Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Bahorga
("Kuzga maktub" hikoyaga javoban...)


So'zimni nimadan boshlashni bilmayman. Men ko'p kutdim, sening maktubingni... O'zim ham ko'p bora harakat qildim senga xat yozishga. Lekin... lekin tiklanmaydigan munosabatlarni eslab yana yuragingni pora qilib qo'yishdan qo'rqdim. Axir, senga faqat tabassum yarashadi.
Ishonasanmi, yo'qmi, men ham sen bilan birga bo'lishni juda-juda xohlagandim. Men majbur bo'ldim. Tabiatning bunda aybi yo'q. To'g'ri, u qarshi edi, ammo men o'zim rozi bo'ldim... Ha, bu so'zlarim senga og'ir botishi mumkin. Buni o'z xohishim bilan qilganim yo'q. Aslo unday deb o'ylama!
Agar sen va men, yoz va qish birga bo'lsak, butun tabiat muvozanatsiz qolardi. Chunki qish va yoz birga bo'lsa, ular bir-birini juda qattiq jarohatlashi mumkin edi. Ular bir-birini yo'q qilib yuborardi. Hammasiga men aybdorman. Kechira olsang, kechir.
Men shunchaki ikki faslning taqdiri uchun shunday qildim. Undan tashqari, odamlar ham yer yuzida qolmagan bo'larmidi. Ikki taqdirning baxti evaziga butun dunyoni badbaxt qilmoqlik ne kerak?
Balki, meni yomon dersan bu so'zlarimni eshitib. Mayli, sen nima desang shu. Axir, senga yo'q deya olarmidim.
Bu ayriliq menga ta'sir qilmadi, deysanmi? Ayriliq, ayriliq... Bu shunday og'riqliki... BU xuddi odamlarning tish og'rig'idek gap, ammo bunda tish og'rimaydi.
Ba'zan o'ylab qolaman: men senga loyiqmanmi? Shuncha ko'z yoshlaringga sababchi bol'ldim-ku.
Eh Bahorim, sen aslo xafa bo'lma. Biz hech qachon ko'risholmasak-da, qalban birgamiz.
Senga azob chekish yarashmaydi. Odamlar seni muhabbat fasli deya e'tirof etishadi. Men baxtsiz bo'lgandirman, lekin o'sha odamlarning ham taqdiri menikiday bo'lmasligi uchun sen tabassum ila yashashing kerak. Hechqisi yo'q, bora-bora mensizlikka ko'nkib ketasan... (Va men xayolingni butkul tark etaman...)
Senga o'xshab men ham umid qilishdan to'xtamayman. Butun umr bo'lsa, butun umr...
Yer yuzini tark etsang ham sen mening qalbimda mangu yashaysan!
Baxtsiz bo'lishingga sabab bo'lgan KUZ...

:Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Uzrnoma
(Sevimli dugonam Shaxnoza Saidovaga bag'ishlanadi...)


Men bir qizni izlayapman.
U qiz shundayki, do'stlari bilan doim birga bo'lishni xohlaydi.
U shundayki, kitob o'qishni yoqtiradi.
U shundayki, rus tilini chin dildan o'rganadi.
U shundayki, tez do'stlaridan xafa bo'ladi...
chunki do'stlari ko'pincha uning ko'nglini tez sindirishadi...
U shundayki, hech qachon o'zini aybdor his etmaydi.
(Chunki u rostdan ham aybdor emas.)
U shundayki, arzimagan sabab tufayli yig'laydi.
U shundayki, yaqinlari azoblanayotganda jim qarab turolmaydi...
U shundayki, meni bir kun emas, albatta, bir kun kanalidan ham, hayotidan ham o'chirib tashlaydi...
Chunki o'sha qiz mendan qattiq xafa
balki, umuman kechirolmas...
O'sha qiz menga doim: "Men haqimda ham hikoya yozsang-chi" deb aytardi.
Men-ku bunday hikoyani yozarman, lekin... u buni qabul qilarmikan?..
U meni kechirarmikan?..
ha, bu so'zlarim sizga, boshqalarga g'alati tuyilar.
Ammo men endi chin do'stimni topganda uni yo'qotishni xohlamayman...
Negaki, bu dunyoda haqiqiy do'stlik juda kam.
Va bu achinarli holat...
O'sha qiz tufayli men chiroyli tabassum qilishni, hayotda ba'zan ahmoqgarchiliklar qilishni, do'st topishni, insonlarning asl yuzlarini ko'rishni va o'zim uchun yashash kerakligini o'rgandim.
Va bu uchun undan minnatdorman.
Men o'zimni oqlamayman.
Oqlay olmayman.
Uning bir odati bor: kimdirdan xafa bo'lsa, o'sha inson bilan iloji boricha aloqa qilmaydi.
Va bu hamma uchun bir xil kechadi.
Lekin men bunday "jazo" ga o'rganolmayman.
U bilan juda ko'p jinniliklar qilganmiz. Meni sinfda quvlagani esidamikin?.. Men xafa yursam, majburlab kuldirishlari-chi?.. U bilan gaplashgan suhbatlarimiz esidamikin?.. Maktabdagi ilk kunimiz-chi?..

Ha, eslasak, arzirli voqealar bo'ldi o'sha 1 yil ichida...

Men hech kimga bunchalik ko'p ta'rif bermaganman, berolmaganman. Chunki hech kim men bilan unikiday munosabatda bo'lmagan, bo'lolmaydi ham...

Bilaman, ahmoqman. Endi shuni to'g'irlamoqchiman.

Menga shu qiz kerak. Topib bera olasanmi?..

Seni izlab yurgan bir ahmoq qiz...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#6_kun

Teskari haqiqat

Odamlar kabi tabassum qilayotgan daraxt o'z kulgusi tufayli gullar bilan bezalgan bir pallada musavvir zavq bilan uning rasmini chizardi. Bu shunday rasm ediki, go'yo musavvir butun dunyo baxtini kichkina qog'ozga sig'dira olgandi. Mo'yqalam rassom qo'lida betakror raqs tushayotgandek o'ynardi. Uning go'zal "raqsidan" ta'sirlanganlar mo'yqalamdan so'rashdi:
– Nega bunchalik xursandsan?
– Odamlarning baxtli onlarida yonida bo'lsang edi, sen ham juda baxtli va xursand bo'larding.
Xuddi o'sha joyda yana bir odam nimalardandir bezovta, juda g'alati holda ko'rinardi. Uning qo'lida qog'oz va qalam. Qog'oz jimgina tinglar, qalam esa ko'ngli yumshab ketgan insondek yum-yum yig'lardi.
– Ey qalam, nega yig'layapsan?
Qalam ho'rsingancha javob berdi:
– Odamlarning dardlarini tinglaganingda edi, sen ham mendek ko'z yosh to'kkan bo'larding...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#7_kun

Baxtsiz yoxud eng baxtli odam

Tongni tundan farqlab boʻlmaydi. Dafn marosimiga yigʻilganlarning egnidagi motam kiyimi tabiatni qora rangga boʻyadi. Rafiqasining oʻlimi Mardonni juda qattiq iztirobga solib qoʻydi. Uyda odamlarning hamdardlik tovushi quloqqa chalinadi.
Quyosh bugun yuzini ham koʻrsatmadi, aybdor insondek bulutlar orqasiga berkinib olgan: xuddiki u Nozimaning oʻlimiga sababchidek. Asta-sekin ta'ziyaga kelgan odamlar tarqaldi. Mardon vaqtni ham bilmay, huvillab qolgan uyida yolgʻiz oʻzi qoldi. Kirayotib fortepianoga koʻzi tushdi. Buni koʻrib koʻnglidagi xafagarchilik yana ham ortdi. Axir Nozima bu fortepianoda uning qalbiga orom bagʻishlovchi kuylarni chalgandi...
Mardon uxlamoqchi boʻlib, karavotga choʻzildi. Qanchalik harakat qilmasin, baribir uxlay olmadi.
Oy deraza ortidan koʻrinish berdi. Vaqt ham yarim tunni keltirdi. Mardonning koʻz oldidan butun hayoti oʻtayotgan bir paytda "Mardon aka" degan Nozimaning ovozi qulogʻi ostida jaranglagandek boʻldi.
- Mardon aka...
Qop-qora sochlar, tundan-da qora koʻzlar gavdalandi. Va oppoq libosda oʻzidan nur taratgancha Nozima Mardonga tikilib turardi. Mardon hali oʻgirilib qaramadi. U xayolidan shunday ovoz oʻtayotganiga oʻzini ishontirardi.
Nozima oʻsha fortepiano oldiga bordi. Nozik qoʻllarning takrorlanmas harakati ila oy shuʼlasiga hamohang bir kuy yangradi. Mardon ortiga qaradi. Katta koʻzlar hayratdan yana ham kattalashgandek boʻldi. Qiz tinmasdan kuy chalar, yigit esa bu kuy ogʻushida soʻnmas xotiralarga gʻarq boʻlgandi. Yigitning quvonchi cheksiz edi.
Qiz toʻxtab qoldi. U Mardonga tikilib turdi-da, derazaga qaradi: tong otayotgandi. Nozima ortiq bu yerda qololmasdi.
- Ketma...
Mardonning ovozi zoʻrgʻa chiqardi.
Nozima unga goʻzal tabassumni hadya etgancha koʻzdan gʻoyib boʻldi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#NASR


Xayr...
(Hikoya)


Osmonni qop-qora bulutlar qoplagan, shamolning esishi yurakni muzlatib qo'yardi go'yo. Chang-to'zonli havo edi. Birdan yomg'ir yog'di. Yomg'irning ovozi mayin shitirlab emas, juda qo'rqinchli, bomba ovozlariga jo'r bo'lib yog'ayotgandek edi. Yomg'ir tomchilarining qattiq zarb bilan tushishi yer bag'rini ilma teshik qilar va borgan sari kuchayardi. Uylar bombardimon qilingan, hamma joydan o'q ovozlar eshitilardi. Har o'q otilganida yomg'ir ham yanada tezlashar, o'sha otilgan o'qlar senga tegmasada, ovozi yurakni yulib olib ketgandek bo'lardi. Bu galgi bomba tomi mustahkam yog'ochdan yasalgan katta uy ustiga tushdi. Uyni ostida dushmanni otishga payt boylab, bir uyum tuproq ortida Yusuf o'tirardi. Bu portlash unga juda yaqin bo'lgan joyda ro'y berdi. Bombaning portlashi uni tanasidan ruhini chiqarib yuborgandek bo'ldi. O'zini jonsiz odamdek his qilib, hushidan ketdi. Sal paytdan so'ng ko'zini ochdi. Qarasa bir chekkada yotibdi, tepasida odamlar nimadandir qo'rqib bir tomonga qochardilar. Chalajon Yusuf o'rnidan turolmas, hamma yoqlari qaqshab og'rirdi. Yuzlaridagi yaralar tuproqqa yotganida juda azoblab, achishardi. Uni rangi-raftoridan hech kim taniyolmas edi. Bir qo'li portlashdan so'ng sinib, bir oyoqi juda qattiq yaralangandi. O'zi zo'rg'a nafas olar va har nafas olganida kipriklarini pirpiratib qo'yardi. Yuragi sekin urardi. Shu payt bir chetda o'tib ketayotgan katta nemis mashinasi ichidan ayollarning yig'i aralash dod-u faryodi eshitildi. Ularni kuzatib turib, gapira boshladi:
- Onajon, -dedi lablaridagi qoni titrab, -Onajon meni kechiring, men sizga "Albatta qaytib kelaman, tishlab ketgan rizqimni yeyman" deb va'da bergandim. Yo'q borolmayman -dedi qonga to'la ko'zlarini bazo'r ochib. Ko'zi mashina ichidagi sochlari uzun va malla rangli qizga tushdi. U juda qattiq yig'lar va qo'llari bilan sochlarini to'zg'itardi. Yusuf uni orqasidan tikilib qolarkan:
- Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda... -jilmayib qo'ydi va uzoq sukutdan so'ng:
- Nozi esingdami, sen bilan qishlog'imizdagi katta chinor ostida yurganlarimiz. O'sha payti senga Nozi desam, erkalanib turib, qizargan yuzlaring bilan " Meni ismim Nozima" deya xafa bo'lib qochib ketarding. Uzun sochlaring yuzimni mayin silab o'tib ketardi. Noziyim, yana imkoniyat bo'lsaydi, seni Nozima deb chaqirgan bo'lardim. Baxtli bo'lgin...
- Xayr Vatan, xayr ona, xayr sevgi...
O'zida kuch topib o'rnidan turdi. Shu yerda turgan granatani qo'liga olib, u tomon bostirib kelayotgan dushman tankiga tik boqib turardi.
- Xayr hayot...
Bomba portlab ketdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

Xazonsiz kuz


Tabiatning ko'ziga xira parda tortilganday, atrofni quyuq tuman qopladi. Ikki qadam narini ko'rish amrimahol bo'lgan bir paytda Intizor olis-olislarga termulib, o'zining baxtiyor kunlarini axtarardi. Uning hayotini ko'ziga ham xira parda tortilgandi. Hozir qayerdaligini, bir qadam oldinlasa uni nima kutayotganini bilmasdi. Xayollar girdobida o'tirib, o'z olamiga sho'ng'ib ketgandi.
...Kuz elchilari ohistalik bilan derazani cherta boshlashdi. Intizorni o'ylari tarqab ketdi. Derazadan atrofga qarasa, yomg'ir asta-sekinlik bilan yer bag'riga singib ketayotgandi. O'zini shu yomg'ir o'rnida bo'lib qolishini juda xohlardi:
- Agar yomg'ir bo'lganimda, otamning diydoriga to'yib olardim. Diydor Qiyomatga qolmasdi.
... Yomg'irga o'xshayman. Undan farqim shuki, yer bag'riga emas , dardlarim ichiga sho'ng'ib ketyabman.
Xayolga berilgancha derazaga ishtiyoq bilan kulgan yuzni chizib qo'ydi.
Xayollari bilan bo'lib, onasi xonaga kirib kelganini ham sezmay qoldi. Onasi qizini bu yerda ko'rib , ajablangan ohangda :
- Bu yerda nima qilyapsann?!
Intizor javob o'rniga ko'zidagi yoshlarni artishga tushib ketdi.
Onasi qizini ko'zidagi yoshlarni ko'rib, ko'rmaganlikka oldi. Beparvolik bilan javondan nimalarnidir olishga harakat qilayotgandi. Intizor nima bo'layotganini bilmay, gandiraklab qoldi:
- Onajon, nima qilpaysiz?
Onasi qo'lidagi kiyimlarni qo'yib , o'ylanib qoldi.
- Bularni nima qilmoqchisiz?
Onasi biroz o'ylanib javob qildi:
- Dadang kiyimlarini g'ijim bo'lib turishini yoqtirmasdilar.
- Axir, ona...
Onasi javondan yaqinda dazmollangan kiyimlarni qo'liga olib, eshik oldida to'xtab qoldi:
- Qizim, soat singani bilan vaqt tugamaydi. Sening ko'zyoshing, sening dardlaring bilan hech kimni ishi yo'q. Tun-u kun yig'laganing bilan ketgan inson qaytib kelmaydi...
Onasi ko'zidagi yoshlarni ko'rsatmaslik uchun orqasiga qayrilmasdan xonani tark etdi.
Intizorning lablari ko'z ariqlaridan allaqachon suv ichayotgandi. Derazadan asta ko'chaga nazar soldi. Shamol ming yillardan beri qilib yurgan ishini davom ettirib, xazonlar bilan birga xotiralarni ham ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketayotgandi. Intizor ham derazani ochib ular bilan birga uzoqlarga ketishni xohlardi. Derazaga mehr bilan chizilgan kulgan yuzlar, endi yig'layotgandi...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Toʻgarak_jarayoni
#Nasr

🔰 Joriy yilning 9-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida ijodiy to‘garak rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida "Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi" mavzusida to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🔸 Sh.Xolmirzayev hayoti va ijodi, adibning o‘zbek adabiyotida ahamiyati, hikoyanavislik rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi.

🔹To‘garak davomida adib qalamiga mansub "Bukri tol", "O‘n sakkizga kirmagan kim bor", "Hayot abadiy" kabi asarlari tahlil qilindi.

📄 To‘garak yakunida o‘quvchilarga mavzu asosida hikoya yozish topshirildi, yozilgan hikoyalarning yutuq-kamchiliklari aytib o‘tildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#ona_tilim_faxrim
#nasr

Saboq
(Hikoya)


Shovqinli sinfxona ayrim bolalar sinfining u burchagidan bu burchagida oʻtib yurishlar, boshqalar guruh-guruh boʻlib ularning muammolari haqida, turli xil yangiliklar boʻlib oʻtgan voqealar haqida suhbat qurishardi. Yaxshi darajada shovqin solishadiki hatto ularning aytgan gaplarni ham eshita  olmasdilar. Yoʻlakda taq-taq etgan ovoz eshitilardi.
"Ustoz kelyapti",  - deb qichqirdi bolalardan bittasi. Sinfxona xuddi suv quygandek jimjit boʻlib qoldi. Ustoz xonaga kirdi. Bolalar bilan koʻrishib boʼlgandan soʼng birinchi navbatda bayramiga tayyorgarlik qanday ketayotganini soʼradi. Oʻquvchlardan biri oʻrnidan turib javob berdi:
— Yaxshi, ammo sahna koʻrinish biroz chala, ayrim oʻquvchilar gaplarini toʻliq yodlashmadi.
— Nega, axir ertaga bayram boʻlsa, nima uchun gaplaringizni yodlamadingizlar?
Norozi ohangda gapirdi oʻqtuvchi.
— Ustoz, aytishlaricha, bu ularga kerak emas ekan, ular oʻzbek tilini yoqtirishmasmish.
— Xoʻsh, kim ekan ular, javob beringlar-chi.
Hech kim gapirmadi, oʻqtuvchi battar jahl bilan yana soʻradi.
— Xoʻsh, kim deyapman?..
Oʻrta qatordan qora uzun sochlari taqimigacha tushib  yarmigacha yoyib qoʻyilgan, binafsha rang kofta va kalta yubka kiygan Ra'no oʻrnidan turdi.
— Menman. Xoʻsh, nima qipti, yodlamagan boʻsam, shunga shunchami? Oddiy narsadan  parablema yasash shartmi nima balo...
— Hali shunaqa degin. Bu oddiy narsami? — Jahl aralash gapiradi oʻqtuvchi
— Ha-da, nime  kere shuncha mashmasha, bosh orunu bizi tilimizi hechkim tanimasa, bilmasa, naprimer, boshqa davlatlaragayam bizi tilimiz qizumas, sechas odamlaga oʻzbe tildan boshqa tillada gapirish quley, luboy odamdamdan soʻrasezam oʻzbe  tilini hich kim sevmidi na vashe rasmatreni hurmatli ustoz.
Uning aytgan bu gaplari oʻqtuvchining figʻonini falakka chiqardi. Ikkala qoʻlini stolni ustiga qattiq urib, gʻazab bilan gapira boshladi.
— Birinchidan, Qodirova tilga bu daraja past nazarda qarashga haqqimiz yoʻq, ikkinchidan, oʻzbek tilini oldin yaxshi oʻrganib ol, undan soʻng gapir. Undan keyin esa shuni unutma: sendaylar koʻpligi uchun ham oʻzbek tilini jahon tanimaydi!

Raʼno yuzini burishtirgancha "hmm" deb qoʻydi.
— "Hm" ingni yigʻishtir, menga farqi yoʻq, nima qilib boʻlsa ham ertagacha  hikoyani boshidan oxirigacha oʻqib chiq, oʻzingga berilgan gaplarni yaxshilab yod ol. Ertaga butun maktab oldida sharmanda boʻlish niyatimiz yoʻq.
— Barbi , nima qilsezam man bulani yodlamiman.
— Unday boʻlsa indinga maktabdan ota-onang bilan birga direktorning xonasini sayohat qilib, maktab eshiklaridan qaytib kelmaydigan boʻlib chiqib  ketsan. Tushungandirsan nima deyotganimni.Qat'iylik bilan gapirdi ustoz.
Raʼnoning yuzlari  oʻzgarib ketdi, biroz boʻlsa-da qoʻrqayotgani  sezilib turardi...
Ustozi stoli ustida turgan kitobni qoʻliga oldi. Kitob hoshiyasiga Alfons Dode "Soʻnggi saboq" deb yozilgandi.
— Mana bu kitobni ol, ertagacha yaxshilab tayyorgargalikingni koʻr.
— Ladno...
— Gapirishingni ham toʻgirla.
— Yaxshi, — dedi u norozi ohangda.
Hash-pash deguncha tanaffus ham boʻldi. Hamma oʻquvchilar narsalarini yigʻib uyga qarab yoʻl olishdi. Raʼno uyga borguncha asablari adoyi tamom boʻldi. Uyga kelishi,xonasiga kirishi bilan sumkasi bir chetga uloqtirdi. Haligacha oʻqtuvchisining gaplari oʻylab oʻtirardi. Shu payt birdan kitob esiga tushib ketdi. "Voy Xudo" deb sumkasi oldiga yugurib borib ochib koʻrdi . Hayriyat, kitobni olib ketgan ekan. Darhol deraza tokchasiga borib  oʻtirdi, qilayotgan ishini sevmasa ham majburlikdan kitob oʻqishga tushdi.  Bir amallab kitobni oʻqib boʻlgach , yarim tungacha oʻtirib gaplarini yodladi. Koʻzlari borgan sayin oʻgirlashib borardi va shu yerning oʻzida uyquga ketdi.  Biroz vaqt oʻtdi, oyisi xonasiga kelib uni uygʻotdi.
— Raʼno, Raʼno, tur, qizim. Maktabingga kechga qolasan. — Boʻlaqol, qizim,  15 ta kam 9 boʻldi, bunaqada oʻqishingga ulgurmaysan.
#Yangi_yil_shukuhi
#Nasr

SHUKUH
(Hikoya)
Yangi yilga bag'ishlov🥳


Qish kirib keldi. Borliq oppoq ranga kirdi. Daraxtlar charchagan, qishloq ustiga un elagandek go'yo. Bitta qora narsa ham ko'rinmaydi. Qishloq qalbi pok, quvnoq insonlarga o'xshaydi. Osmondan kumush kabi yaltillagancha zarrachalar tushmoqda. Unga qarasang ko'zing qamashadi, shunday go'zal manzara.
Bu qishloq tog' yon bag'rlarida joylashgani sabab havo sovuq ammo toza bo'ladi. Bolalar ko'chada qorbo'ron o'ynaydi, qorbola yasaydi, chanada uchishadi. Bugun esa barchasi bir bo'lib katta archani bezashmoqda. Hammalar shod-u xurram, qiy-chuv ila o'ynashmoqda. Ularning o'ynayotganini bitta bobo derazadan kuzatib o'tiribdi. U bolajonlarga havas bilan boqib o'zining yoshlik davrini qumsayapti. Bu yangi yil uning yetmish ikkinchi qarshilayotgan bayrami ekan. Shuni hisobladi-yu jilmayib qo'ydi.
– Eh... – dedi va chuqur nafas olib chiqardi.
– Bolaligim, xuddi qordek tezda yog'di-yu o'tdi ketdi. Yangi yil kelsa xursand bo'lardim. Endi bilsam, U o'g'ri ekan. O'ziyam uddaburon o'g'ri ekan. Insonni xursand qilarkan-u ko'z yumib ochguncha bir yoshingni olib katarkan. Keyin uni topolmas ekansan, – dedi va juda qattiq o'ksindi.
– Sening o'rningni yangi qor parchalar bosar ekan. Osmonda yulduz bo'lib eslanar ekansan. Avvallari qor parchasidek qalbim o'ynoqi, sho'x bola edim. Hozir bo'lsa sochlarim qor rangidek oppoq bo'lgan boboga aylandim. Eh yangi yillar, yangi yillar...
U shu tarzda xayolga cho'mib turardi. Shu payt uning oldiga nevaralari yugurib keldi. Uning quvnoq qor parchalari. Oilasi jam bo'lib bugun yangi yilni qarshilashdi. Boboning ma'yus qayg'usi nurli quvonchga aylandi va endi yangi yilning shodiyona shukuhidan beixtiyor jilmayib qo‘ydi.

: Nurmamatov Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nasr

Jannatdan maktub

     Charx uyalibgina togʻlar ortidan bosh chiqarar ekan uning iliq nurlari oppoq bulutlarga tushib toʻqpushti rangli ufq hosil qildi. Bu goʻzal ufq oʻzining jilokorligi bilan falakning nozik boʻyniga yarashgan tumor boʻlib turardi. Undagi bulutlar esa xuddi yosh qizning yuziga surtilgan momiq upa kabi edi. Ammo upalar orasida faqat oq emas, balki, qoralari ham bor. Yaʼni ular osmonni qora qoshining oʻsmasiday edi. Shunday rangdor boʻlib turardi.
  Mana bugun xoʻrozning qichqirigʻidan oldin Shirin erta tongni qarshiladi. Qishloqning chekka joyida joylashgan hovlida yashardi u. Tagʻin bu uyda yangi birinchi kunlari hali. Uch kunlik oydek kelin. U 4 yil deganda shaharda oʻqishdan qaytdi. Bir oy oʻtar-oʻtmas "Oila" nomli darvozaning ilk eshiklaridan oʻtdi. Hozir esa hovlilarni supurmoqchi shekilli sariq rangli, zarlar bilan bezalgan kiyimlarini kiyib, bir qoʻliga supurgi, bir qoʻliga chelak koʻtarib tashqariga chiqdi. Sal salqin havo qaynoq, yaqinda uyqudan chiqqan tanini junjiktirib yubordi. Lekin tezda hovlidan oqib oʻtayotgan shildir suvli ariqdan chelagini toʻldirib olarkan yarim bilagi suvga botdi. Shu payt darvoza eshigi "taq-taq" qilib qoʻydi. Labida begʻubor tabassumi ila unga boqarkan, qisqa qadamlar ila eshik oldiga bordi. Eshikni ochishdan avval boshidagi quyoshdek yorqin doʻppisini toʻgʻirlab oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻydi, keyin esa uni temir qulfiga asta iligini olib borib uni ochdi. Eshikni ortida hech zot yoʻq edi. Soʻng hayron boʻlib tashqari tomon chiqdi. U yon bu yonga qaradi. Shu on avzoyi buzuq osmon yigʻlay boshladi. Qoʻlini boshiga qoʻyib panalarkan ortiga qaytayotib oyogʻi tagida nimadir borligini bildi va oyoq ostiga qaradi. Kalishini tagidagi narsa bir qalin konvert ekaniga amin boʻldi. U ostonaning tagida turar, binafsha marka yopishgan, sariq rangli konvert...
   Uni asta qoʻliga olib hovlisidagi pana bir joyga oʻtdi. Konvertni u yon bu yoniga qarab hayron boʻlarkan uni ochdi. Konvert ichida uch varaq qogʻoz va ularda qandaydir xatlar yozilgʻi turardi. Sekinlik bilan uni oʻqiy boshladi. Xat boshida "Jannatdan maktub" deya yozilgandi. Sirli nigohlarini xatga tikar ekan unda shunday soʻzlar yozilgandi:
                      Xat
           Jannatdan maktub
   Assalomu alaykum mening qalbi ipak tolasi kabi mayin boʻlgan onajonim. Yaxshi yuribsizmi,  ahvolingiz yaxshimi, ismingiz kabi shirin soʻzlar gapirib yuribsizmi?! Yaxshi-yaxshi ovqatlar yeb  qorningizni toʻq tutayapsizmi? Onajonim har kuni, har safar sizga xat yozaman deyman-u xat yuborish navbatim kelmagan edi. Ha "Nega" deysizmi? Bu yerda menga oʻxshagan bolalar koʻp-da ular ham onalarini sogʻingan, xat yozadilar. Xullas, navbat yetmay qoldi.
   Mendan soʻrasangiz shu men yuribman yoki boshidan aytaman, chunki yana qachon yozish navbatim keladi. Mehribonim zeriktirib qoʻymayman degan umiddaman.
    Boshidan boshlasam oʻsha kuni yuragim urmay qolgan edi. Qalbim ila ruhim sira ajralgisi kelmas endi yarala boshlagan, yumshoq boʻgʻzimga achchiq bir narsalar tiqilardi. Bu ogʻriqli boʻldi. Ammo jonsiz tanam oq kiyimli bir ayolni qoʻlida turar ekan, ruhim tanamdan chiqib toʻgʻri osmonga uchdi. Oʻshanda oppoq bulutlari bor, sariq rangli nurlar yogʻilib turadigan, barcha oq rangli kiyimlarda yuradigan joyga keldim.
Bu joydagi odamlarning bari baxtli edi. Mana ancha paytdan buyon sizni sogʻinaman, sizni iliq bagʻringizga bosh qoʻygim, siz bilan birga vaqt oʻtkazgim, "Onajon" deb bor kuchim ila dunyolarga jar solgim keladi. Bu qanday ogʻir, lekin shunda ham sizni olis-olisdan kuzatib turaman. Oʻzi bu xatni yozishimdan asl maqsad sizga bir muhim gapni aytishimdir. Yaqinda xabarchi farishtalar sizni "Olovli joyga keladi" deb aytishdi. U biz yashaydigan joydagi uzun koʻprikning qoq ostida joylashgan.
Oʻsha joy juda qoʻrqinchli u yerda bahaybat ilonlar, olovli joylar bor, insonlar jazolanadi, biroq oʻsha yerga yomon insonlar tushadi.