyib dunyoga,
O‘zbekdek obro'si bo'lsin ziyoda.

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o'quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|