Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#IJOD_ZAVQI
#NAZM

***
Dil nedandir kemtik, o‘ksinar tunlar,
Shod ko‘ringan niqob ortida g‘am bor.
Balki bitilmagan she‘rlar faryodi
Ichimni timdalar takror va takror.

Ko‘nglim dengizida yuzlab she‘rlarim
Tug‘ildi-yu, ammo bitilmadi hech.
Oqqa tushirmoqni tuyib qalbimga
Oromim unutib uyg‘oqman bu kech...

22.07.22
22:47

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa



O'quvchilarimizning eng yangi
ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
#IJOD_ZAVQI
#NAZM

Baxtning qizi

Oh, qalbim bunchalar yonmasang otash misoli
Taftingdan jizg‘anak bo‘ladi jonim.
Ne qilay, ne deyay senga men yana
Axir, she‘r-la baxtga to‘ladi jonim.

Eng katta baxtimiz shudir aslida,
Dardimizni to‘kib sochish qog‘ozga.
Shu sabab tonglar ham kuladi bizga
Shu sabab bahor ham aylanmas kuzga.

Ruhimda kezadi baxt va muhabbat,
So‘zga sevgim eltdi dilni samoga.
O‘ksisam hamisha yonimda, yodda
Hayotim rang-barang, to‘la ma‘noga!!!

She‘r ila aylandim shamsning qiziga
Bulutlar to‘solmas aslo yuzimni.
Shu ma‘vodan yangrar she‘rim ovozi
Yomg‘ir-la baralla aytay so‘zimni.

She‘r bitsam tunlar ham jo‘rovoz menga
So‘z-la sevinch mening hamrohim o‘zi.
G‘amlar yig‘lasinlar eshitib buni-
Baxtliman, sababi MEN- BAXTNING QIZI!!!

22.07.22
23:36

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa



O'quvchilarimizning eng yangi
ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥
https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
#Kuz_ilhomlari
#Ijod_zavqi

SENTABR


Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Tabiat koʻrkini xazonlar oldi.
Alamdan sargʻayib toʻkildi barglar,
Bitta yaproq qoldi,
Bir umid qoldi!

Ertadan ne umid?!
Erta - qahraton...
Uzilmagan bargning iddaosi ne?
Qishda kurtak ochmoq barglarga armon,
Agar nohaq boʻlsam,
Soʻzing yolgʻon, de!

Shamol isyon solar bir dam tinmayin,
Yomgʻirdan zaminning qaynoq koʻksi nam.
Oxir zarbalarga bardosh bermayin,
Uzildi soʻng umid,
Soʻnggi yaproq ham...

Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Bahorin  intiqib kutmoqda bu jon.
Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon...

Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon!

🕰 27-sentabr. 2022-yil.

: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ijod_zavqi
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nazm

BERUNIY

Xorazm!
Qancha daholarga beshiksan o'zing,
Avaylab o'stirding necha niholni.
O'shal nihollaring chinordir bugun,
Osmonga yetishdi olib dunyoni.

Ikkinchi umrini yashaydi bari,
Nurli kelajak-chun mayoqdir bizga.
Ular yurgan yo'ldan borib bizlar ham,
Yetamiz bir kuni oy-u yulduzga.

Beruniy atalmish yuksak bir chinor,
Zehn shamshiri-la oldi dunyoni.
Quyosh olamga nur taratgan misol,
Beminnat bizlarga sochdi ziyoni.

Aql-zakovatin yo'ldoshi qilib,
Yer sharin tutqazdi bashar qo'liga.
Jahon minbaridan yangramoq uchun,
Renessans yo'lini ochdi eliga.

Hindistonni yoritgan daho,
"Al-Ustad" nomila bo'ldi mo'tabar.
Anglasak gar sirin, uqib olsak bas,
Har qoldirgan kitob asli siym-u zar.

Shul sabab boshimiz mag'rur har doim,
Yorqin xotirasi qalbda to abad.
Shu charog'on yo'ldan borib bizlar ham,
Munosib avlodlar bo'lamiz, albat!

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ijod_zavqi
#Alletratsiya

SHOIR AHVOLOTI


Tasvirini tavfsiflasam,
Tammannolar
Tavallolar to'lib toshdi tavallolar
Tasodifni tasdiq qilib  TANGRI TAOLO
Toshqalbalarga tikon tuhfa.
Tasallolar...
Tashbeh tilga tikilmadi, tog'dek to'siq
Tez tun tomon tig'larini tikiltirdi.
Tonosiblar ters tovladi tig'larini
Tonglar to'sdi turbatlarni
Tasannolar...

: Baxtiyorov Jahongir,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy
ijod dargohi

Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Tarixlar òtdilar oqib yelkanday,
Oģriqlar kaftimga kirar tikanday.
Ijoddan tòlģondi shoir xobgohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Shoir, tarjimon, tarixchi, mirob u,
She'r ilmida, sòz sehrida serob u.
Har she'rida elning dardi-yu ohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Asarlarin òrganamiz mehr berib,
Ummonida kezamiz durlarin terib.
Oʻzi she'riyatining oftobi-mohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-b sinf òquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy merosi bebaho xazina

Gavdalanar kōzim oldida,
Tarixshunos, davlat arbobi.
Kitoblarin ōqib ōrgansak, kim
Katta hayot har bitta bobi.

Buyuk shoir she'r-ōgitlari,
Qalbim ichra porlaydi mudom.
Shoir, olim hattoki mirob,
Elparvardir Ogahiy bobom.

Bu dunyoda aslo topilmas,
Asarlari ta'rif qiyosi.
Gōyoki bebaho xazina,
Ma'rifat-u nuri, ziyosi.

Nomlariga atalib mana,
Ochilibdi ilmlar koni.
Unda ōqib bizdek yosh avlod,
Lol qoldirgay bir kun dunyoni.

Buyukligi, ijodi bilan,
Yuraklarda porlagay boqiy.
Tarixnavis, olim-u shoir,
Uluğvordir bobom Ogahiy.

Derazamdan qarasam agar,
Kōrinadi bobom ekkan tut.
Asrlarni surib orqaga,
Buyuk shoir bōlmaydi unut.

: Rustamova Nigina,
Ogahiy
ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Buyuk bobom-Ogahiy

Ulug' Ogahiy bobom,
So'z gulshanin chirog'i.
Shoir, arbob, tarjimon,
Xiva yurtin mirobi.

Asarlari xazina,
Qalblarimiz ziyosi.
Tarix yozish ishida,
Uning yoqdir qiyosi.

Buyuk Ogahiy bobom-
Adabiyot quyoshi.
Sheʼriyat boʻstonida
Biz-bobomning izdoshi.

Merosini o'rgansak,
Boʻlar bobom ruhi shod.
Yuksaklarga yetamiz,
O'qisak biz yosh avlod.

Tarixnavis olim u,
O'zbegimning faxri u.
Hissa qo'shdi tarixga,
Bobomning xazinasi.

Yurtim ilm mash'ali
Yogʻdu sochdi olamga,
Oʻchmagaydir dilimda,
Bobom yoqqan alanga.

: Ramanova Gulbonu,
Ogahiy
ijod maktabining 7-A sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Asrlardan oʻzgan bobom

Ikki yuz o'n uch yil oldin, moziydan,
Bebaho gavharday asil asarlar.
Bobom kalomlari yashar abadiy,
Go'yo Ogahiy dur, dengiz asarlar.

"Riyoz ud-davla"da xonlik tarixi,
Tugatgan Munisning "Firdavs iqbol"in.
"Tarixlar qaymog'i", "Gulshani davlat",
Tarixlar anglatar yurt istiqbolin.

Mohirona qilib tabdil tarjima,
Mirxondning "Ravzat us-safo"sin.
Turkiy tilga oʻgirdilar forsiydan,
Durbeknig "Yusuf-u Zulayho"sin.

Donishmand, buyuk zotning bitiklari,
Maʼrifat ummoniga eltar hamon.
Ogahiy yashaydi qalbimda manim,
Bobomiz birla oshamiz zamon!

: Aminboyeva Nafisa,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy bobom


Ikki asr avval Xivada,
Tuģilgandi jajji chaqaloq.
Ota kasbin davom ettirib,
Ulģayganda bóldi bosh mirob.

Bu Ogahiy bobomdir mening,
Tarixnavis, mohir tarjimon.
Bizga qoldirgan asarlari,
Yóllarimiz yoritar hamon.

Qurilgandir uning nomiga,
Xivada bir bilim maskani.
Bu yerda bilim olgan yoshlar,
Bólar yurtning aziz insoni

Munisning davomchisi u,
Tugatgan "Firdavs-ul iqbol"ni.
"Ta'viz ul-oshiqin" devoni,
Sheʼriyat ahlining tumori.

: Sultonnazarova Sarobibi,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_zavqi
#Nazm
#Duel

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari hamisha bizning e'tiborimizda.

📝"Duel" loyihasi orqali 11-sinf o‘quvchisi Saparboyeva Ziyoda va 10-"B" sinf o‘quvchisi Jumanazarova Hilola ishtirok qilishdi.

🔎Marhamat ajib she'riyat olamiga sayohat qilishingiz mumkin.

Ushbu video montaj "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" to‘garaki a'zosi 10-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy tomonidan tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ijod_zavqi
#Nasr

Sariq Lolalar
(hikoya)


Oʻsha kuni u uyiga bir buket sariq lola koʻtarib keldi.Bu ayolining eng sevimli guli edi.
Ayoli uni har kungiday alo kayfiyatda kutib oldi. Uni kelganini payqagan qizi xonasidan yugurib chiqib dadasini quchoqlab oldi. Ayoli uni qoʻlidagi buketni olib lolalarni suv toʻldirilgan vazaga solib qoʻydi. Qizaloq dadasi bilan koʻrishib boʻlgach qaytib xonasiga kirib ketdi. Qizaloq xonasida jimgina kitob oʻqib oʻtirardi. Bir payt qizaloq "boʻldi hammasi tugadi, sabrim qolmadi, men ortiq bularga chiday olmay" deya zardali oxangda aytilgan soʻzlarni eshitdi. Nima boʻlyotganiga qiziqib xonasidan chiqdi. Hali hech narsani anglab ulgurmasidan dadasi eshikni qatsillatib yopgancha uydan chiqib ketdi. Onasi esa, stulda oʻtirgancha yuzini qoʻllari bilan berkitib olib yum-yum yigʻlardi.
Qiz gang qotib qolgan, nima ish boʻlganiga tushunmasdi. Qiz asta oyisini oldiga bordi.
Oyisidan nima ishlar sodir boʻlganini soʻradi. Oyisi unga javob bermadi faqatgina: "Ayrim narsalarni bilmay qoʻya
qolganing yaxshi" - dedi, xolos.
Kun botdi. Hamma yoqni tunning qora pardasi qopladi. Borliqni sukunat egallagan, odamlar uyxalab yotishardi. Ammo, qizaloq, kechasi bilan deraza oldida oʻtirgancha, mijja qoqmadi.
U nimalar boʻlganini,
Dadasini uydan chiqib ketagani-yu oyisinini yigʻlagani, dadasi va oyisini aytgan gaplarini eslar va nega aynan bu ishlar sodir boʻlganiga sira tushunmasdi. U tuni bilan faqat shu narsalarni oʻylab chiqdi. Quyosh asta nur socha boshladi. Soat endi olti yarim boʻlyapti. Qiz kechasi bilan uxlamagani uchun uyqusi kelib koʻzlari asta-sekin yumila boshladi.
Qizaloq qanday uyquga ketgani sezmay qoldi. Qizaloq qoʻrqinchli tush koʻrdi va sezkani turib ketdi. Soatga qari, soat roppa rosa sakkizdan sakkiz daqiqa oʻtgandi. Qizaloq yuz-qoʻllari yuvib boʻlgandan soʻng oshxonaga kirdi. Onasi nonushta tayyorlayotgandi. Bir paytlar oyisiga notanish raqamdan telefon keldi. Oyisi telonga javob berdi. Shu payt uning qoʻlida turgan telofon tushib ketdi. U bor ozi bilan : "Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas" - deya qichqirib yubordi. Qizcha nima boʻlganiga hayron qolgancha, oyisi tomon yugurib keldi.Oyisi pastda oʻtigan holda ikkala qoʻl bilan yerni urib, karaxt ahvolda kechagidanda battarroq yigʻlardi. Qizaloq uni stulga oʻtqazdi. Shu payt, uning koʻzlari kecha dadasi olib kelgan. Stol ustidagi Sariq Lolalarga tushdi. Ular soʻlib qolgan , qoramtir sargʻish barglari stol ustiga toʻkilib yotardi...

: Omonboyeva Sabrina,
Ogahiy ijod maktabi 8-A sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ijod_zavqi
#Nasr

Mitti hikoyalar

BEMORNING DARDI


Bemor doktor oldiga borib dedi:
- Bir buloq bor, yurakda joylashgan. Meni juda qiynayaptida.
- Qaynaydimi? Yoki toshadimi?
Bemor biroz sukutdan so'ng:
- Avvallari qaynardi, hozir esa...
Bemor qo'lini qo'yib o'tirgan stolga tomchilar to'kildi.


KO'ZYOSHLAR

– Ko'zyoshlar, sizlar bir kelsangiz qalb uyini tunab, bo'm-bo'sh qilib ketasizlar...


TAXTIRAVON

Insonlar taxtiravonga solib, uni yelkalarida ko'tarishlarni xoxlaydilar. Bu hol hayotda bir marta bo'ladi. U ham bo'lsa ruhsiz tanaga...

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Ijod_zavqi
#Nazm

Shoir

(O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ''Cho'lpon '' she'riga nazira)


''O'zi o'lsa o'lar,
So'zi o'lmaydi.
Hamisha barhayot nasl shoirlar,
Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi.
Yurakka ko'milar asl shoirlar.''

Inson bo'lsa gar chinakam shoir,
Qalbida sayraydi ajib qush sohir.
Yuragi oshyon tez-tez urarkan,
Kuyining xonishi yuzga urarkan.

Sevgisin isxor qilib Vatanga ,
Iddaolar qilmay uni sevarkan.
Onasin suyangan tog'i bo'lgandek,
Vatanin o'ziga ona bilarkan.

Qalbida oqib bir ajib daryo,
Muhabbat ila to'yingan go'yo.
Ko'ksida pirillab urgan yuragin,
Qiyoslamog'im go'yoki samo.

Shunday shoir bordir ichra dunyo,
Dunyo ichra she'rlari bo'ldi navo.
Vatanchun yurakdan kuyladi sado,
Muhammad Yusufning qalbida vafo.

: Yo'ldashboyeva Xoljonoy,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_zavqi
#nazm

She'riyat


: Usmon Azim
🎙: Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Ijod_zavqi
#Nazm

* * *
Esib turgan shamollar,
Mendan xabar olguvchi.
Unutilgan damlarni,
Ular esga solguvchi.

Tomchi yomgʻir yogʻganda,
Menga boqqan pinhonam.
Chechaklar labidagi,
Bahor mening dugonam.

Oʻzgalar tanho boʻlsin,
Ular mehrob,men chayon.
Lek aldamchi sahroda,
Mening sabrim bepayon.

Koinot menga ona,
Hilol mening sirdoshim.
Boshim ustida suzgan,
Bulutlar qarindoshim.

Qalbimdagi ishtiyoq,
Koʻkda nur sochgan quyosh.
Daryodagi suv emas,
Ular koʻzim to‘kkan yosh.


Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram