Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#jarayon

🗓 Joriy yilning 14-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev so‘zga chiqib o‘quvchi yigitlarni bayram bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tayyorlangan rolik va tarqatma materiallarni o‘quvchilar bilan tanishtirdi.

📸Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#davra_suhbati
#jarayon

➡️ Yurtimizda "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida kichik tadbir va davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗓 Joriy yilning 17-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov o‘quvchi-yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan fikrlarni bildirib o‘tdi. Davra suhbatida "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari ham ishtirok etdilar.

🔸Davra suhbatida maktab direktori vvb N.Abdullayev va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Sadullayev ishtirok etib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Vatan_sajdagoh_kabi_muqaddas
#Jarayon

🗓 Joriy yilning 17-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga "Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati tashkil etildi.

✴️ O‘quvchilarga Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligi, uning sarhadlarini qo'riqlash, tinchligi, osoyishtaligi yo'lida xizmat qilish, yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shmoq zarur ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.

➡️ O'quvchilar harbiylar hayoti haqidagi tarqatma materiallar va videorolikni tomosha qilishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Eng_bilimdon_kitobxon
#Jarayon

📆 Joriy yilning 17-yanvar sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da o‘quvchilarni kitobxonlikka undash maqsadida "Eng bilimdon kitobxon" ko'rik-tanlovi jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Zakovat_quiz
#jarayon

🗓 Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.


🔘 Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar.

🧩 Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.

📊 Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Psixologik_trening
#Jarayon

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi psixologi Atajonova Maqsuda va Maʼmun universitetining 2-kurs talabalari amaliyotchi psixologlar Atamurodova Mehriniso, Qadamova Mushtariybegim, Olimboyeva Mahliyolar "Kasbiy moyillik va qiziqishlarni aniqlash" mavzusi bo'yicha o‘quvchilarga metodika va trening o‘tkazildi.


🔸Treningda o‘quvchi kelajakda tanlamoqchi bo‘lgan kasblari bo‘yicha davra shaklida muloqot olib borildi. Shundan so‘ng, mavzu yuzasidan turli enerjayzer o‘yinlar o‘tkazildi. Treningda o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va kerakli psixologik maslahatlar oldilar.

📸 Yuqorida trening jarayonidan foto lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|